Referat mavzulari ro’yxati


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

Nazorat uchun savollar: 
1. To’ldiruvchilar beton hajmining qancha qismini tashkil etadi?
2.Betonda to’ldiruvchilar hajmiga qarab sement sarfi qanday o’zgaradi?
3.To’ldiruvchilar klasifikatsiyasini tushuntiring?
4.To’ldiruvchilarning qanday turlari mavjud?
5.To’ldiruvchilarni ishlab chiqarish usullarini keltiring ?
 
11-AMALIY MASHG‘ULOT 
Mavzu: To‘ldiruvchilar, plastifikatorlar va qotirgichlar.
Nazariy qism 
Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash formulalari 


176 
Tayanch iboralar: Kvars qumi, yiriklik moduli, shag’al, chaqiqtosh, optimal 
fraksiyalar, mustahkamlik, korroziyaga chidamlilik, keramzit, agloporit, sferik 
to’ldirgichlar. 
 
So‘ngi yillarda superplastifikatorlar asosida yangi yuqori samarali kompleks 
qo‘shilmalar tayyorlanib, sementli beton va qorishmalar tayyorlashda ko‘plab 
ishlatilmoqda.
Relamiks. Polimetilnaftalsulfat kislotasining natriy tuzlari va chidamlilikni 
oshiruvchi plastifikatorlar asosida olingan kompleks qo‘shilma. Qo‘shilma och rangli, 
suvda eruvchan kukun yoki kamida 32% li jigarrangli suv eritmasi. Bunday quyma 
beton buyumlarni bug‘lab qotirish shart emas. Tavsiya etilgan miqdori sement 
og‘irligiga ko‘ra 0,6-1%. 
Linamiks. Polimetilnaftalinsulfat kislotasining natriy tuzlari va lignosulfatlar 
asosida biriktirib olingan kompleks qo‘shilma. Jigarrang, suvda eruvchan kukun yoki 
32 %-li suv eritmasi holatida ishlatiladi. Tavsiya etilgan miqdori: sement og‘irligiga 
ko‘ra 0,3...0,4%. 
Defomiks. Polimetilnaftalinsulfat kislotasining natriy tuzlari bilan ko‘pik 
so‘ndirgichlar asosidagi kompleks qo‘shilma. Jigarrang, suvda eruvchan kukun yoki 
32%-li suv eritmasi xolatida ishlatiladi. Betonni qorishtirganda havo yutishi 0,8...1%-
gacha kamayadi. Qo‘shilma sement og‘irligini 0,4...0,8% ini tashkil etadi. 
Monolit-2. U kukun yoki suv eritmasi holatida ishlatiladigan qo‘shilma. 
Tavsiya etilgan miqdori: sement og‘irligini 0,6...0,8%i xarorat 5
0
S bo‘lganda 
qo‘shilma 1,5 %, -6
0
S...-15
0
S bo‘lgan esa 3,5% miqdorda qo‘shish mumkin. 
PFM-NLK. 
Plastifikatsiyalovchi, 
havo 
yutuvchi 
va 
namlanmaydigan 
komponentlar asosidagi kompleks qo‘shilma. Suvda eruvchan, jigarrangli kukun yoki 
32%- li suv eritmasi xolatida ishlatiladi. Miqdori sement og‘irligini 0,3-0,7% ini 
tashkil etadi. 
Geksalit. Plastifikatsiyalovchi komonentlar bilan qorishmani qotishini 
tezlatuvchilar asosidagi kompleks qo‘shilma. Bir kunda beton qorishmasini 
mustahkamligi 28 kunlikka nisbatan 80 % tashkil etishi mumkin. Miqdori sement 
og‘irligini 7,5% ini tashkil etadi. 
Biotex-Nm. Kukun superplastifikator, beton qotishini qotishni sekinlashtiruvchi 
va sovuqga muzlashga chidamliligini oshiradi, suv o‘tkazuvchanligini kamaytiradigan 
ko‘p funksiyali qo‘shilma. Tavsiya etilgan miqdori: sement og‘irligini 1,5...2,5% ini 
tashkil etadi. 
S-3M-15. Natriy tuzlari asosidagi kompleks qo‘shilma harorati – 15
0

bo‘lganda xam 1,15-2,5 % qo‘shilmali qorishmani tayyorlash mumkin.
Universal P-2. Jigarrangli kukun qo‘shilma va penostrom PB-200 esa 
ko‘pirtiruvchi, betonni issiq bug‘ bilan qotirish shart emas. Betonni muzlashga 
chidamliligi va suv o‘tkazmasligini 1,5-2 marta oshadi. Tavsiya etilgan miqdori: 
sement og‘irligini 0,5...0,6% ini tashkil etadi. 
Alkilsulfat pastasi bilan suyak yelimi. Ko‘pirtiruvchi va ko‘pikni so‘nmasligini 
ta’minlovchi ikki komponentli sintetik qo‘shilma. 1 litr suvga ikkita komponentdan 
tegishli ravishda (90+40 g) qo‘shib qo‘shilma tayyorlanadi. 
SVM “Vita”+KMS. Sintetik yuvish moddasi bilan ko‘pikni so‘nishini 
barqarorolashtiruvchi ikki komponentli ko‘pirtiruvchi qo‘shilma. Quruq holatdagi 
komponentlarning 1l suvga mo‘ljallangan miqdori (140+200)g. 


177 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling