Reja. Ⅰ. Kirish. Ⅱ. Adabiyotlar sharxi. Ⅲ. Asosiy qism. Halqali chuvalchanglar tavsifi


Download 120.11 Kb.
bet12/13
Sana18.06.2023
Hajmi120.11 Kb.
#1561516
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kurs ishi halqali chuvalchanglar

Gipertonik kasalliklarda: qon bosimi ko`tarilishi, turli tromboflebitlar. Urologiyada: prostatit, prostata adenomasi, peshob yo`li toshlari.
Nevrologiyada: osteoxondroz, miozit, radikulit, bosh og`rig`i, bosh aylanishi, nevrit, nevroz, uyqusizlik.
Endokrinologiyada: qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari, semizlik. Teri kasalliklarida: psoriaz, neyrodermit, ekzema, husnbuzar. Kardiologiyada: ateroskleroz, stenokardiya, kardioskleroz. Pulmonologiyada: surunkali bronxit, bronxial astma. Gastroenterologiyada: gepatoz, xolesistit, pankreatit, gastrit. Jarrohlikda: tromboflebit, qon tomirlari varikozi. Proktologiyada: bavosil (gemorroy). Og`iz, burun, tomoq kasalliklarida: otit, yaxshi eshitmaslik... Ginekologiyada: hayz tizimi buzilishi, bachadon miomasi, mastopatiya, tuxumdonlar yallig`lanishi va kistasi, klimaks davrida zuluk qo`yish tavsiya qilinadi. Shuningdek, zuluk qo`yish teri holatiga ham yaxshi ta`sir ko`rsatadi, undagi izlarni yo'qoyadi.

Xulosa.
Тuproq ko' plab organizmlar shu jumladan hayvonlar uchun ham yashash muhiti hisoblanadi. Тuproq organizmlari tuproq hosil bo'lish jarayonlariga katta ta'sir ko'rsatadi. Тuproq genezisi deb ataladigan bu jarayonda yomg'ir chuvalchanglari ayniqsa faol ishtirok etadi.
Biogumus bu kompostlash jarayonining mantiqiy nixoyasi. Bu jarayon ishlab chiqarish siklini chiqindisiz, toza va uzluksizligini va bio utilizatsiyaning ekologik xavfsizligini ta'minlaydi. Bunda reagentlardan foydalanilmaydi. Suv xavzalarining ikkilamchi ifloslanishini oldini oladi (yer osti suvlarini ham). Кеlgusida turli biotsenoz va agrotsenozlarda yomg'ir chuvalchanlarining tur tarkibini, gorizontal va vertikal tarqalish qonuniyatlarini o'rganish, bu orqali tuproq unumdorligini oshirishda yomg'ir chuvalchanglaridan foydalanishning samarador usullarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Hozirgi kunda O'zbekistonda yomg'ir chuvalchanglarining ekologik o'rni va qishloq xo'jaligi sohasidagi ahamiyatini hamda vermikompostlashning texnologik jarayonlarini Toshkent Davlat Agrar universiteti, O'zbekiston Milliy universiteti va Samarqand Davlat universiteti olimlari tomonidan o'rganilmoqda.
Shunday qilib tibbiy zuluklar odam organizmini 30 xil ta'sir orqali davolash xususiyatiga egadir. Tabiiy sharoitda zuluklar o'z o'ljasini hididan topadilar. Hidlarga sezuvchanligi yuqori bo'lganligi sababli ular alkagol , tamaki va atir hidi keladigan teriga yopishmaydi. Hozirgi kunda zuluklar yashovchi suv havzalarining tozaligi qoniqarsiz bo'lganligi sababli , ular sun'iy, ya'ni fabrika sharoitida yetishtiriladi. shu sababli bu jonzotlar steril holatda bo'ladi. Undan tashqari zuluklarning bir marotaba ishlatilishi boshqa bemorlardan turli xil kasalliklar yuqtirish xavfining oldini oladi. Shuni takidlash joizki , zuluklar turli kasalliklarning oldini olish bilan birgalikda organizimga umumiy ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ya'ni , ishtaxani ochib, uyquni yaxshilaydi. Mulojadan so'ng bemorda immunitet va kayfiyati ko'tarilib, moddalar almashinuvi jarayonlari tezlashadi. Vujuddagi turli yallig'lanish o'choqlarining so'rilishi kuchayadi.



Download 120.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling