Referat mavzulari ro’yxati


Jamoat binolari uchun konstruksiyalar


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Jamoat binolari uchun konstruksiyalar 
Poydevor va binolarning er osti qismi uchun temirbeton bloklar, svaylar va boshqalar 
ishlatiladi.
Poydevor bloklari M200, M250 va M300 markali og‘ir betonlardan tayyorlanadi. 
Armatura sifatida silliq po‘lat to‘rlar ishlatiladi. Podval devorlarining bloklari M100 va 


M150 markali og‘ir betondan quyidagi o‘lchamlarda tayyorlanadi: uzunligi 2500 mm 
gacha, eni 500 mm gacha va balandligi 700 mm.
Bloklarning Yon tomonida podval devorlarini montaj qilishda foydalaniladigan va 
bloklarni monolitlashda ishlatiladigan maxsus o‘yiqlar (pazlar) qoldiriladi. Montaj ishlari 
tugagach o‘yiqlar ketma-ket sementli qorishmalar bilan to‘ldiriladi.
Podval devori bloklari betonni tejash maqsadida ichi bo‘shliqli holda tayyorlanishi 
mumkin.
Svaylar ko‘ndalang kesimi 300x300 mm o‘lchamli kvadrat shaklda va uzunligi 6-12 m 
bo‘ladi. Ular M300 markali og‘ir betondan tayyorlanadi. Svay poydevorlari bino bo‘sh va 
botqoqsimon erlarga qurilganda erning toshloq qattiq qatlamigacha maxsus uskuna 
Yordamida qoqiladi. Bunda binoning yumshoq erda cho‘kishining oldi olinadi.
Jamoat binolari karkaslari M200-M500 markali og‘ir va g‘ovak to‘ldirgichlar 
asosidagi yengil betonlardan temirbeton ustunlar, to‘sinlar va boshqalar tayyorlanadi. 
Ustunlar uzunligi binoning ikki qavatiga mo‘ljallangan bo‘ladi. To‘sinlar maxsus quyma 
detallarni payvandlab ustunlar bilan biriktiriladi.
Devor bloklari M50, M100 markali yengil betonlardan (/
m
1200kg/m
3
) yaxlit Yoki ichi 
kovakli qilib tayyorlanadi. Ularning o‘lchamlari unifikatsiyalashtirilgan bo‘lib, binoning 
seriyasiga moslashtirilgan bo‘ladi. Jamoat binolari tashqi va ichki devorlari uchun panellar 
ishlab chiqariladi.
Isitiladigan jamoat binolari tashqi panellari M50-M100 markali g‘ovak to‘ldirgichlar 
asosidagi yengil betonlardan (/
m
700-1000 kg/m
3
) va M35-M50 markali g‘ovak 
betonlardan (/
m
550-700 kg/m
3
) bir qatlamli qilib tayyorlanadi. Bunday panellarning 
uzunligi 3600 va 7200 mm, balandligi 2900 mm va qalinligi 400 mm bo‘ladi. Zarurat 
bo‘lsa boshqa o‘lchamdagi panellar ham ishlab chiqariladi.
Tashqi devor bloklari va panellari o‘ng yuzasi manzarali qorishmalar qatlami, chaqiq 
tosh, keramik plitkalar va ob-havoga chidamli bo‘Yoqlar kompozitsiyalari bilan bezatilishi 
mumkin.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling