Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Mustahkamlik. Qotgan qorishmaning mustahkamligi mineral bog‘lovchining 
aktivligiga, suv-sement nisbatiga, qotish muddati va sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
Qorishmaning siqilishdagi mustahkamligi (markasi) o‘lchamlari 7,07x7,07x7,07sm 
bo‘lgan kublar yoki 4x4x16sm to‘sinchalarni standart usulda 28 sut. normal sharoitda 
saqlangandan keyin sinab aniqlanadi.
Sementli qorishmaning mustahkamligini sementning aktivligi va sement-suv nisbatiga 
bog‘liqligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: R
28
0,4R
s
(S S-0,3)
Ushbu formula yordamida mustahkamlikni aniqlash g‘ovak buyumlar ustiga 
yoyiladigan sementli qorishmalarga ta’luqli bo‘ladi.
G‘isht, beton va boshqa g‘ovak materiallarga yoyiladigan sementli qorishmalar 
mustahkamligi sement-suv nisbatiga bog‘liq bo‘lmay, balki faqat sementning sarfiga 
bog‘liq bo‘ladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
R
28
kR
s
(S-0,05) 4
Keltirilgan formula sement-ohakli qorishmalarga tegishlidir: Ssement sarfi, t m
3
qumga nisbatan; koeffitsienti qumning sifatiga bog‘liq: yirik qum uchun-2,2, o‘rtacha 
yiriklikdagi qum uchun-1,8 va mayda qum uchun-1,4.
Sementli aralash qorishmalarning mustahkamligi qorishma tarkibiga kiritiladigan 
ohak yoki giltuproqning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Aralash
qorishmalar
mustahkamligi
va plastifikatsiyalovchi
qo‘shimchalar (ohak, giltuproq) miqdori o‘rtasidagi umumiy bog‘liqlik 8.2rasmda 
keltirilgan. Keltirilgan grafiklarga binoan qorishmalar tarkibida mayda to‘ldirgichni 
ko‘paytirish mustahkamlikning pasayishiga olib keladi.
Qurilish qorishmalari 28 sutkadagi siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga nisbatan 
quyidagi markalarga bo‘linadi: 4, 10, 25, 50, 75, 100, 150, 200 va 300.
Normal sharoitda sementli qorishmalar mustahkamligi beton kabi uzoq muddat 
davomida oshib borishi mumkin.
Sementli qorishmalar mustahkamligi 7 sut 40-50%, 14sut 60-70%, 28 sut 100%, 90 
sut 130% markadagi mustahkamlikka nisbatan oshib borishi mumkin.
Binolarning tashqi devorlariga g‘isht, tosh terishda sement-ohakli va sement-
giltuproqli aralash 10, 25 va 50 markadagi qorishmalar ishlatiladi. Bino karnizlari, 
stolbalari, deraza va eshik ustidagi g‘isht va toshlar terishda 100 markadagi qorishma 
ishlatiladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling