Referat mavzulari ro’yxati


Plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalar


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalar. Qurilish qorishmalari g‘isht, og‘ir, engil va 
yacheykali betonlar kabi g‘ovak yuzalarga yoyilgani uchun tezlikda suvsizlanadi. 
Qorishmaning qulay joylanuvchanligini oshirish maqsadida tarkibiga mineral va 
polimer moddalar asosida tayyorlangan plastifikatorlar kiritiladi. Sement va ohak 
asosidagi qorishmalar tarkibiga giltuproq kukuni yoki undan tayyorlangan loy bo‘tqasi 
mineral plastifikatorlar sifatida qo‘shiladi. Mineral plastifikatorlar sifatida trepel, gliej, 
diatomit, tuffit va shu kabi gidravlik kukun moddalardan foydalanish mumkin. Bundan 
tashqari qattiq yoqilg‘i kullari, domna shlaki kukuni kabi chiqindilar ham mineral 
plastifikator sifatida ishlatiladi.
Ushbu mineral plastifikatorlar qorishmaning qulay joylanuvchanligini oshirish bilan 
birga suv ushlashlik xususiyatini, suv va nam muxitlarga bardoshliligini, sovuqqa 
chidamliligini oshiradi.
Mineral qo‘shimchalar tarkibida meyordan ortiq organik aralashmalar, tuz eritmalari 
bo‘lmasligi kerak, aks holda qorishmaning sifati pasayishi va suvoqchilikda 
ishlatilganda rangi o‘zgarishi mumkin.
Organik sirtaktiv moddalar qurilish qorishmasini plastifikatsiyalash, havo 
pufakchalari kiritish maqsadida qo‘shiladi. Plastifikatorlar sifatida LST (lignosulfonat 
texnicheski) milonaft, kanifol sovuni kabi moddalar bog‘lovchi massasiga nisbatan 
0,1-0,3% kiritiladi.


Hozirgi vaqtda qurilish qorishmasi tarkibiga superplastifikatorlar (massaga nisbatan 
1% gacha) va gelpolimer moddalar qo‘shiladi; S-3 kabi superplastifikatorlar qorishma 
qulay joylanuvchanligini keskin oshiradi. Gelpolimerlarning bir gramm moli 50-1000 
gramm molgacha suv molekulalarini vaqtinchalik (6-24 soatgacha) bog‘lash 
xususiyatiga ega bo‘lib, bog‘lovchi massasiga nisbatan 0,1-0,3% qo‘shilishi 
qorishmaning suv ushlashlik xususiyatini keskin oshiradi.
Qurilish qorishmasi qishda ishlatilganda tarkibiga qotishini tezlashtirish va suvning 
muzlash haroratini pasaytirish maqsadida kalsiy xlorid, natriy xlorid, potash, natriy 
nitrat kabi moddalar qo‘shiladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling