Referat mavzulari ro’yxati


Ichki devorlarning panellari


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Ichki devorlarning panellari M100-M300 markali og‘ir, yengil va yacheykali 
betonlardan tayyorlanadi. Ularning qalinligi betonning turi va markasi, ta’sir etadigan 
yuklamaga qarab 120-160 mm bo‘lishi mumkin (7.1rasm).
Qavatlararo plita va panellar uzunligi 3-6,5 m gacha bo‘ladi. Panellar xonaning to‘rtta 
devoriga suyanadigan o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Ularning qalinligi 160 mm bo‘ladi. 
Plitalar qalinligi 220 mm, eni esa 1,62,4 m o‘lchamlarda bo‘ladi.


Qavatlararo plita va panellar M200 va M300 markali og‘ir va g‘ovak to‘ldirgich 
asosidagi yengil betonlardan yassi yaxlit va yumaloq hamda oval kovakli ichi bo‘sh, 
shuningdek qobirg‘ali holda tayyorlanadi. 
Bo‘shliqlar plita va panellar massasini kamaytiradi, issiqlik va tovush izolyasiyasi 
xossalarini yaxshilaydi, beton sarfini kamaytiradi.
Hozirgi vaqtda yirik hajmdagi panelli turar joy binolarini qurish rivojlanmoqda. Bu 
tipdagi binolarni zavodda tayyorlangan bir Yoki ikki xonaga mo‘ljallangan hajmiy 
konstruksiyalar asosida qurilish maydonida yig‘iladi. Hajmiy uysozlik konstruksiyalari 
og‘ir va yengil betonlar asosida tayyorlanishi mumkin. Hajmiy panelli konstruksiyalarni 
ishlab chiqarish qurilish-montaj ishlarini keskin qisqartiradi, beton va metallni tejaydi, 
betonning mustahkamligi va sifatini oshiradi.
Tombop yopma konstruksiyalar jamoat binolari qurilishida strapila to‘sinlari, plitalar
panellar va boshqa buyumlar sifatida ishlatiladi.
Strapila ustunlari va to‘sinlari M300 markali og‘ir va yengil betondan 6 m uzunlikda bir 
nishabli qilib tayyorlanadi.
Tombop yopma panellar va plitalar M200-M300 markali og‘ir va yengil betondan yassi 
va qobirg‘ali tiplarda uzunligi 6 m, eni esa 1,5-3m qilib tayyorlanishi mumkin.
Tombop yopma plitalarning qobirg‘alari ichki va tashqi tomonlarga bo‘rtma holatda 
bo‘lishi mumkin. Tashqariga bo‘rttirilgan qobirg‘a baland bo‘lmay, ustiga choklarni 
berkitishga mo‘ljallangan maxsus temirbeton yopma qobirg‘ali plitalar kiydirilishga 
mo‘ljallangan. Tombop bunday yig‘ma temirbeton konstruksiya choklardan suvning sizib 
kirishini oldini oladi. To‘shama gidroizolyasiya materiallari ishlatmasdan suv 
o‘tkazmaydigan zich temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ushbu tipdagi tom 
konstruksiyasi katta ahamiyatga egadir.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling