Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
3. Asbestotsement buyumlar
Tayanch iboralari- asbest, asbestotsement, mustahkamlik, chidamlilik. Asbestotsement olinadigan materiallar. Asbestotsement- asbest tolalari bilan kuchaytirilgan sement asosida olingan kompozitsion material. Sement toshi siqilishga yaxshi ishlaydi, lekin cho‘zilishga yomon ishlaydi. 15% asbest tolasi qo‘shilsa sement toshini fizik mexaniq xossalari oshib boradi, chunki asbest tolasi cho‘zilishga yaxshi ishlaydi. Asbestsement cho‘zilishga mustahkamligi yuqori, o‘tga chidamliligi, uzoq xizmat qilishi, suv o‘tkazuvchanligi yuqori, issiqlik o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligi kichikdir. Asbestotsementdan quyidagi buyumlar olinadi: -tombop shifer, devorbop shifer; -quvurlar, muftalar; -ventilyasiya korobkalari, sanitar-texnik buyumlari; -elektrdan muhofaza qiladigan buyumlar: Asbest. Asosan xrizotil asbest ishlatiladi, 3-6 navlari uzunligi 10 mm dan ko‘p, diametri 4000 mm. bular 50-24% bo‘ladi, qolgani 50-76% esa changsimon va boshqa qo‘shimchalardan iborat. Gohida 10-15% asbest o‘rniga bazalt, mineral paxta yoki shlakli paxta qo‘shiladi. Asbest tolasining sirti yuzasi (15-30 g/m 3 ) juda katta bo‘lgani uchun ko‘p suv talab qiladi. Tayyorlangan asbestotsement bo‘tqasida asbest bir me’yorda tarqalishi kerak. Sement qotayotganda undan chiqqan yaxshi maxsulotni asbest shilib oladi. SHuni hisobiga sementni qotishi tezlashadi va asbest bilan yaxshi yopishib jipslashadi. Asbestotsement buyum olish asoslari Asbestotsement buyumlar olish quyidagi etaplardan iborat: -asbestni mayda tolalarga ajratish; -asbestni suzpenziyasini tayyorlash; -asbestni suzpenziyasidan yupqa qatlamni ajratib olish. -undan buyumlarni qoliplash: shiferlar, listlar, quvurlar. -bug‘ kameralarida, suvi basseynlarida, avtoklavlarda, qotiriladi va kerakli mustahkamlikni olguncha isitiladigan xonalarda saqlanadi. Asbestotsement xossalari Asbestotsementni mexaniq xossalari quyidagilarga bog‘liq: -asbest miqdori; -asbest sifati (uzunligi, diametri); -sement aktivligi; -asbestotsement zichligi; -qotish sharoiti. Ajratilgan asbest tolasini cho‘zilishga mustahkamligi 700 MPa, armaturaga tenglashadi. Asbestotsement tarkibida 15% asbest bo‘lganda sement toshiga qaraganda Rcho‘z-=3-5 marta, Regil=2-3 marta yuqori bo‘ladi. Sovuqqa chidamlilik: -p=1,57 g/sm3 da 25 sikl; -r=1,65 g/sm3 da 50 sikl; -r=1,8 g/sm3 da 100 sikl. Issiq o‘tkazuvchanligi p=1,9 g/sm 3 da 0,35 Vt/(m 0 S) 250 0 S temperaturaga ishlatish mumkin. Kremnezem qo‘shimcha qo‘shib 1000 0 S gacha oshirish mumkin. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling