Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18- MARUZA: QURILISH QORISHMALARI Reja
- 18.1-jadval G‘isht-tosh terishda va montaj qorishmalarining tarkibi (hajm bo‘yicha)
Nazorat savollari
1.Qurilish qorishmalari qanday klassifikatsiyalanadi? 2. Qorishma aralashmasining asosiy xossalarini aytib bering. 3. Qorishmaning qotgandan keyingi xossalari haqida aytib bering. 4. G‘isht-tosh terishda va suvoqchilikda ishlatiladigan qorishmalar harakatchanligi haqida nimalarni bilasiz? 18- MARUZA: QURILISH QORISHMALARI Reja: 1. G‘isht-tosh terish va montaj qorishmalar. 2. Pardozlash qorishmalari 3. Maxsus qorishmalar 4. Quruq qorishmalar 5. Qorishmalarni tayyorlash va tashish G‘isht-tosh terish va montaj qorishmalari Bino va inshootlarda g‘isht-tosh terishda va zavodda tayyorlangan yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni montaj qilishda sementli murakkab qorishmalar turli markalarda ishlatiladi (8.3.2 bo‘lim). G‘isht-tosh terishga mo‘ljallangan qorishmalarning harakatchanligi ularning ishlatilish sohasi va yotqizish usuliga qarab quyidagicha bo‘ladi: keramik g‘isht, beton, tosh va g‘ovak tabiiy toshlar terish uchun 9-13sm, kovakli g‘isht, keramik toshlar terish uchun 7-8sm, devorlarni beton bloklar va panellardan montaj qilishda gorizontal choklarni to‘ldirish uchun 5-7sm, xarsang tosh va bloklarni terish uchun 4- 6sm, ular oraliq bo‘shlig‘ini to‘ldirish uchun 13-15 sm. Demak, zich materiallar terilsa harakatchanligi yuqori qorishmalar ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qorishmaning harakatchanligini belgilashda teriladigan materiallarning namligini ham hisobga olish kerak. Qurilish qorishmalarining tarkiblari misol tariqasida 18.1 jadvalda keltirilgan. 18.1-jadval G‘isht-tosh terishda va montaj qorishmalarining tarkibi (hajm bo‘yicha) Sement markasi Qorishmalar uchun tarkiblar 200 150 100 75 50 Sement-ohakli qorishmalar 500 400 300 200 1:0,2:3 1:0,1:2,5 - - 1:0,3:4 1:0,2:3 1:0,1:2,5 - 1:0,5:5,5 1:0,4:4,5 1:0,2:3,4 - 1:0,8:7 1:0,5:5,5 1:0,3:4 1:0,1:2,5 - 1:0,9:8 1:0,6:6 1:0,3:4 Sementli qorishmalar 500 400 300 200 1:3 1:2,5 - - 1:4 1:3 1:2,5 - 1:5,5 1:4,5 1:3 - 1:6 1:5,5 1:4 1:2,5 - - 1:6 1:4 Quruq issiq iqlim sharoitida qorishmaning suvsizlanmasligini ta’minlash zarur. Zavodda tayyorlangan qorishma tashilayotganda va qurilish maydonida vaqtincha saqlanganda suvning bug‘lanishini oldini oladigan chora-tadbirlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, qorishmani yopiq idishda saqlash, to‘kma holatda bo‘lsa o‘rama materiallar bilan berkitish va sh.k. usullardir. Qorishma material ustiga yoyilganda tezda qurib qolmasligi uchun ularni namlash tavsiya etiladi. Qish mavsumida g‘isht-tosh terish va montaj qorishmalari isitilgan holda ishlatilishi tavsiya etiladi. Bunda tayyorlangan qorishma yoki qorishma komponentlari (suv, sement va qum yoki qum) bug‘ yoki elektrotenlar yordamida 60-80 0 S haroratgacha isitiladi. Yirik uysozlik panellarni montaj qilishda sement-qum pastasi (1:1 nisbatda portlandsement va qum) ishlatiladi. Sement-qum pastasi 28 sutkada 400 marka mustahkamlikka erishadi. Qorishmalar va pastaning muzlash haroratini pasaytirish uchun tarkibiga kalsiy xlorid, natriy xlorid, natriy nitrati kabi tuzlarning 5% suvdagi eritmasi ishlatiladi. Hozirgi vaqtda qurilish qorishmalarini zavodda quruq holda tayyorlash, maxsus qorishma tashuvchi va qoruvchi avtomashinalardan foydalanish rusum bo‘lmoqda. Pardozlash qorishmalari Pardozlash qorishmalari sementlar, ohak, gips, sement-ohak, ohak-gips, gipssementputssolan va boshqa bog‘lovchilar asosida tayyorlanadi. Pardozlash qorishmalari ikki asosiy turga: odatdagi suvoq qorishmalari va manzarali qorishmalarga bo‘linadi. Ishlatilish sohasiga ko‘ra suvoq qorishmalari tashqi suvoq va ichki suvoq qorishmalariga bo‘linadi. G‘isht-tosh va beton asosida qurilgan bino va inshootlarni tashqi tomondan suvash uchun sementli, sement-ohakli qorishmalar ishlatiladi. Quruq issiq iqlim sharoitida yog‘och yuzalarni suvashda ohak-gipsli qorishmalar ishlatilishi mumkin. Doimo nam va suv ta’sir etadigan binolarning sokol, karniz va boshqa qismlarida tarkibiga gidrofob moddalar qo‘shilgan sementli va sementohakli qorishmalar ishlatish maqsadga muvofiqdir. Xonalar havosining nisbiy namligi 60% gacha bo‘lganda binolar ichki devorlari va qavatlararo yopmalarni suvash uchun ohakli, gipsli, ohak-gipsli va sement-ohakli qorishmalar ishlatiladi. Suvoq qorishmalarining harakatchanligi standart konusning cho‘kishi chuqurligi bilan aniqlanadi. Mexanizatsiyalashtirilgan usulda suvashda ichki qatlam uchun qorishma harakatchanligi 6-10 sm ni, qo‘l bilan suvashda esa 8-12 sm tashkil etadi. Bunda qumning eng yirik donasi 2,5 mm oshmasligi kerak. Pardozlash qatlamining harakatchanligi 8-12 sm bo‘lishi kerak. Bu qorishmalarda qumning eng yirik donasi 1,25 mm bo‘ladi. Manzarali qorishmalar binolarni tashqi va ichki tomondan bezashga mo‘ljallangan. Manzarali qorishmalar asosida devor panellari va yirik bloklarning sirtqi yuzalarini zavodning o‘zida pardozlash, shuningdek qurilish maydonlarida bino fasadlarini pardozlash mumkin. Turarjoy va jamoat binolarining ichki devorlarini pardozlashda ham manzarali qorishmalar ishlatiladi. Manzarali qorishmalar olishda bog‘lovchi sifatida oq, rangli va oddiy portlandsementlar, binolarning ichki devorlari uchun esa ohak va gips ishlatiladi. Manzarali qorishmalar tayyorlashda mayda to‘ldirgich sifatida toza kvars qumlari, granit, marmar, ohaktosh, xarsangtosh va boshqa oq va rangli tog‘ jinslarini maydalab olingan qum ishlatiladi. Manzarali qorishma tarkibiga bezash faolligini oshirish maqsadida ozgina miqdorda slyuda, vermikulit, perlit, shisha maydasi kiritiladi. Ichki bezakda pardoz qatlamiga dekorativ ko‘rinish berish uchun rangli polimer donachalar ham qo‘shilishi mumkin. Manzarali qorishmalarga rang berish uchun ishqor muxitiga chidamli va quyosh nuriga bardoshli tabiiy va sun’iy pigmentlar (lazur, ultramarin,oxra,temirli surik, mo‘miyo va boshq.) ishlatiladi. Temirbeton panellarni pardozlash uchun kamida 150 markali, engil betonlardan tayyorlangan panellarni pardozlash hamda binolarning fasadlarni suvash uchun 50 markali qorishmalar ishlatiladi. Manzarali qorishmalarning sovuqqa chidamliligi kamida /35 markada bo‘lishi kerak. Qorishmaning massa bo‘yicha suv shimuvchanligi 8% oshmasligi zarur. Yirik panellar va bloklarni zavodda manzarali qorishmalar asosida fakturali ishlanishi tavsiya etiladi. Buning uchun rangli metallar, plastik va shishaplastik relefli matritsa joylashtirilgan qoliplar ishlatiladi. Qorishma yuzasini abraziv disklar va boshqa usullarda ishlov berish qorishma qotgandan keyin ham amalga oshirilishi mumkin. Maxsus qorishmalar Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling