Refleks yoyi. Refleks turkumlari


Download 38.97 Kb.
bet3/8
Sana18.02.2023
Hajmi38.97 Kb.
#1209342
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 MARUZA

Refleks turkumlari. Mukammal adaptaptsiyani ta`minlaydigan reflekslar har xil bo`ladi, ular eng avvalo filogeneziga va ontogeneziga qarab shartsiz va shartli reflekslarga bo`linadi. SHartsiz reflekslar - tashqi va organizimning ichki muhitida sodir bo`ladigan o`zgarishlar ta`siridan kelib chaqadigan tug`ma javoblar bo`lsa, shartli reflekslar - ilgari indeferent bo`lib keyinchalik tajriba yoki individual xayot davomida faqat shartli reflekslarnigina hosil qiladigan qo`zg`atuvchilarga beriladigan javobdir. SHartli reflekslar bir yoki ko`p marta indeferent qo`zg`atgichni - shartsiz refleksni hosil qiluvchi ta`sirotdan oldin qo`llanilishi oqibatida sha-killanadi. Reflekslar retseptorning joylashishga (lokali-zatsiyasiga) ko`ra ekstro- intero- va proprioretseptiv reflekslarga bo`linadi. Nerv tizimni asosan orqa, uzunchoq (bulbar) o`rta (mezentsefal) va oraliq (dientsefal) miyalar, miyacha va miya po`stloq reflekslarini, hamda efferent qismining somatik va vegetativ reflekslarini ajratish mumkin. Bo`layotgan o`zgarishlar effektiga nisbatan yutinish, kiprik qoqish, yo`talish, aksirish, qusish va boshqa ref-flekslarni effektorning faoliyatiga bo`layotgan ta`si-rning harakteriga qarab qo`zg`atuvchi va tormozlovchi ref-lekslar farqlanadi. Vegetativ refflekslarga yurak va qon tomirlari, me`da va ichaklar tizimi, nafas olish - chiqa-rish, ayiruv va chiqaruv va jinsiy va boshqa a`zolar fao-liyatini vegetativ nervlar ta`siridan o`zgarishini ko`rsa-tish mumkin. Bu reflekslar tabiy sharoitda ma`lum a`zo yoki to`qimalar metabolizimni hozirgi yoki kutilayotgan faollik uchun mos keladigan darajaga qadar o`zgartiradi va shu tarzda adaptatsiya - trofik rolni o`ynaydi.
Refleks - organizmning javobi, proprioretseptiv somatik reflekslar bo`lib, tananing harakatini ta`min-laydi. Ekstroreptseptiv va introretseptiv reflekslar tashqi va ichki retseptorlar orqali sodir bo`ladi. Ref-lekslar MNS ning turli bo`limlari faoliyatidan iborat. SHuning uchun ularni MNS ning turli bo`limlari nomi bilan ataladi. Masalan, tizza yoki tirsak reflekslar orqa miya, yutinish va emish - uzunchoq miya (bul`var) bo`limi reflekslaridan iborat bo`lsa, tana haroratini saqlash reflekslari orqa miya faoliyati xisoblanadi. Refleks-larni amalga oshishida MNS ning barcha bo`limlari ish-tirok etadi. Masalan, nafas olish harakatlari orqa miyaning bo`yin va ko`krak bo`limlari orqali ro`y beradi. Bu bo`limlar tegishli impulslarni diafragma va qobirg`aaro mushaklarga o`tkazadi.Uzunchoq miyaning o`zi, nafas olishni muhitda sodir bo`layotgan o`zgarishlar ta`siriga moslash-tiraolmaydi. Buning uchun, albatta, oraliq miya ishtirok etishi lozim. Ma`lumki, organizm kutilayotgan ta`sirga oldindan muayyan o`zgarishlarni hosil qilish bilan mos-lashadi. Masalan, anhor yoki ko`lda cho`milish uchun suv chetiga kelgan odam seskanib yoki entikib, chuqur – chuqur nafas oladi; karnaychi ham chalishdan oldin xuddi shunday hara-katlarni bajaradi. Bunday harakatlar katta yarimsharlar po`stlog`ining shartli reflekslaridan iborat. SHunday qilib, reflekslarni amalga oshuvida MNS ning barcha bo`limlari qatnashadi.
Barcha effektor a`zolar afferent nervlar yordamida faoliyatining effekti haqidagi ma`lumotni MNS ning tegishli bo`limlariga uzatadi. o`z navbatida bu bo`limlar esa organizmning barcha tizimlariga buyruq mazmunidagi impulslarni yuboradi va bu jarayonga barcha to`qima, a`zo va tizimlar faoliyati jalb etiladi yoki, aksincha to`xta-tiladi. Demak, reflektor javoblar MNS ning turli bo`-limlari orqali amalga oshiriladigan harakat yoki vegetativ a`zolar faoliyatlarini boshqarilishidagi murakkab jara-yonlardan iborat bo`ladi. Bu boshqarishni I.M.Sechenov (1897) asoslab bergan o`zini - o`zi boshqarish printsipi va uning musbat va manfiy teskari yo`nalishli afferent aloqalar tizimi muhim rol o`ynaydi.

Download 38.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling