Refleks yoyi. Refleks turkumlari


Download 38.97 Kb.
bet7/8
Sana18.02.2023
Hajmi38.97 Kb.
#1209342
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 MARUZA

Retsiproklik - induktsiyaning bir ko`rinishidir. Tizza yoki tirsak bo`g`inlarini bukish harakati uchun ayni vaqtda bukuluvchi mushaklarning qisqarishidan tashqari yoyiluvchi mushaklarning bo`shashishi zarur. Buning uchun bukiluvchi mushak motoneyronida qo`zg`alish, yoyiluvchi mushak motoneyronida esa tormozlanish jarayonlari paydo bo`lishi lozim. Yoyiluvchi mushak markazida hosil bo`lgan qo`zg`alish, aksincha bukish markazida tormozlaydi. Orqa miya harakat markazlari o`rtasidagi koordinatsiyaga qaratilgan bunday munosobatlar antagonist mushaklarning retsiprokligi deb ataladi.Markazlarning hamkorligi antagonist mushaklaning faoliyatidagi uyg`unlikni ta`minlaydi.
Hamkorlik zarur vaziyatlarda uyg`unlik o`zgarishi ham mumkin. Masalan, bug`inlarni mahkam tutish va aniq harakatlarni bajarish uchun birdaniga ikkila markazda qo`zg`alish hosil bo`lishi lozim. Bu esa organizmda shakllagan koordinatsiyaning maqsadga muvofiqligi va uning o`zgaruvchanligi, moslanuvchanligi tufayli amalga oshiriladi.
Barcha reflektor aktlarning yuzaga chikishi asosida MNS da qo`zg`alish jarayoni bilan birga tormozlanishning hosil bo`lishi va ularning o`zaro ta`siri yotadi. Presi-naptik, postsinaptik, retsiprok va qaytar tormozlanishlar ishtirokisiz reflekslarni koordinatsiyasini tasavvur qilib bo`lmaydi.
Monosinaptik va polisinaptik reflekslar koordi-natsiyasi uchun retsiprok tormozlanish zarur. Retsiprok tormozlanish faqat bir bo`g`in antagonist mushaklarda emas, balki butun tana mushaklari faoliyatida ham ishtirok qiladi.
Qaytar tormozlanish manfiy ikkilamchi afferent aloqa printsipi asosida ishlaydi. Ya`ni motoneyron qancha ko`p ko`zg`algan bo`lsa, unga Renshou xujayrasi orqali bo`ladigan tormozlovchi ta`sir shunchalik kuchli bo`ladi. Renshou xujayrasi orqali hosil bo`layotgan tormozlanish tomir tortishi yoki changak bo`lishni oldini oladi. Pre-sinaptik tormozlanish biologik ahamiyatiga kamroq bo`lgan impulslarni to`xtatib, organizm uchun muhimroqlarini o`tkazishga imkon beradi.
Nerv tizimini uyg`unlashtiruvchi va umumlashtiruvchi vazifalari. Dominantlik printsipi. Nerv tizimining faoliya-tida muhim ahamiyatga ega bo`lgan dominantlik (lot. dominantis - xukmron) printsipi haqidagi ta`limot A.A.Uxtomskiy tomonidan 1923 yili kashf etilgan. Dominantlik vaqtincha xukmronlik qiluvchi reflektor faoliyatidir.U nerv tizimining umumiy ish printsipidan iborat bo`lib, nerv markazlari faoliyatidagi integratsiyani, orga-nizmning xulqidagi maqsadga muvofiq o`zgarishlarini ta`minlaydi. Dominant qo`zg`alish yuqori qo`zg`aluvchanlikka ega bo`lgan neyronlar populyatsiyasidan iborat bo`ladi. Bu neyronlar nerv impulslarini yuqori effekt bilan fazoviy summatsiya qilish qobiliyatiga ega. SHu sababli hosil bo`lgan dominant qo`zg`alish odatdagi reflekslarni tormozlaydi. Uning muhim belgilariga qo`zg`aluvchanlikni yuqoriligi, turg`unligi, summatsiya qobiliyati va qo`zg`alish-ning inertsiyasini (ta`sir to`xtaganidan keyin ham qo`zg`a-lishning saqlanishi) ko`rsatish mumkin. Bularni bir ref-leks boshqasini tormozlashi, bir markaz ikkinchisi usti-dan dominantlik qilishligi, ochlik yoki chanqash markazla-ridagi kuchli qo`zg`olish qo`shni markazlar faoliyatini tor-mozlashi misolida kuzatish mumkin.
Dominant markaz boshqa retseptor maydondan va mar-kazlardan kelayotgan impulslarni o`ziga tortib olish va undan o`z tonisini kuchaytirish va o`zoqroq saqlash uchun foydalanish xususiyatiga ega.
MNS ning biror bo`limida qo`zg`aluvchanlik oshgan bo`lsa, qo`shni retseptor maydonlarga berilgan ta`sirlar dominant markaz faoliyatiga xos bo`lgan javoblarni hosil qiladi. Masalan, baqalar urchiydigan bahor oylarida, ularning organizmida jinsiy gormonlar ko`payganligi sababli, orqa miyadagi harakat markazining qo`zg`aluvchanligi oshib ketadi. Bu davrda baqaning qorin terisini ta`sirlash kuchoqlash refleksini keltirib chiqaradi. Och it ovqat yeyayotganida uning zanjiridan tortilsa, ovqatlanish harakatlari kucha-yib ketadi.
Dominant qo`zg`alish nerv markazlari faoliyatidagi muvofiqlikni, reflektor javoblaridagi uyg`unlikni ta`-minlash bilan birga mayl, istak, reja, intilish, orga-nizmning aqliy mehnatga kirishib, moslashib va ish qobi-liyatini ortishini ta`minlovchi faoliyati uchun ham katta ahamiyatga ega. Biror faoliyatga (masalan, jismoniy ishga) kirishib ketish uchun nerv markazida dominant qo`zg`a-luvchanlikka ega bo`lgan manbaa hosil qilish lozim. Nati-jada odam ko`tarinki ruh bilan ishlaydi. Mehnat yoki sport musobaqalari oldidan harakat markazlarining qo`zg`aluv-chanligini ko`tarish uchun teskari yo`nalishli afferent aloqa (mushak dugchalari) rol o`ynaydi. Ma`lum harakatlar (masalan ertalabki gigiena gimnastikasi) yordamida paydo bo`lgan impulslar teskari yo`nalishli afferent aloqa orqali MNS dagi harakat markazining qo`zg`aluvchanli oshirishi mumkin. Natijada barcha tizimlar (qon aylanish, nafas olish, moddalar almashinuvi va boshqalar) ishi kuchayadi va yuqori effekt bilan ishlash imkoniyatini tug`diradi.
Nerv tizimidagi ko`zg`olish birdaniga yo`qolmaydi, asta-sekin so`nish xususiyatiga ega. Bu xol dominantlikka xos inertlikka bog`liq. Dominant nerv markazlari orga-nizmning turli faoliyatlarini uyushtiradi, istiqbolidagi muammoni yechish va maqsadga erishish imkoniyatini yaratadi. Maqsadga erishilgach yoki vazifa xal qilingach, bu uyushma faoliyati susayadi, o`zgaradi va zarurroq bo`lgan yangi domi-nantlik, binobarin boshqa koordinatsiya munosabatlari paydo bo`ladi.



Download 38.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling