Referat mavzulari ro’yxati


Asbotsement buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Asbotsement buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi  
Asbotsement buyumlar xo‘l, yarim quruq va quruq usullarda ishlab chiqariladi. Xo‘l 
usulda buyum tarkibida 8-16% asbest va sement va 92-84% suv bo‘lgan 
suspenziyasini qoliplab olinadi. YArim quruq usulda buyum tarkibida 20-40% suv 
bo‘lgan qaymoqsimon massani qoliplab tayyorlanadi. Quruq usulda buyum tarkibida 
12-16% suv bo‘lgan asbotsement massasini qoliplab olinadi.
Asbotsement buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi operatsiyalardan 
iborat: asbest shixtasini tayyorlash, asbestni ezib hurpaytirish, sement va asbest va suv 
aralashmasini tayyorlash, buyumni qoliplash, qotirish, mexanik ishlov berish.
Asbest shixtasi bir-necha navli asbestlarni optimal zichlikdagi, suv ushlashlik 
xususiyati yuqori bo‘lgan massa hosil qilish uchun tayyorlanadi.
Asbestni xurpaytirish ikki bosqichda amalga oshiriladi: begun yoki valikli 
mashinalarda ezg‘ilash, so‘ngra ezilgan asbestni gollenderlar yoki gidromexanik 
uskunalar vositasida xurpaytirish. YArim quruq va quruq usullarda asbest 
dezintegratorlar yordamida xurpaytirilishi mumkin.
Asbotsement qorishmasini tayyorlash buyumlar ishlab chiqarish usullariga ko‘ra 
turli uskunalarda amalga oshiriladi.
Asbotsement suspenziyasi gollenderlar yoki turboqorgichlarda tayyorlanadi. Bunda 
gidravlik usulda xurpaytirilgan asbest suspenziyasi, sement va qo‘shimcha suv (97-
86% suv suspenziya tarkibida) birgalikda aralashtiriladi. YArim quruq usullarda 
asbotsement qorishmalar ikki bosqichda aralashtirib olinadi: avval quruq 
komponentlar qorgichida, keyin davriy ishlaydigan betonqorgichda suv qo‘shib 
tayyorlanadi.
Buyumlarni qoliplash asbotsement massa tarkibidagi ortiqcha suvni zichlashtirib 
chiqarib yuborish va buyumga zaruriy shakl va o‘lcham berishdan iboratdir. Ho‘l 
usulda listli buyumlar tayyorlash silindrsimon plastik asbotsement yarimfabrikatlarni 
dumaloq turli mashinalarda olinib, so‘ngra press yoki to‘lqin hosil qiluvchi 
moslamalar vositasida presslab yoki to‘lqin berilib amalga oshiriladi (1-rasm).

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling