Refleks yoyi. Refleks turkumlari


Markaziy tormozlovchi sinapslar va mediatorlar. Presinaptik va postsinaptik tormozlanishlar


Download 38.97 Kb.
bet6/8
Sana18.02.2023
Hajmi38.97 Kb.
#1209342
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 MARUZA

Markaziy tormozlovchi sinapslar va mediatorlar. Presinaptik va postsinaptik tormozlanishlar. Somatik va vegetativ nerv tizimining efferent neyronlari impulslarni qayta ishlash va intergatsiyalashdan tashqari ularni effektor a`zolariga uzatadi. Impulslarni uzatish sinaptik apparatlarning mediatori bilan postsinaptik membranadagi maxsus retseptor ishtirokida amalga oshadi. Sinaptik jarayonlar sababli postsinaptik membrananing o`tkazuvchanligi o`zgaradi. Unda depolyarizatsiya, yoki giper-polyarizatsiya potentsiali paydo bo`ladi. Depolyarizatsiya po-tentsialini hosil qiluvchi neyronlarni ko`zg`atuvchi, giper-poyalirazatsiya potentsialini hosil qiluvchisini esa tor-mozlovchi neyron yoki sinapslar deb ataladi. Bitta ney-ronda ikki xil sinaps bo`lishi ham mumkin.
Tormozlovchi neyron mediatori ta`sirida postsi-naptik membranani giperpolyarizatsiyalanishini postsi-naptik tormozlanish deb ataladi. Akso - aksonal sinaps-ning presinaptik membranasidan mediatorni kam ajra-lishi tufayli paydo bo`lgan tormozlanish presinaptik tormozlanish deb ataladi. Presinaptik tormozlanish asosan MNS da, postsinaptik tormozlanish esa orqa miya va bosh miyaning turli bo`limlarida uchraydi. MNS da postsinaptik tormozlanish juda mihim rol o`ynaydi.
Afferent neyron ta`sirlansa mushakni nervlanti-ruvchi motoneyronda qo`zg`alish paydo bo`lishi bilan birga antagonistik mushak motoneyronida tormozlanish paydo bo`ladi. Ta`sirot sababli antagonist motoneyronda sodir bo`lgan giperpolyarizatsiya potentsiali tormozlovchi post-sinaptik potentsial deb ataladi. Tormozlanishning bu turi xujayra somasi va dendritlari membranasining qo`zg`a-luvchanligini pasayishidan hosil bo`ladi. Tormozlovchi postsinaptik potentsial o`zining vaqt tavsifi bilan ko`zg`aluvchi postsinaptik potentsialining aksi emas, chunki uni latent davri katta. Tormozlovchi mediatorlar ta`si-ridan postsinaptik membrananing kaliy va kal`tsiy kati-onlarini o`tkazuvchanligi kuchayadi. Membrananing manfiy zaryadlangan teshiklari faqat kationlarni o`tkazib yubordi, anionlarni o`tishiga esa yo`l qo`ymaydi. Tormozlovchi post-sinaptik potentsialning faol fazasida xujayra tormoz-langan xolatda bo`ladi. Tormozlovchi sinapslardan media-torning ajralishi ko`zg`aluvchi sinapsdagiga o`xshaydi. Tuzi-lishi jihatidan farqlanmaydigan oddiy sinaptik pufak-chalarda tormozlovchi mediatorlar bo`ladi. Ular qatoriga gammaaminovoy kislota, glitsin, dofamin, gistamin, sero-tonin, glutamin kislota va boshqalarni kiritish mumkin.
Agar birorta efferent nerv ta`sirlanganidan keyin (bu vaqtda motoneyronda tormozlovchi postsinaptik poten-tsial hosil bo`lmasa ham) mushak dugcha afferentini ta`sirlansa motoneyronda hosil bo`layotgan ko`zg`atuvchi postsinaptik potentsialning amplitudasi kamayib ketishi kuzatiladi. Bu mediator ajralishining kamayishi sabab-li bo`layotgan tormozlanishni presinaptik tormozlanish deb ataladi.
Afferent nerv ta`sirlangandan keyin motoneyron ta`sir-lansa, presinaptik ta`sirlanish sababli, mono-sinaptik refleks 15-20ms o`tgach tormozlanadi va 100 - 150ms o`tgach, qayta tiklanadi. Akso-akson sinapsni faollash uning postsinaptik membranasini depolyarizatsiyaga olib keladi. Uni birlamchi afferentning depolyarizatsiyasi deb ataladi.
Postsinaptik membrananing depolyarizatsiyalanishi presinap-tik membranadan mediator ajralishini kamayishiga olib keladi.
Presinaptik tormozlanish vaqtida ajralayotgan mediatorni kamayishi presinaptik harakat potentsiali amplitudasining kamayishiga bog`liq. Sust elektronik tarqalayotgan harakat potentsiali nerv uchlaridan mediatorlar ajralishini ko`paytirib yuboradi, yoki aksincha, batomom to`xtatib qo`yadi. Buning oqibatida nerv tolalari uchida to`liq blokada sodir bo`ladi.
MNS ning asosiy vazifasi organizm faoliyati in-tegratsiyalashdan iborat ekanligini CH. SHerrington (1906) ko`rsatgan. Integratsiya reflektor yo`l bilan amalga oshadi. MNS va uning neyronlari tomonidan qo`zg`alish impuls-larni qabul qilish, xotira asosida ularni qayta ishlash, jumladan reflektor faoliyatini rejaga solish, boshqarish va nazoratga yo`naltirilgan buyruq impulslarni hosil qilish kabi vazifalarni MNS tamonidan umumlashtirilgan integratsiya deb ataladi. Nerv tizimini integratsiyalash (lotinchasiga integratio - umumlashtirish, tiklash) qobi-liyati murakkab tizim tomonidan amalga oshiriladi. Bu tizim MNS ning ma`lum qismi emas, uning bo`limlarini o`zaro uyg`unlikda ishlashidan iborat. Bu esa organizmning tashqi va ichki muhitda ro`y beradigan barcha o`zgarishlar ta`siriga organizmning reflekslar orqali moslashishini ta`minlaydi.
MNS ning integratsiya xususiyati neyronlarning konvergentsiya va divergentsiya qobiliyatiga, postsinaptik membranalarni geterokimyoviy sezgirligi va neyronlarni ta`sir izlarini saqlab qolish xususiyatiga bog`liq. Reyleks yoyi deganda refleksni amalga oshiradigan va reflektor javob harakteri va kuchi haqidagi ma`lumotni MNS ga uzatuvchi barcha tuzilmalarning uyushmasi tushiniladi. Reyleks yoyi refleks yoyidan tashqari effektor a`zo-dan, MNS ga javob natijasi haqidagi ma`lumotni uzatuvchi teskari yo`nalishli afferentatsiyani ham o`z ichiga oladi. Ekstrafuzal (kapsula sirtidagi) va intrafuzal mushak tolalari b- va g-motoneyronlar bilan nervlantiril-gan. g-motoneyronlar orqali ekstrafuzal mushaklar qis-qarishi ta`minlanadi. g-motoneyron orqali qisqargan dugchalarning ikkala uchiga kelib tushadi. Bu nerv orqali dugchalar, b-neyronlar orqali esa ekstrafuzal mushaklar qisqarishi ta`minlanadi. g-motoneyron orqali qis-qargan dugchalarning retseptorlarida hosil bo`lgan im-pul`slar 1 a va 2 afferent nervlar vositasida markazga uzatiladi. Natijada yoyiluvchi mushak refleksi kelib chiqadi.

Download 38.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling