Referat mavzulari ro’yxati


Injenerlik inshootlari uchun buyum va konstruksiyalar


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Injenerlik inshootlari uchun buyum va konstruksiyalar 
Yig‘ma temirbeton buyum va konstruksiyalar transport, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi 
va melioratsiya, gidrotexnik inshootlar va boshqa maxsus qurilish tizimlarida keng 
miqYosda ishlatiladi.
Transport qurilishida temirbeton temir Yo‘llar, avtomobil Yo‘llari va aerodromlar 
barpo etishda ishlatiladi. TemirYo‘l, metropoliten va avtomobil Yo‘llari qurilishida 
ko‘prik konstruksiyalari, shpallar, elektr uzatish tarmoqlarining tayanchlari, katta 
diametrdagi quvurlar, akveduklar, tyubinglar va boshqa temirbeton buyumlar va 
konstruksiyalar ishlatiladi. Bu tizimda M300-M500 markali og‘ir betonlar qo‘llaniladi. 
Temirbeton 
konstruksiyalarni 
tayyorlashda 
sterjenli 
Yoki 
o‘rilgan 
yuqori 
mustahkamlikdagi po‘lat armaturalar avvaldan taranglangan holda ishlatiladi.
Bunday konstruksiyalar zich, suv o‘tkazmaydigan, sovuqqa, quruq issiq iqlim sharoitiga 
chidamli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Avtomobil Yo‘llari va aerodromlar qurilishida yuqori mustahkamlikdagi temirbeton 
qoplama plitalar, bordyurlar va tratuar plitalari ishlatiladi.
Qishloq xo‘jalik inshootlari-silos chuqurlari, minoralar va transheyalar, uzumzor 
tayanchlari, molxonalar maxsus buyumlari, teplitsa karkaslari va boshqalar M200-M300 
markali betonlardan tayyorlanadi. Ishlab chiqarish binolari, omborxonalar qurilishida 
sanoat binolarida ishlatiladigan beton va temirbeton buyum va konstruksiyalar ishlatiladi.
Gidrotexnik inshootlar qurilishida temirbeton plitalar, to‘sinlar, qobiqlar, yuqori 
diametrdagi quvurlar, svaylar va boshqa konstruksiyalar ishlatiladi. Ular M200-M500 
markali og‘ir betonlardan armatura karkaslari va to‘rlari bilan armaturalangan holda 
qo‘llaniladi. Bunday konstruksiyalarga suv o‘tkazmaslik va sovuqqa chidamlilik bo‘yicha 
yuqori talablar qo‘yilgan.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling