Referat mavzulari ro’yxati


Zinapoya konstruksiyalariga


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Zinapoya konstruksiyalariga zina pillapoyalari, maydonchalar, yarim maydonchali 
pillapoya va boshqa buyumlar kiradi (7.1-rasm). Zina pillapoyalari murakkab shakldagi 
konstruksiya hisoblanadi, armatura karkaslari va to‘rlari bilan armaturalanadi.
Zina maydonchalari va pillapoyalar M200 va M300 markali og‘ir va yengil betonlardan 
tayyorlanadi, yuzasi mozaika qorishmalari, keramik plitkalar bilan qoplanishi mumkin. 
Zina konstruksiyalari o‘lchamlari binolarning tipiga va seriyasiga mos ravishda ishlab 
chiqariladi. 
Zina pillapoya va maydonchalari zavodda yaxlit holda ishlab chiqarilishi mumkin.
Jamoat binolari qurilishida turli maqsadlarga mo‘ljallangan buyumlar-sanitariya-texnika 
va ventilyasiya bloklari, isitish panellari, sanitariya-texnika kabinalari, deflektorlar va 
boshqa buyumlar ko‘plab ishlatiladi.
Sanoat binolari uchun konstruksiyalar 
Sanoat binolari qurilishida temirbeton poydevorlar, ustunlar, to‘sinlar, fermalar, arkalar, 
qavatlararo va tombop plitalar va boshqalar ishlatiladi.
Sanoat binolarining erosti qismi konstruksiyalariga poydevor bloklari, ustunga 
mo‘ljallangan poydevorlar (boshmoqlar) va boshqalar kiradi.


2-rasm. Ustunga mo‘ljallangan poydevor  
Poydevor bloklari va to‘sinlari M200-M400 markali og‘ir betondan tayyorlanadi. 
To‘sinlar ko‘ndalang kesimi trapetsiya Yoki tavr shaklida bo‘lib, kesimining balandligi 
400-600mm, uzunligi 4,3 va 11,96m bo‘ladi. To‘sinlar avvaldan taranglangan armatura 
bilan armaturalangan holda ishlab chiqariladi.
Ustunlar o‘rnatiladigan poydevorlar tagining o‘lchami 2m gacha va balandligi 1m gacha 
qilib M150-M300 markali og‘ir betondan tayyorlanadi (2-rasm). Poydevor markazida 
ustun o‘rnatish uchun mo‘ljallangan chuqurcha (stakan) bo‘ladi. Ular armatura karkasi 
bilan ta’minlanadi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling