Reja. Ⅰ. Kirish. Ⅱ. Adabiyotlar sharxi. Ⅲ. Asosiy qism. Halqali chuvalchanglar tavsifi
Download 120.11 Kb.
|
kurs ishi halqali chuvalchanglar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Destabilaza
Biologik ta'sir- Zulukning qonga yuboradigan so'lagi tarkibida 100 ga yaqin biologik faol moddalar organizmning normal faoliyatiga ijobiy ta'sir etadi. Bu tabiy moddalarga girudin, gialuronidaza, destabilaza, eglinlar, antibiotiklar va og'riqsizlantiruvchi moddalar kiradi.
Girudin qon quyilishini oldini oluvchi, og'riq qoldiruvchi, yallig'lanishga qarshi, tromb(qon quyulishi natijasida laxta-trombhosil bo'lishi) paydo bo'lishiga qarshi xususiyatlarga ega. Destabilaza esa tromblarni so'rilishiga sabab bo'luvchi modda. Gialuronidaza chandiqli kasalliklarni so'rilishida faol ishtirok etadi. Eglinlar to'qimalarni jaroxatlanishi va yallig'lanishini kamaytirish xususiyatiga ega. Shunday qilib tibbiy zuluklar odam organizmini 30 xil ta'sir orqali davolash xususiyatiga egadir. Tabiiy sharoitda zuluklar o'z o'ljasini hididan topadilar. Hidlarga sezuvchanligi yuqori bo'lganligi sababli ular alkagol , tamaki va atir hidi keladigan teriga yopishmaydi. Hozirgi kunda zuluklar yashovchi suv havzalarining tozaligi qoniqarsiz bo'lganligi sababli , ular sun'iy, ya'ni fabrika sharoitida yetishtiriladi. shu sababli bu jonzotlar steril holatda bo'ladi. Undan tashqari zuluklarning bir marotaba ishlatilishi boshqa bemorlardan turli xil kasalliklar yuqtirish xavfining oldini oladi. Shuni takidlash joizki , zuluklar turli kasalliklarning oldini olish bilan birgalikda organizimga umumiy ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ya'ni , ishtaxani ochib, uyquni yaxshilaydi. Mulojadan so'ng bemorda immunitet va kayfiyati ko'tarilib, moddalar almashinuvi jarayonlari tezlashadi. Vujuddagi turli yallig'lanish o'choqlarining so'rilishi kuchayadi. Zuluk qo'yishning foydasi. Girudoterapiya mulojasi turli xil kasalliklarda tibbiyot zuluklarining ishlatilishi bilan izohlanadi. Zuluk mulojaga qaratilgan kasallikga ko'ra tananing kerakli sohasiga qo'yiladi. Dastlab bilinar -bilinmas achishish seziladi. Bu paytda zulukdan girudin moddasi ajralib chiqib, qonga tushadi. Ushbu modda qonni suyultiradi, tozalaydi. Muoloja jarayonida tananing kasallangan qismida qon aylanishi yaxshilanadi. Xalqona tilda aytganda, zuluk tanadagi "xarom" qonni so'rib oladi, ya'ni bu qon tanadagi mikrosirkulyar oqim bo'lib, a'zolardan to'plangan zaharli moddalar, viruslar hisoblanadi. Zuluklar ko'pgina kasalliklarga qarshi qo'llaniladi. Download 120.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling