Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

  
Nazorat savollari 
1. 
Avtoklav nima va unda ishlov berishda qanday kimyoviy jarayonlar yuz beradi?
2. 
Silikat g‘ishti xom ashyosi tayyorlanishi va xossalari xaqida aytib bering.
3. 
Ko‘pik silikat va gaz silikat haqida gapirib bering.
4. 
Gips asosidagi buyumlar to‘g‘risida aytib bering.
5. 
Gips qoplama listlar nima? 
20- MARUZA: GIPS ASOSIDAGI BUYUMLAR 
Reja: 
1. 
Gips asosidagi buyumlar.
2. 
Poydevor uchun plitalar va panellar
1. Gips asosidagi buyumlar 
Gips bog‘lovchisi ishlab chiqarish xom ashyo zahirasining bitmastuganmasligi va 
energiyani boshqa turdagi bog‘lovchi moddalarga nisbatan kam talab qilishi, buyumlar 
tayyorlash siklining qisqaligi gips asosida yirik o‘lchamli yig‘ma elementlar olishga imkon 
beradi. Gips asosida tayyorlangan buyumlarning o‘rtacha zichligi kam bo‘lgan holda, 
etarli mustahkamlikka, issiqlik va tovush izolyasiyasi xususiyatlariga ega bo‘ladi. Gips 
bog‘lovchisining oq rangda bo‘lishi, tarkibiga pigmentlar kiritib istalgan rangdagi 
buyumlar olishga imkon yaratadi. Gips buyumlarni oson arralash, teshish, qoqish va 
boshqa mexanik ishlov berish mumkin. Gips buyumlarning eng afzal xususiyatidan biri 
uning ekologik tozaligi va inson organizmiga beziyonligidir.
Gips asosidagi buyumlarning asosiy kamchiliklariga suv muhitiga chidamsizligi, nam 
ta’sirida kuch ostida vaqt bo‘yicha plastik deformatsiyaning me’yordan oshib ketishi 
kabilar kiradi, shu sababli ularni bino va inshootlarning nam tegmaydigan qismlarida 
ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Gips buyumlar xossalarini yaxshilash uchun tarkibiga mineral va organik mayda va 
yirik to‘ldirgichlar qo‘shiladi.
Gips buyumlar gips va gipsbeton asosida tayyorlanadi.
Gips betonlar gips bog‘lovchisi va g‘ovak mineral to‘ldirgichlar va engil organik 
to‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi.
Mineral to‘ldirgich sifatida yoqilg‘i va domna shlaklari, tuf va pemza chaqiq toshlari, 
chig‘anoqli ohaktosh, keramzit, perlit va boshqalar, organik to‘ldirgich sifatida esa qipiq, 
maydalangan poxol, qamish, makulatura va boshqalar ishlatiladi.
Gips buyumlar tarkibiga to‘ldirgichlarni kiritish mustahkamlikni pasaytiradi; 
mustahkamlikni oshirish maqsadida gips qorishmasi tarkibidagi suv miqdorini kamaytirish 
uchun titratish, presslash, vibropresslash kabi usullar qo‘llaniladi.


Gips va gipsbeton buyumlar ishlab chiqarishda yuqori markadagi gipslar va gipsshlaki, 
gipssementputssolanli murakkab tarkibdagi bog‘lovchilar ishlatiladi. Murakkab 
bog‘lovchilar asosidagi buyumlar yuqori mustahkamlikka, namlik muhitiga chidamlilikka 
ega bo‘ladi.
Gips va gipsbeton buyumlar ishlatilish soxasiga nisbatan quyidagi turlarga bo‘linadi: 
pardadevorlar uchun plita va panellar; yopma buyumlar; devorlarni qoplash uchun listlar 
(gipsli quruq suvoq); devor toshlari va bloklari; issiqlik izolyasiyasi buyumlari; 
arxitektura-bezak qismlari (karnizlar, muqarnaslar, plafonlar, o‘ymakorlik buyumlari va 
boshq.).
2. Poydevor uchun plitalar va panellar
Poydevor uchun plitalar. Bunday plitalar gips xamiridan tayyorlangan gipsli va 
to‘ldirgichlar qo‘shilgan gips qorishmasi va gipsbetondan tayyorlangan bo‘ladi. Gips 
plitalar o‘rtacha zichligi qorishma tarkibi va zichlashtirish usuliga bog‘liq bo‘ladi va 
o‘rtacha 1100-1300 kg m3 ni tashkil qiladi.
Gips plitalari 800x400 va 1500x400mm (gipsqamishli) o‘lchamlarda, qalinligi 80-100 
mm bo‘ladi. Siqilishdagi mustahkamligi 3-4 MPa, namligi massasi bo‘yicha ko‘pi bilan 
8% ni tashkil qiladi.
Gips plitalar ishlab chiqarish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
gips, to‘ldirgichlar, suv, qotishni sekinlashtiruvchi (yoki tezlashtiruvchi) qo‘shimchalar 
va plastifikatorlarni dozirovkalash; gipsqorishmasi qorgichda qorishma tayyorlash; 
buyumni qoliplash va quritish. Gips plitalar quyma, titratish va presslash kabi 
zichlashtirish usullarida qoliplanadi. Pardadevor uchun gips plitalarni karusel mashinada 
ishlab chiqarish texnologik sxemasi 20.1-rasmda berilgan. 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling