Referat mavzulari ro’yxati
Oq va rangli portlandsementlar
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tamponaj portlandsement
- Giltuproqli sement
Oq va rangli portlandsementlar. Oq sement klinkeri toza ohaktosh va oq soztuproq
asosida olinadi. Ular tarkibida temir va marganets oksidlari va shu kabi qo‘shimchalar bo‘lmasligi kerak, aks holda sement noxush ranglarda bo‘lishi mumkin. Xomashyo gaz Yoqilg‘isida kuydirilib, hosil bo‘lgan klinkerni chinni Yoki rangi chiqmaydigan metallardan tayyorlangan sharchalar Yordamida maydalab kukun holatiga keltiriladi. Oq sement 400 va 500 markalarda ishlab chiqariladi. Talabga ko‘ra oppoqlik koeffitsienti (absolyut shkala vositasida, %) nurni qaytarish koeffitsenti Yordamida aniqlanadi. Bunga ko‘ra koeffitsient oq sement 1 navi 80% dan, 2 navi 75% va 3 navi 68% dan ko‘p bo‘lishi kerak. Rangli sementlar oq sementga ishqor muhitiga chidamli pigmentlar (oxra, temir suriki va sh.k.) aralashtirib olinadi. Oq va rangli sementlar bezak qurilish qorishmalari, zinapoyalar, bordyur toshlari, piYoda Yo‘llari, arxitektura qismlari olishda ishlatiladi. Tamponaj portlandsement-klinker, gips va turli qo‘shimchalar asosida olinadi va asosan neft va gaz burg‘ulash ishlarida ishlatiladi. Sement sovuq (22±2 0 S) va issiq (75±3 0 S) burg‘ulashda sinovdan o‘tkaziladi. Tamponaj sement og‘irlashtirilgan, qumli, tuzli sharoitda chidaydigan va gigroskopligi kamaytirilgan turlarga bo‘linadi. Unga qo‘yilgan asosiy talab 4x4x16 sm to‘sinchalarning (S/S=0,5) egilishdagi mustahkamlik chegarasidir. Giltuproqli sement klinkeri ohaktosh va boksitlar asosida olinadi. Sement sifatiga kalsiy alyumosilikatlari (gelenit) SaO·Al 2 O 3 ·SiO 2 ta’sir ko‘rsatadi. Bir kalsiyli alyuminat SaO·Al 2 O 3 giltuproqli sementni tez qotishini belgilaydi. Sement tarkibida SaO·2Al 2 O 3 ham qisman bo‘lishi mumkin. Sement muhit harorati 25 0 S gacha bo‘lganda yuqori mustahkamlikka erishadi. Bu sharoitda giltuproqli sement oddiy sement 28 sut. erishgan mustahkamlikka 3 sutka davomida erishadi; u 400, 500, 600 markalarda ishlab chiqariladi. Uning qotish boshlanishi 30 min keyin, oxiri esa 12 soat bo‘ladi. Sement tarkibida kalsiy ishqori va uch kalsiyli alyuminatning bo‘lmasligi uning korroziyaning birinchi va ikkinchi turlariga chidamliligini ta’minlaydi. Ammo giltuproqli sement kislotalar va ishqorlarga chidamsiz bo‘lgani uchun oddiy sement va ohak bilan aralashtirib ishlatib bo‘lmaydi. Bu sement qimmatbaholigini hisobga olib faqat maxsus joylarda, tez qotish zarurati bo‘lganda va yuqori haroratga chidamli qorishmalar va betonlar olishda ishlatiladi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling