Referat mavzulari ro’yxati
Bitumli bog‘lovchi moddalar
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
Bitumli bog‘lovchi moddalar
1 Bitumlar tarkibi va tuzilishi Bitumning elementar tarkibi quyidagicha: uglerod 70-80%, vodorod 1015%, oltingugurt 2-9%, kislorod 1-5%, azot 0-2%. Bitum tarkibida bu elementlar uglevodorod radikallari va ularni oltingugurt, kislorod va azotli birikmalari ko‘rinishida bo‘ladi. Bitum tarkibi asfaltenlardan (qattiq jinslar), smolalar va moylardan iborat bo‘lib, bitumning barcha xossa va xususiyatlarini belgilaydi. Asfaltenlar yuqori molekulali uglevodorodlar va ularning hosilalaridan iborat bo‘lgan, molekulyar massasi 1000-5000, zichligi 1 g sm 3 yuqori moddalardir. Asfaltenlar tarkibida karbenlar va moylarda va organik erituvchilarda erimaydigan karboidlar bo‘ladi. Bitumning qattiq qismini uglevodorodlar-parafinlar ham tashkil etishi mumkin. Smolalar molekulyar massasi 500-1000, zichligi 1 g sm 3 atrofida bo‘lgan to‘q jigar rangli amorf moddalardir. Moylar molekulyar massasi 100-500, zichligi 1 g sm 3 gacha bo‘lgan uglevodorodlardan iborat moddalardir. Bitum tarkibi jixatidan kolloid sistema bo‘lib, asfaltenlar, smolalar va moylarda dispersiya holatida bo‘ladi. Bitum tarkibida asfaltenlar (18-20 mkm) yadrolar hosil qiladi, atrofida esa smolalar va moylardan qobiqlar joylashgan. Bitum tarkibida asfaltenlar ko‘p qismni tashkil etsa, uning qattiqligi, yumshash harorati va mo‘rtligi yuqori bo‘ladi. Bitum tarkibida moylar va smolalar ko‘p qismni tashkil qilsa, aksincha bitum yumshoq va tez eruvchan bo‘ladi. Moylar va smolalarning molekulyar massasi past bo‘lsa, bitumning plastikligi yuqori bo‘ladi. Bitum tarkibida parafin miqdorining 5% ortishi past haroratlarda mo‘rtligini ko‘paytiradi. Bitumdan qurilish materiallari olishda quyidagi usullar bilan ishlov beriladi: 140- 170 0 S qizdirilib smolalar yumshatiladi va moylarda yaxshi erishi ta’minlanadi; bitumlar yashil neft moyi, lakoyl, texnik kerosin va boshqa organik erituvchilarda eritiladi va sovuq holdagi mahsulotlar tayyorlash imkoniyati yaratiladi; bitum maxsus emulgatorlar vositasida bitum emulsiyalari va pastalariga aylantiriladi va kompozitsion materiallar tayyorlashda ishlatiladi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling