Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Betonning maxsus turlari 
Gidrotexnik beton
Gidrotexnik beton doimo suvli muhitda ishlaydigan beton va temirbeton konstruksiyalar 
tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘lib, mustahkamligi, suv o‘tkazmasligi, kirishishi, agressiv 
muhitlarga chidamliligi va issiqlik ajratishi bo‘yicha talablarga qat’iy javob berishi shart.
Gidrotexnik inshootlarda beton tashqi va ichki qatlam uchun turli tarkiblarda bo‘ladi. 
Tashqi qatlamdagi beton doimo suv bilan xo‘llanibqurib, muzlab-erib turishi mumkin. Bu 
holat darYo, dengiz portlarida, to‘g‘onlarda, elektrostansiya, metallurgiya va kimYo 
sanoati aylanma suvlarini sovutadigan gradirnyalarda kuzatiladi. Tashqi qatlamda 
ishlatiladigan gidrotexnik beton yuqori sifatli sement, mayda va yirik to‘ldirgichlar, 
mineral va polimer sirtaktiv qo‘shimchalar qo‘shib, beton tarkibini ratsional tanlab, beton 
tayyorlash jarayonlariga to‘liq rioya qilgan holda olinadi. Sement tarkibiga kiritilgan 
gidravlik qo‘shimchalar betonning agressiv muhitlarga chidamliligini oshiradi va issiqlik 
ajratishini kamaytiradi. Sement massasiga nisbatan 0,2-1% miqdorda gidrofob, difil 
qo‘shimchalar va superplastifikatorlarni kiritish gidrotexnik betonning gidrofizik 
xossalarini yaxshilaydi.
Siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga nisbatan gidrotexnik beton M100-M400 
markalarda bo‘ladi. Betonning markasi 180 sutkada aniqlanadi.
Gidrotexnik inshootlarning massiv ichki qatlami tashqi qatlam singari murakkab iqlim 
sharoitida ishlamaydi. Ichki qatlam betoni issiqlikni kam ajratishi zarur, aks holda massiv 
konstruksiyalarda harorat farqidan ichki zo‘riqish va natijada Yoriqlar hosil bo‘ladi. Ichki 
qatlam betoni shlakli portlansement va putssolanli portlandsement asosida tayyorlansa
issiqlik ajrab chiqishi keskin kamayadi va beton korroziya muhitlariga chidamli bo‘ladi. 
Ichki qatlam uchun betonning markasi M100, M150 bo‘lsa kifoya, suv o‘tkazmasligi esa 
W2, W4 bo‘ladi.
Gidrotexnik beton suv o‘tkazmaslik bo‘yicha W2-W12 markalari bo‘ladi. Gidrotexnik 
beton sovuqqa chidamliligi bo‘yicha quyidagi markalarga bo‘linadi: /100, /150, /200, /300, 
/400, /500.


Betonning doimo suv muzlab-eriydigan qatlamlardagi suv shimuvchanligi massa 
bo‘yicha 5%, boshqa qatlamlar uchun esa 7% oshmasligi kerak.
Gidrotexnik betonning chiziqli kirishishi, havoning nisbiy namligi 60%, harorati 180S 
bo‘lganda, 28 sut 0,3 mm/m va 180 sut 0,7 mm/m dan oshmasligi kerak. Suvli muhitda 
shishishi 28 sut-0,1 mm/m, 180 sut-0,3 mm/m dan oshmasligi shart.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling