23- MAVZU: TOMBOP MATERIALLAR.
Reja:
1. Tombop o‘rama gidroizolyasiya materiallar.
2.O‘rama gidroizolyasiya materiallari.
1. Tombop o‘rama gidroizolyasiya materiallar.
Gidroizolyasiya materiallari mustahkamlik, deformativlik,
issiqqa bardoshlilik,
biologik va kimyoviy muhitlarga chidamlilik, suv o‘tkazmaslik va boshqa
xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.
Bitum va qatron asosida olingan gidroizolyasiya materiallari 45005000
yil avval
Misr va Mesopotamiyada ehrom, mavzoley, basseynlarni,
kanal va gidrotexnik
inshootlarni gidroizolyasiya qilish uchun ishlatilgan.
2.O‘rama gidroizolyasiya materiallari
Tombop o‘rama materiallar gidroizolyasiya materiallari hisoblanadi, bino va
inshootlarning eng ma’suliyatli qismiga ishlatiladi.
O‘rama gidroizolyasiya materiallar asosida tom bir-necha
qatlamlardan iborat
bo‘lib, ostki qatlamlarga qoplamasiz, eng ustki qatlamiga esa qoplamali turlari
qo‘llaniladi. Eng ustki qatlamga ishlatiladigan o‘rama material tashqi tomoniga yirik
donali (K), mayda donali (M) yoki kukunli (P) minerallar (qum, maydalangan tosh)
sepiladi. Bundan tashqari tangasimon sepmali o‘rama
materiallar ham ishlab
chiqariladi.
O‘rama gidroizolyasiya materiallari asosli va asossiz turlarga bo‘linadi. Asosli
materiallar texnik karton,
asbest karton, shisha to‘qima va noto‘qima matosi va
boshqalarni bitum yoki qatron bilan ishlov berib tayyorlanadi. Asossiz o‘rama
materiallar mikrokompozitsion bo‘lib, bitum yoki qatron bog‘lovchilar, kukun
to‘ldirgich (mineral yoki rezina kukuni) va modifitsirlovchi qo‘shimchalar (antiseptik,
plastifikator va stabilizatorlar) aralashmasini muayyan
qalinlikda prokatlab
tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: