Referat mavzulari ro’yxati


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

Nazorat uchun savollar: 
1.Furanli polimerlar qanday xom-ashyolardan olinadi? 
2.Epoksid polimerlar qanday xom-ashyolardan olinadi? 
3.Poliakrilatlarni tavsiflab bering. 
4.Valsovka qilish usuli bilan qanday turdagi polimerlar olinadi ? 
5.Issiqlik izolyasiya materiallari turlarini ayting. 
6.Issiqlik izolyasiya materiallari qanday usullar bilan olinadi? 
 
8-AMALIY MASHG‘ULOT 
Mavzu: Polimer materiallar. 
Nazariy qism 
Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash formulalari 
Tayanch 
iboralar: 
Plastmassalar, 
termoplastlar, 
polimerizatsiya, 
polikondensatsiya, 
mustahkamlik, 
qayishqoqlik, 
korroziyaga 
bardoshlilik, 
polietilen, polivinilxlorid, polimerbeton, shishaplastlar, bezak buyumlar. 
Polimerlar deb molekulasi ko‘p marta qaytalanadigan yuqori molekulali 
birikmalarga aytiladi. (grekchadan poli-ko‘p, meros-qism). 
Yuqori molekulali birikmalarga molekula vazni 5000 dan yuqorisiga aytiladi. 
Kichik molekulali birikmalar molekula vazni 500 dan oshmaydi. 


170 
Molekula vazni 500 bilan 5000 orasida bo‘lsa oligomerlar deyiladi. 
Polimerlarda molekulalar odatda chiziqli, tarqoq, to‘rsimon bog‘langan zanjirdan 
iborat. 
Sintetik polimerlar 2 xil usulda olinadi: 
-polimerizatsiya, polikondeksatsiya 
Polimerizatsiya-kichik molekulali moddalar (monomerlarni) o‘zaro biriktirish 
jarayonidir, bunda ortiqcha modda ajralib chiqmaydi. Olingan polimerni massasi 
qo‘shilayotgan molekulalar massasiga teng bo‘ladi. Bu jarayonda 1 ta yoki bir necha 
monomer ishtirok etishi mumkin. Bir necha monomer bo‘lsa sopolimerizatsiya 
jarayoni, olingan mahsulot esa sopolimerlar deyiladi. 
Jarayonga issiqlik, nur ta’sir etib initsiator-qo‘shimcha qo‘shib zanjir hosil 
qilinadi. 
Polikondensatsiya-bu 
jarayon 
natijasida 
yuqori 
molekulali 
birikmalar 
(polikondensat) dan tashqari bir paytni o‘zida kichik molekulali birikmalar ham hosil 
bo‘ladi. 
Bunda olingan mahsulot tarkibi qo‘shilayotgan mahsulotlar tarkibidan farq qiladi. 
Polimerizatsiya usuli bilan olingan polimerlar: 
Polietilen [-SN
2
-SN
2
-]
n
, polipropilen 
[-SN
3
SN-SN]
n
, polinzobutilen [-SN
2
S(SN
3
)
2
-]
n
Polietilen molekulasi chiziqli bog‘langan bo‘lib, uni yuqori, o‘rta va past bosim 
bilan olinadi. 
Polietilen organik eritmalarda kam eriydi, kislota, ishqorga, tuzlarga chidamli, 
suvga o‘ta chidamli mexanik mustahkamligi yuqori. 
Polietilenni kamchiligi 
-issiqqa chidamsiz (80
o
C); 
-yelimlash qiyin;
-kemiruvchilar oson kemiradi; 
Polipropilen polietilenga o‘xshash bo‘lib, mexanik mustahkamligi va issiqqa 
chidamliligi yuqori. 
Polietilen va polipropilendan, quvur, plyonka, list, penoplast, sanitar-texnik 
buyumlar, olinadi. 
Polizobutilen-yumshoq elastik polimer. Polietilen va polipronilendan kimyoviy 
chidamligi va mustahkamligi past, lekin elastik. 
Undan qurulish buyumlarini gidroizolyasiya qilish, buyum choklarini zichlash
yYelim va mastika olishda ishlatiladi. 
Polistirol-[C
6
H
5
CH-CH
2
-]
n
-stiroldan polimer bo‘lib etilbenzoldan olinadi. U o‘ta 
shaffof, 90% nurni o‘tkazadi. 
Kamchiligi-juda mo‘rt, organik eritmalarga chidamsiz. Undan penoplast, bezak 
plitalar olinadi. 
Polivinilxlorid-atsetilen va xlorli vodoroddan har xil usulda olinadi. 
Tarkibida ko‘p xlor bo‘lgani uchun u yonmaydi, 130-170

C tarkibida xlorli 
vodorod ajralib chiqa boshlaydi va polivinilxlorid parchalanadi. PVX dan – linoleum, 
plitka, gidroizolyasion va bezak plyonkalar, quvurlar olinadi. 


171 
Polivinilatset (PVA)-CH
2
-CHOCOCH
3
vinilatsetat polimeri bo‘lib, atsetilen va 
uksus kislotasidan sintez qilib olinadi .Adgeziyasi yaxshi, elastik, yorug‘ga chidamli, 
rangsiz bo‘lgani uchun PVA dan lak, bo‘yoq, yYelim olinadi. Emulyasiyasidan 
polimersement beton va namga chidamli gulqog‘oz olinadi. 
Poliakrilatlar (PA) - akril va metakril kislotalar va ularni birikmalardan olinadigan 
polimer. PA-shaffof bo‘lib, ultrabinafsha nurlarni yaxshi o‘tkazadi. Qurilishda 
metakrilat kislotadan olingan PA ko‘proq ishlatiladi, polimetilmetakrilat-organik 
shisha-deyiladi (99% quyosh nurini o‘tkazadi). Oddiy shishadan mo‘rtligi kam, yaxshi 
ishlov beradi. Organik shisha-binolarni, teplitsa, oranjyoreya, basseynlarga oyna 
sifatida, emulsiya, lak, bo‘yoq olishda ishlatiladi. 
Sintetik kauchuklar har xil uglevodorodlardan sintez yo‘li bilan olinadi. 
Polikondensatsiya usulida olingan polimerlar 
Fenolformaldegid-fenol bilan formaldegidni polikondensatsiya usuli bilan olingan 
mahsulot. 
Normal temperaturada qotishi uchun katalizatorlar-kuchsiz kislotalar ishlatiladi. 
Undan qatlamli plastik uchun yelim, yelimlar, yengil g‘ovakli pastmassa, minvata 
olishda ishlatiladi. 
Aminoaldegidlar-aminlar bilan aldegidlarni polikondensatsiya usulda olingan 
polimer. 
qurilish materiali sifatida asosan karbomid va melaminoformaldegid polimer 
ishlatiladi. Bulardan ham FFS ga o‘xshash joylarda ishlatiladi. 
Furanli polimerlar-furfurol, furil spirti va atsetondan olinadi. Furanil birikmalarga 
quyidagilar kiradi: 
FA-furfurol atseton monomeri
FAM-modifikatsiya qilingan FA; 
Lignin-furfurol smolasi; 
Bulardan polimerbetonlar, lak, yelim, mastikalar olinadi. 
Epoksid polimerlar-epixlorgidrin bilan dioksidifenol-propani asosidagi mahsulot. 
Epoksid smola quyuqligi va rangi bo‘yicha asalni eslatuvchi suyuqlikdir. U ED-5, ED-
6, ED-14, ED-16, ED-20 markalarga bo‘linadi. 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling