Refleks yoyi. Refleks turkumlari


Retsiprok va qaytar tormozlanish


Download 38.97 Kb.
bet5/8
Sana18.02.2023
Hajmi38.97 Kb.
#1209342
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 MARUZA

Retsiprok va qaytar tormozlanish. Evolyutsiya jara-yonida qo`zg`alish bilan bir vaqtda uni hosil bo`lishini chegaralovchi va to`xtatuvchi jarayon, ya`ni tormozlanish shakllangan. Tormozlanish nerv tizimining aktiv jarayoni bo`lib, buning natijasida qo`zg`alish zayflashadi yoki o`zoq muddatga butunlay to`xtaydi. Tormozlanish harakatlar uy-g`unlashishida (koordinatsiyasida) ichki a`zolar faoliya-tini boshqarilishida va OAF uchun muhim ahamiyatga ega. Kelib chiqishiga binoan retsiprok (antogonistik) va qaytar, presinaptik va postsinaptik tormozlanishlar farqlanadi.
I.M.Sechenov 1862 yili MNS da tormozlanish xodisa-sini kashf etdi. Markaziy neyron agar qo`zg`aluvchan xolatda bo`lsa, unda yangi qo`zg`alish hosil qilib bo`lmaydi yoki juda qiyinchilik bilan hosil bo`ladi. Demak, neyronga qo`zg`alish kelishi tufayli reflektor yo`lda tormozlanish paydo bo`ladi. Agar oraliq miyaning ko`rish bo`rtiklariga osh tuzining kristali qo`yilsa, baqaning orqa miya refleks vaqti o`zayadi, ya`ni refleks tormozlanganligidan dalolat beradi. Bu asosida I.M.Sechenov oraliq miyaning talamus qismida orqa miya reflekslariga tormozlovchi ta`sir etuvchi nerv markazlar mavjud degan xulosaga keldi. Faqat so`ngi yillarda, MNS ning bu bo`limlarida retikulyar formatsiya yadrolari joylashganligi va ularning orqa miya reflektor faoliyatiga tormozlovchi, miya po`stlo-g`iga esa aktivlashtiruvchi ta`sir etishi aniqlandi.
Qo`zg`alish va tormozlanishning o`zaro ta`siri nerv tizimining umumiy xususiyatlaridan biridir. Nerv markazi neyronlarida qo`zg`alish va tormozlanishning o`zaro ta`siri natijasida odatdagi, tabiiy reflektor harakatlar baja-riladi. Agar, orqa miyali baqani orqa oyoqlaridan birini ta`sirlansa, u bukiladi va qarama - qarshi oyoqning bu-kuluvchi mushak va ta`sirlangan oyoqning yoyiluvchi mushak nerv markazlari tormozlanadi. Bunday tormozlanish re-tsiprok yoki antogonistik tormozlanish deb ataladi. Bu tormozlanishning mexanizmi Dj.Ekklos va uning xodimlari tomonidan aniqlanishicha quyidagidan iborat: orqa miya gangliyasining psevdounipolyar xujayrasi aksonlari orqa miyada tormoqlanadi. Ulardan biri bukuluvchi mushaklarni nervlantiruvchi motoneyronlarda, ikkinchisi esa yoyiluvchi mushakni nervlantiruvchi motoneyronda tormozlovchi sinaps hosil qilgan neyronlarni ko`zg`atadi. Demak, afferent nervni ta`sirlanishi bir vaqtning o`zida mushakni bukuvchi nerv markazini ko`zg`atadi, mushakni yoyivchi nerv marka-zini esa tormozlaydi.
Orqa miyadan chiqayotgan motoneyron aksonining yon kollaterali (yon tarmog`i) Renshou xujayrasiga tutashadi. U esa tormozlovchi sinapslar yordamida motoneyronga bog`la-nadi. Motoneyronning aktivlashuvi Renshou xujayralarida ham qo`zg`alish paydo qiladi. Bu qo`zg`alish Renshou aksoni orqali yana motoneyronlarga qaytadi. Ular ta`siridan postsinaptik membranada hosil bo`lgan giperpolyarizatsiya, ya`ni tormozlanish qaytar tormozlanish deb ataladi.
Lateral tormozlanish qaytar tormozlanishning bir ko`rinishi xisoblanadi. Renshou neyronlari ishlayotgan motoneyrongagina emas, balki qo`shni motoneyron xujayra-sining postsinaptik membranasiga va motoneyronning tanasiga bog`lanayotgan boshqa aksonning presinaptik membranasiga ham tutashadi. Natijada qo`shni xujayralarda tormozlanish paydo bo`ladi. Bunday postsinaptik va pre-sinaptik tormozlanishlar ishlayotgan neyronning yonidagi neyron elementlarida paydo bo`lganligi uchun ularni late-ral tormozlanish deb ataladi.

Download 38.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling