Refleks yoyi. Refleks turkumlari
Monosinaptik va polisinaptik reflekslar
Download 38.97 Kb.
|
3 MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Refleks yoyi.
Monosinaptik va polisinaptik reflekslar. Ref-lektor yoyining markaziy bo`limi o`zaro ketma-ket bog`lan-gan birqancha neyronlardan tuzilgan bo`ladi. Bunday poli-sinaptik reflekslar mushak, teri va vistseral retseptorlar orqali hosil bo`ladi. Ancha sodda reflekslarning yoylarida afferent akson MNS ga borgach, bevosita efferent neyronga bog`lanadi. Bunday reflekslarning yoyida faqat bitta sinaptik bog`lanish bo`ladi. SHuning uchun ularni monosinaptik refleks deb ataladi, ularga pay yoki miostatik oyoqni yoyuvchi mushaklar reflekslari kiradi. Reflekslar juda ham xilma xil bo`ladi. Ular organizm himoyasi va uni tashqi va ichki muhitning o`zgarishlariga moslanishi (adaptatsiyasini) ta`minlaydi. Reflekslar to`g`risidagi ko`p ma`lumotlar mushak harakati bilan namoyon bo`ladigan reflekslarni o`rganish davrida to`planadi. Eng oddiy ref-lekslarga orqa miyaning tizza (miostatik) refleksini, qo`l va oyoqni bukuvchi va yoyuvchi mushaklarining reflekslarini ko`rsatish mumkin.
Refleks yoyi. Bu mushakni qisqarish va bo`shashini ta`minlaydigan refleks xalqa b- va g–motoneyron-larni, ekstrafuzal va intrafuzal mushak tolarini, 1 a va 2 afferent neyronlarini hamda nerv markazini o`z ichiga oladi. Ikkilamchi afferent aloqalar organizmning avtoMNSik boshqarish jarayonlari asosida yotgan teskari yo`nalishli afferent aloqa yordamida ko`pgina fizio-logik funktsiyalar boshqariladi. Bu to`g`risidagi birinchi ma`lumot frantsuz olimi Klod Bernar tomonidan berilgan. Masalan, qondagi glyukoza miqdorini o`zgarishi sababli uni odatdagi miqdori darajasiga keltiradigan jarayonlar ruyobga chiqadi. Gomoyoterm hayvonlar tanasining harorati arterial qon bosimining mu`tadilligi teskari yo`nalishli, ya`ni ikkilamchi afferent aloqa orqali ta`minlanadi. qon bosimi ko`tarilishidan impulslar depressor nerv orqali MNS ga uzatiladi, MNS impulslari yurak urishini se-kinlashtiradi va uning arteriolalarini kengaytiradi. Oqibatda bosim pasayib mu`tadillashadi (TSion - Lyudvig refleksi). harakatni boshqarishda faoliyatdagi mushak-lardan MNS ga keluvchi impulslar rolini I. M. Sechenev ko`rsatgan fiziologik jarayonlar musbat va manfiy ikki-lamchi afferent aloqalari yordamida boshqariladi. Musbat ikkilamchi afferent aloqa tizimining chiqish bo`limidan boshlanadigan aloqa bo`lib, chetga chiqish yoki og`ish sodir bo`lganini sezadi va u asosda ishlaydi. Manfiy alo-qa tiziminig kirish bo`limida paydo bo`ladigan impuls-larni sezish asosida ishlaydi. Organizmning himoya va kompensator faoliyatlarida bu ikki tizimlarning chiqish va kirish bo`limlari qatnashadilar. Masalan chang to`zonda ko`zga chang tushishi xavfi tug`ilsa, kiprik qoqish refleksi tufayli ko`z yumiladi va natijada ko`zga chang tushishidan saqlanadi. Ayni vaqtda ko`z yoshi ajralishi kuchayadi, nati-jada ko`zga tushgan chang yuvib tashlanadi. Antogonist mu-shaklardagi reflektor (qo`l - oyoqni buqilishi va yoyilishi) aktlarning koordinatsiyasi qo`zg`alishi va tormozlanishi jarayonlarning retsiprok munosabatlariga bog`liq. Bu ham-korlik asosida qo`zg`alish bilan tormozlashning induktsi-yasi yotadi. Induktsiya (lotincha inductio - kirish, chiqish) deb atalmish qarama - qarshi jarayonni paydo bo`lishi va o`zaro ta`sir etishi asosida ularning kuchayishi tushi-niladi. Bir vaqtli induktsiya. Bir nerv markazdagi qo`zg`a-lish, paydo bo`layotgan tormozlanish bilan, shuningdek, tor-mozlanish qo`zg`alish bilan almashinishi izchil induktsiyadir. Musbat va manfiy induktsiyalar bo`ladi. Nerv markazlarida qo`zg`alish jarayonlaridan keyin tormozlanishni almashi-nishi yoki hosil bo`lishi - manfiy izchil induktsiya va aksincha tormozlanishdan so`ng qo`zg`alishni paydo bo`lishi yoki almashinishi musbat izchil induktsiya deb ataladi. Masalan, baqaning o`ng oyog`ini pintset bilan qattiq qisib turib, chap oyog`iga ham pintset bilan ta`sir ettirilsa, chap oyog`i javob bermaydi. Agar, o`ng oyog`iga ta`sir etish to`xtatilsa, chap oyog`i javob beradi. CHunki ikkinchi navbatda ta`sirlangan chap oyoq refleksi o`ng oyoq refleksini tormozlaydi, chap oyoq refleksi esa, o`ng oyoq ta`siri tugagach kuchayadi. Markazning avvalgi nerv jarayoni yangi paydo bo`layotganini (qo`zg`alish tormozlanishni yoki tormozlanish qo`zg`alishni) kuchaytiradi. Download 38.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling