Reja : Ulush va kasr tushunchasi bilan tanishtirish metodikasi. O‘nli kasrlarning yozilishi va o‘qilishi. Tayanch tushunchalar


Download 200.4 Kb.
bet8/15
Sana04.04.2023
Hajmi200.4 Kb.
#1323586
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
13 tali mavzu

Reja:
1. Boshlang`ich sinflarda kombinatorik masalalarni noanalitik usullarda bajarishni o`rgatish.
2. Variantlarni qarab chiqishga oid kombinatorika masalalar. Qo'shish va ko'paytirish
qoidalari.
3. Takrorlanadigan va takrorlanmaydigan o'rinlashtirishlar va o'rin almashtirishlar. Kombinatorikaning asosiy savoli?«qancha?», asosiy masalasi esa berilgan chekli sondagi ob'ektlarning u yoki bu shartga bo'ysunuvchi har xil kombinatsiyalarini sanashdir. Eng sodda holatlarda biz kerakli kombinatsiyalar barchasini yozib chiqib ularni bevosita sonini aniqlashimiz mumkin. Ammo bu ishni tartib bilan amalga oshirmasak, qandaydir kombinatsiyani unutishimiz mumkin yoki, aksincha, qandaydir kombinatsiyani ikki marta sanab olishimiz mumkin. Shuning uchun variantlarni birma?bir qarab chiqishda quyidagi ikkita qoidaga amal qilish maqsadga muvofiq. 1. Kombinatsiyalarni harflar yoki raqamlar ketma?ketligi bilan belgilaymiz, bunda bunday belgilash bir qiymatli bo'lsin. 2. Kombinatsiyalarni alfavit tartibida (agar belgilashda harflar ishlatilsa) yoki sonlarni o'sish tartibida yozib chiqamiz. Bunday holatda birorta ham variant qolib ketmaydi va, aksincha, ayrim variantlar takrorlanishiga yo'l qo'yilmaydi. Ushbu mavzu bo'yicha bajariladigan amaliy mashg'ulotda tinglovchilar turli interfaol usullar qo'llagan holda quyidagi topshiriqlarni bajaradilar:
1-topshiriq. Variantlarni qarab chiqishga oid kombinatorika masalalarni yechimlarini muxokama qiling.
1-masala. Raqamlari yig'indisi 4 dan kichik bo'lgan to'rt xonali sonlar nechta?
Yechilishi. Sonlarni qarash talab qilinganligi bois variantlar raqamlar yordamida bevosita belgilangan. Raqamlari yig'indisi 1,2 va 3 bo'lgan to'rt xonali sonlarni o'sish tartibida yozamiz: 1000; 1001; 1002; 1010; 1011; 1020; 1100; 1101; 1110; 1200; 2000; 2001; 2010; 2100; 3000.
Jami 15 ta son hosil bo'ldi.
2-masala. Beshta 11–sinfdan ikki nafar navbatchini tanlashimiz kerak, bunda har qanday juftlikda turli sinf o'quvchilari bo'lishi kerak. Buni nechta usulda amalga oshirsa bo'ladi?
Yechilishi. Sinflarni 1,2,3,4,5 raqamlar bilan belgilaymiz va variantlarni yozib chiqamiz: (1,2), (1,3), (1,4), (1,5), (2,3), (2,4), (2,5), (3,4), (3,5), (4,5).

Download 200.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling