Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
sxemasi
1-greyferli yuklagich; 2-vibrogroxot (tebranuvchi sig‘im); 3-shnekli shimdirgich; 4- lentali konveyer; 5-“groxot” bilan birgalikda barabanli quritgich; 6,7,19-vertikal shneklar; 8-elevator; 9-tebranuvchi elak (vibrosito); 10-mayda qum bunkeri (0- 1,4mm); 11-yirik qum bunkeri (1,42,8mm); 12,14-vintli shimdirgichlar; 13- bog‘lovchilar (sement, ohak) saqlanadigan omborxona; 1,5-plastifikatsiyalovchi qo‘ shimchalar dozatori (ulushlagichi); 16-muzlashga qarshi qo‘llaniladigan qo‘shimchalar ulushlagichi (dozator); 17-ulushlagich (dozator); 18-aralashtirgich; 20- qoplaydigan mashina; 21-lentali konveyer; 22-tayyor aralashma sig‘imi; 23-tayyor aralashma bunkeri. Bundan tashqari amaliyotda turli quruq aralashmalar kombinatsiyalashgan holda qo‘llanilinadi, masalan: devor va pollarni koshin (kafel) plitkalar bilan elimlab qoplashda va turli xildagi shpatlevkalar tayyorlashda. Quruq elimli aralashmalar keng assortimentda, xususan Podolsk tajriba sement zavodida ularning xilma-xil turlari ishlab chiqariladi. Bundan tashqari quruq aralashmalarning kichik zavodlarda ishlab chiqariladigan boshqa texnologiyalari ham mavjud, masalan: MZS -10 (18.3-rasm) va boshqalar. Quruq aralashmalardan, masalan "Plitonit" yuqori adgeziya va qovushqoqlik, vertikal devorlardan oqib tushmaslik, muzlashga bardoshlik xossalariga ega. Ularni ishlab chiqarishda Pikalev zavodining M-400 va M500 markali sementidan jinsliligi va tarkibining bir xillik darajasi yuqori bo‘lgan, fraksiyasi 0,6mm gacha bo‘lgan kvars qumi, Waken va Dow organik qo‘shimchalardan foydalaniladi. Bu organik qo‘shimchalardan chet el firmalari ham keng ko‘lamda foydalanishadi. CHet el shpatlyovkalaridan bizda Fransiyaning "Semin" va Finlandiyaning "Lox’ya" firmalariniki keng ishlatiladi. Quruq aralashmalarning to‘g‘ri tanlanishi va to‘g‘ri qo‘llanishi qurilish ishlarini tezlashtiradi va ularning sifatini oshiradi. Qorishmalarni tayyorlash va tashish Qurilish qorishmalari beton-qorishma zavodlarida, lar tayyorlash markazlarida yoki qorishma qorish uzellarida tayyorlanadi. Qurilish maydoni zavoddan uzoqda joylashganda va bajariladigan ishlar hajmi kam bo‘lganda qorishma ob’ekt yaqinida joylashgan mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalarda tayyorlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qorishmalarni tayyorlash jarayoni tashkil etuvchi materiallarni tayyorlash, ularni o‘lchash (dozalash) va aralashtirishdan iborat bo‘ladi. Portlandsement, ohak, gips va boshqa bog‘lovchilar Davlat standarti talablariga javob berishi kerak. Qum zarurat bo‘lsa elanadi, yuvish usulida chang, loy miqdori meyorga keltiriladi. Ohak va giltuproq xamiri zarur quyuqlik darajasida tayyorlanadi. Qorishma harakatchanligini meyorga keltirish uchun tarkibiga kiritiladigan plastifikatorlar va kimyoviy qo‘shimchalar tegishli konsistensiyagacha suyultiriladi. Qorishmalarni tayyorlashda mineral bog‘lovchilar massasi bo‘yicha, qum va suv hajm bo‘yicha o‘lchab solinadi. Qurilish qorishmalari 150, 375 va 750l sig‘imli davriy ishlaydigan qorishma qorgichlarda tayyorlanadi (8.4-rasm). Qorishma qorgichlarda og‘ir qorishmalar 1-2 minut, engil qorishmalar esa 4 minut davomida aralashtiriladi. Hozirgi vaqtda qurilish qorishmalari quruq qorishmalar markazida suv qo‘shmasdan tayyorlanib, qurilish maydonlarida maxsus qorishma qorgichlar vositasida plastik qorishmaga aylantirilishi mumkin. Qurilish qorishmalari istemolchiga maxsus uskunalangan avtotsisternalarda, avtosamosvallarda tashiladi. Quruq qorishmalar maxsus avtopritsep qorishma qorgichlarda tashiladi va qurilish maydonlarida suv bilan aralashtirilib binolarga uzatiladi. Qorishma yuqori qavatlarga maxsus ko‘tarmalar, nasoslar yoki pnevmotransport vositasida etkazib beriladi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling