Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Silikat g‘isht
Nazorat savollari
1. 1.Qurilish qorishmalari qanday klassifikatsiyalanadi? 2. Qorishma aralashmasining asosiy xossalarini aytib bering. 3. Qorishmaning qotgandan keyingi xossalari haqida aytib bering. 4. G‘isht-tosh terishda va suvoqchilikda ishlatiladigan qorishmalar harakatchanligi haqida nimalarni bilasiz? 19 MAVZU: MINERAL BOG‘LOVCHILARNING ASOSIDA TAYORLANGAN SUN’IY TOSH MATERIALLAR VA BUYUMLAR. Reja: 1. Avtoklav materiallar. 2. Silikat g‘isht 3. Asbestotsement buyumlar 4. Fibrobeton. 1. Avtoklav materiallar Avtoklavda ishlov berish 5 ta etapdan iborat: I etap-avtoklavga suv bug‘i berilib t 0 =100 0 S gacha ko‘tariladi. II etap-bosim asta ko‘tarilib maksimumga etkaziladi, t 0 =100 0 S. III etap-doimiy bosim va temperaturada buyum ushlab turiladi. IV etap-avtoklavda bosim asta-sekin tushiriladi. V etap-100 0 dan 18-20 0 S gacha buyum sovitiladi. Pishirish rejimi xom ashyoga bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha o‘rtacha temperaturada 174-200 0 S, bosim 0,8-1,5 MPa ga tengdir. Materiallar. Avtoklavda olinadigan silikat materiallardan biri asosiy bog‘lovchi material-ohakdir. Ohak tarkibida aktiv SaO va MgO 70% dan ko‘p bo‘lishi, MgO esa 5%dan oshmasligi kerak. Avtoklavda olinadigan materiallarda asosiy to‘ldirgich-kvars qumidir. Har 1m 3 avtoklavda olingan buyum 200-400 kg sement va 0,8-1 m 3 shag‘al yoki keramzitni iqtisod qiladi. Silikat buyumlar ichida eng asosiysi silikat g‘isht hisoblanadi. 5. Silikat g‘isht Silikat g‘isht kuydirmasdan, olinadigan sun’iy qurilish materiali bo‘lib, u kvars qumi va ohak aralashmasini preslab , avtoklavda qotirib olinadi. Tarkibida 7-10% aktiv SaO bo‘lgan holda ohak ishlatiladi. Silikat g‘isht mustahkamligini oshirish uchun bog‘lovchi modda sifatida maydalangan ohakli kremnizemli, ohak-shlakli, ohak-kulli aralashmalar ishlatiladi. Qum kam bo‘shliqli, diametri 0,2-2 mm li bo‘lishi kerak. Qum tarkibida tuproq 10% dan oshsa buyumni suv shimuvchanligi oshadi, mustahkamligi kamayadi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling