Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27- MAVZU: QURILISH KOMPAZITSION POLIMER TURLARI Reja
Nazorat uchun savollar
1. Polbop, devorbop va bezak polimer materiallarni izohlab bering. 2. Polimerlar asosida olinadigan pogonaj, santexnika va boshqa buyumlar haqida gapirib bering. 3. Polimer elimlar, mastikalar, qorishmalar va betonlar haqida gapirib bering. 4. Polimerlar bilan modifikatsiyalangan qurilish materiallari to‘g‘risida aytib bering. 27- MAVZU: QURILISH KOMPAZITSION POLIMER TURLARI Reja: 1. Polimer buyumlarning turlari. 2. Polimer pardozlash-bezak materiallari. 3. Polbop polimer materiallar. 4. Pogonaj va sanitariya-texnika buyumlari. 1. Polimer buyumlarning turlari Konstruksion va to‘siq materiallari Konstruksion material sifatida dispers tolasimon armaturalar bilan kuchaytirilgan shishaplastiklar, yog‘ochqatlamli plastiklar, sotoplastlar, organik shisha, viniplast listlar, polimer qorishmalar, polimerbetonlar va boshqalar ishlatiladi. SHishaplastiklar kompozitsion listli material bo‘lib, shisha tolali to‘ldirgich va polimer bog‘lovchilar asosida olinadi. Listli asos sifatida shisha tolali to‘qima va noto‘qima matolar ishlatilishi mumkin. SHishaplastiklar olishda bog‘lovchi sifatida fenol- formaldegid, poliefir va epoksid polimerlari ishlatiladi. SHishaplastiklar shisha tolali to‘ldirgichning turi va joylashishiga nisbatan uchta asosiy guruhga bo‘linadi: shisha tolali anizatrop material (SVAM), qirqilgan tola asosida olingan shisha plastik va shisha mato asosida tayyorlanadigan shishaplastik (shisha tekstolit). SHisha tolali anizatrop material (SVAM) shisha shpon listlar paketini issiq holda presslab tayyorlanadi. SHisha shpon-bir tomongan yo‘naltirilgan shisha iplarni epoksid- fenol polimerlari asosida kompozitsiyalar bilan elimlab yopishtirilgan yupqa matodir. SVAM odatda uzunligi 1000 mm gacha, eni 500 mm gacha va qalinligi 1-30 mm bo‘ladi. Uning zichligi 1,8-2 g sm3, cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 1000 MPa gacha bo‘lishi mumkin. SVAM kimyoviy va biologik aktiv muhitlarga bardoshli materialdir. SVAM shishaplastik materiallar osma panellar, fazoviy yopma konstruksiyalar, quvurlar, yirik hajmdagi idishlar tayyorlashda ishlatiladi. Qirqma shisha tolali shishaplastiklar yassi va to‘lqinsimon ko‘rinishda bo‘lib, poliefir polimerlari asosida ishlab chiqariladi. SHishaplastiklar uzunligi 1000-6000 mm, eni 1500 mm gacha va qalinligi 11,5 mm bo‘ladi. Ularning o‘rtacha zichligi 1400 kg m3, cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi kamida 60 MPa, siqilishda kamida 90 MPa, egilishda kamida 130 MPa, yorug‘lik o‘tkazishdagi shaffofligi 50-85% bo‘ladi. Qirqma shisha tolali poliefir shishaplastiklar yorug‘lik o‘tkazadigan to‘sish fonarlari, shaffof to‘siqlar tayyorlashda, yarim shaffof to‘lqinsimon shishaplastiklar esa pavilionlar, soyabonlar va boshqa engil konstruksiyali binolar tomini qurish uchun ishlatiladi. SHisha tekstolit shisha matoni termoreaktiv polimerda shimdirib issiq holatda presslab olinadi. Polimer bog‘lovchi sifatida fenolformaldegid smolasi ishlatiladi. SHisha tekstolit uzunligi 2400 mm, eni 600-1200 mm, qalinligi 1-7 mm listlar va uzunligi 2400 mm, eni 7001000 mm va qalinligi 9-35 mm plitalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. SHisha tekstolitning o‘rtacha zichligi 1800 kg m3, cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 230 MPa, siqilishda 95 MPa va egilishda 120 MPa. SHisha tekstolitlar issiqlik va kimyoviy muhitlar ta’siriga bardoshli, suvga chidamli bo‘ladi. Ular asosida oyna va eshik bloklari, furniturlar, sanitariya-texnika buyumlari, uch qatlamli panellar, qobiqlar, tombop to‘lqinsimon buyumlar tayyorlanadi. YOg‘och qatlamli plastiklar yog‘och shponlarni fenolformaldegid (amino-aldegid va boshq) polimeriga shimdirib, paket issiq holatida presslab tayyorlanadi. Ularning uzunligi 5600 mm, eni 950-1200 mm va qalinligi 12 mm bo‘ladi. O‘rtacha zichligi kamida 1300 kg m3. YOg‘och qatlamli plastiklar (DSP-V-700 va DSP-V) yuqori mustahkamlikka, zarbiy qovushoqlikka ega. Material yuzasi silliq, sariq-jigar rangli, yog‘och teksturasi yaxshi ko‘rinadigan, biroz yaltiroq. Ularga mexanik ishlov berish (arralash, parmalash, mix va shuruplar o‘tkazish va sh.k.) oson kechadi. YOg‘och qatlamli plastiklar devor va pardadevorlarni qoplash, turarjoy va madaniy-maishiy binolar shiplarini bezatish uchun konstruksion material sifatida ishlatiladi. Qoplama polistirol plitkalar kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi yassi va orqa tomoni taram-taram bo‘lgan yupqa materialdir. Kompozitsiya tarkibida polistirol bog‘lovchidan tashqari kukun to‘ldirgich (talk, kaolin va boshq.), pigment va zarurat bo‘lsa, modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar bo‘ladi. Plitkalar to‘la avtomatlashtirilgan mashinalarda quyma usulda tayyorlanadi. Plitka qalinligi 1,25-1,5 mm, 1 m3 plitka massasi 1,5-1,7 kg. Asosga plitkalar polimerli yoki kauchukli mastikalar bilan elimlanadi. Plitkalar gigiena talablariga javob beradi, suvga va kimyoviy muhitlarga chidamli,turli ranglarda bo‘ladi. Ular sanitariya xonalari, savdo-sotiq binolari va sh.k.larning devorlarini qoplashda ishlatiladi. Plitkalarning asosiy kamchiligi yonuvchanligi bo‘lib, olov markaziga yaqin joylarda ishlatishga ruxsat berilmaydi. Organik shisha (polimetilmetakrilat) shaffof, mustahkam, yorug‘likka chidamli engil konstruksion polimer material. Organik shisha uzunligi 1350 mm gacha, eni 1250 mm gacha va qalinligi 22,3 mm listlar sifatida ishlab chiqariladi. U shaffof to‘siqlar, pardevorlar, jamoat va sanoat binolarining ustki yorug‘lik fonarlari qurilishida ishlatiladi. Polimerbetonlar kompozitsion material bo‘lib, polimer bog‘lovchi, kukun, mayda va yirik to‘ldirgichlar, qoturuvchi va turli modifikatorlar aralashmasi qotishidan hosil bo‘ladi. Bog‘lovchi sifati asosan termoreaktiv polimerlar- fenolformaldegidlar, epoksidlar, poliefirlar, furanlar, karbamidformaldegidlar ishlatiladi. Termoplastlardan metilmetakrilatlar, stirol polimeri va boshqalar polimerbetonlar uchun bog‘lovchi sifatida qo‘llanilishi mumkin. To‘ldirgichlar polimerbetonlarning ishlatilish muhitiga qarab tanlanadi. Polimerbeton kislotali muhitda ishlatilishi mo‘ljallangan bo‘lsa kislotaga chidamli to‘ldirgichlar-kvars, bazalt, granit qumi va kvarsit chaqiq toshi, kislotaga chidamli g‘ishtning maydasi va sh.k. ishlatiladi. Aksincha, ishqoriy muhitda qotadigan atseton-formaldegid polimeri va epoksid smolasi tarkibiga kalsit, dolomit va boshqa ishqoriy toshlar asosida olingan to‘ldirgichlarni kiritish mumkin. Polimerbetonlar optimal strukturasi hosil bo‘lishida kukun to‘ldirgichlarning tarkibi, xossalari katta ahamiyatga ega. Kukun to‘ldirgich sifatida andezit, diabaz, kvars, koks, shamot, antratsit, marshalit, shlak, kullar, fosfogips va boshqalar ishlatiladi. Fenol-formaldegid, karbamid-formaldegid smolalari asosidagi polimerbetonlar tannarxi arzon va keng tarqalgan. Bu polimerbetonlar kislotali qotiruvchi ishtirokida xona haroratida qotadi. Furan polimerlari va ularning epoksid, fenol-formaldegid va boshqa polimerlar bilan aralashmalari yuqori konsentratsiyadagi kislotalarga chidamli polimerbetonlar olishda bog‘lovchilar sifatida ishlatiladi. Furanli polimerlar benzolsulfokislota, Petrov kontakti kabi kuchli kislotalar muhitida qotadi. Epoksid smolalari asosidagi polimerbetonlar yuqori mustahkamlik, kimyoviy muhitlarga universal chidamlilik xususiyatlariga ega. Polimerbetonlar tarkibini tanlash murakkab bo‘lib, ko‘plab o‘tkazilgan tajribalar asosida keltirib chiqarilgan emperik formulalar yordamida amalga oshiriladi. Polimerbeton uchun bog‘lovchi sarfi 100-240 kg m3 atrofida bo‘lib, polimer-kukun to‘ldirgich nisbati 1:2-1:4 orasida bo‘ladi. Polimerbeton qotishini tezlashtirish uchun 40-900S haroratda 6-24 soat davomida ishlov berish maqsadga muvofiqdir. Karbamid-formaldegid singari kuchsiz kislotalar va nordon tuzlar ta’sirida tezlikda qotadigan polimerlar asosidagi polimerbetonlarni xona haroratida qotirish mumkin. Polimerbetonlarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 60-130 MPa, cho‘zilishdagi mustahkamligi 6-22 MPa, egilishdagi mustahkamligi 1542 MPa bo‘ladi. Ularning sovuqqa chidamliligi /200-/500 va undan ko‘p bo‘lishi mumkin; issiqqa bardoshliligi 100-2000S. Polimerbetonlarning mo‘rtligini yanada kamaytirish uchun plastifikatorlar, qotayotganda ichki zo‘riqishini pasaytirish maqsadida galogen va sulfat tuzlari kiritish mumkin. Polimerbetonlarning cho‘zilishdagi mustahkamligini oshirish uchun, yoriqlar hosil bo‘lishigi bardoshli bo‘lishi uchun tarkibiga asbest, shisha tolasi, bazalt tolasi, boshqa sintetik tolalar kiritiladi. Polimerbetonlar kamchiligiga yuklama ta’sirida vaqt bo‘yicha deformatsiyalanish ko‘rsatkichining yuqoriligi, issiqlik va namlikning almashib ta’sir etishi natijasida eskirishi kiradi. Polimerbeton ishlab chiqarish texnologiyasi ko‘p jixatlari bilan (komponentlarni o‘ta aniq dozirovkalash, ularni aralashtirish va sh.k.) kimyo texnologiyasiga yaqin turadi. Polimerlar, qotiruvchilar, plastifikatorlar va boshqa modifikatorlar maxsus idishlarda saqlanish, dozirovkalash, qorishma tayyorlash, qoliplash va issiqlik bilan qayta ishlash jarayonida aniqlik va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish talab etiladi. Polimerbeton sexi kuchli shamollatish tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi, ishchilar shaxsiy himoya vositalari (ko‘zoynak, maxsus kiyim, rezinali qo‘lqop, respirator va h.k.) bilan ta’minlanishi zarur. Polimerbetonlar umuman, boshqa kompozitsion materiallar (sementli beton, asfaltbeton va boshq.) bardosh bera olmaydigan muhitlarda ishlatiladi. Ular asosida kimyoviy muhitlarga (kislota, ishqor, tuzli va boshqa muhitlar) bardoshli buyum, qism va konstruksiyalar tayyorlanadi. Furanli, fenol-formaldegidli polimerbetonlar kislotalar, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqariladigan korxonalarda, epoksidli, poliefirli polimerbetonlar kislotali va ishqorli muhitlarda, sanitariya-texnika buyumlari va qismlari tayyorlashda ishlatiladi. Polimerbetonlar biologik aktiv muhitlarga (achitqilar, bakteriyalar) chidamli bo‘lgani uchun biotexnologiya korxonalari, meva-sabzavotlar saqlanadigan omborxonalar, molxonalar va boshqa qurilishlarda ishlatiladi. 2. Polimer pardozlash-bezak materiallari Pardozlash bezak materiallariga polimerlardan tayyorlangan binolarni ichki tomondan bezashda ishlatiladigan, issiqlik va tovush izolyasiyasi buyumlari kiradi. Bundan tashqari ko‘pchilik to‘suvchi polimer materiallarni ham pardozlash-bezak ishlarida foydalanish mumkin. Pardozlash list materiallariga qog‘oz qatlamli manzarali plastiklar, “poliform”, “polidekor” manzarali panellar va boshqalar kiradi. Qog‘oz qatlamli manzarali plastiklar avvaldan fenol-formaldegid, karbamid- formaldegid polimerlari shimdirilgan maxsus qog‘ozni issiq holatda presslab tayyorlanadi. Plastik uzunligi 1000-3000 mm, eni 600-1600 mm, qalinligi 1-5 mm o‘lchamlarda list ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Plastikning ustki qatlami turli rangda, gulli, bo‘rtma gulli, relefli tipografiya usulida tayyorlangan qog‘ozdan yasaladi. Odatda rasm yog‘och (dub, yong‘oq, yasen, buk) teksturasini, qimmatbaho toshlar (marmar, malaxit, yantar va sh. k.) ko‘rinishini ifodalaydi. Bundan tashqari abstrakt rasmlar ham tushirilgan bo‘lishi mumkin. Qalinligi 1,6 mm bo‘lgan plastiklar bitum-rezinali, epoksidli, rezorsin-formaldegidli elimlar va mastikalar yordamida maxkamlanadi. Bundan qalin plastiklar asosga mexanik usulda (mix, shurup vositasida) mahkamlanadi. Qog‘oz qatlamli plastiklar madaniy, maishiy, savdo, jamoat binolarining ichini pardozlash va mebel tayyorlashda ishlatiladi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling