Reja: Aerodrom gruntlarining turli darajada o'ta namlanishi va suvni chetlatish bo'yicha muhandislik saqlash tadbirlari


Aerodromning drenaj tarmog'ini loyihalashning asosiy vazifalari


Download 61.62 Kb.
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi61.62 Kb.
#1840102
1   2   3   4
Bog'liq
Aerodrom ekspulutatsiya mustaqil ish

Aerodromning drenaj tarmog'ini loyihalashning asosiy vazifalari:
aerodrom hududini qo'shni suv havzalaridan oqib chiqadigan jala va erigan qor suvlarining toshqinidan, shuningdek sathi ko'tarilganda yaqin atrofdagi suv ob'ektlaridan suv kelishidan himoya qilish;
aerodromga tutash hududdan aerodromga oqib kelayotgan yer osti suvlarini tutib olish;
aerodrom elementlarining sun'iy sirtlari yuzasidan jala va erigan qor suvlarni qabul qilish va olib tashlash;
aerodromning yer osti elementlari yuzasidan, yopiq chuqurliklardan va aerodromning boshqa joylaridan jala va erigan qor suvlarini, shuningdek qoplamalardan oqib chiqadigan suvlarni to'plash va drenajlash;
suvni to'plash va drenajlash va sun'iy qoplamali tuproq poydevoridan suvni olib tashlash.
Drenaj bo'yicha muhandislik chora-tadbirlari uchish va qo'nish operatsiyalarini bajarish xavfsizligi va qulayligini va loyihalashtirilgan inshootlarning iqtisodiy samaradorligini ta'minlashi kerak. Aerodromni drenajlash va drenajlashni ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar aerodrom joylashgan hududning iqlim zonasiga, geologik va gidrogeologik sharoitga, yer relyefiga, aerodrom qoplamasi tuzilmalariga va aerodromning vertikal rejasiga qarab farq qilishi mumkin.


Aerodrom gruntlarining turli darajada o‘ta namlanishi va suvni chetlatish bo‘yicha muhandislik choralari
Aerodrom hududidagi gruntlarni quritish bo‘yicha zaruriy muhandislik tadbirlarini bir tizimga keltirish uchun grunt ortiqcha namlanishi sabablarini va suv manbalarini hisobga olish kerak.
Gruntni o‘ta namlangan sharoitlardan kelib chiqib uchish maydonining o‘ta namlangan yuzalarini 4 asosiy turga ajratiladi:
1) oqib kelgan suvlar bilan namlangan; uchish maydoni tashqarisidan oqib kelgan suv bilan yoki toshgan suv bilan o‘ta namlanish;
2) atmosfera suvlari bilan namlangan; atmosfera yog‘inlari va erishdan hosil bo‘lagan suv ta’sirida botqoqlanadi. Bunday o‘ta namlanish nishabligi kam, murakkab mikrorelefli, qoplovchi jinslar (tuproq, og‘ir va o‘rtacha qumoq tuproq, og‘ir va o‘rta changsimon qumloq tuproq) suvni yaxshi o‘tkazmaydigan yerlarga xos;
3) gruntdan namlangan; gruntdagi namlikning kapillyarlar bo‘ylab ko‘tarilishi, atmosfera yog‘inlaridan hosil bo‘lgan yuzadagi suvlar ta’sirida o‘ta namlanish. Bunday o‘ta namlanish suv o‘tkazuvchan qatlamli (qum, tuproq syoki og‘ir qumoq) tashlangan uchastkalarga xos;
4) grunt ostidan bosim bilan chiqqan suvdan namlangan; grunt osti suvlari bosim bilan bir joydan yoki kapillyarlar bo‘ylab uchish maydoni yuziga chiqib qolishi mumkin. Bunday o‘ta namlanish daryo vodiysining terrasa oldi qismlarida yoki ustiga tuproq, qumoq tuproq tashlangan g‘ovak jinslarda uchraydi.YUqorida ko‘rilgan o‘ta namlanish turlari alohida-alohida yoki bir nechtasi birvarakayiga bo‘lishi mumkin. Namlanish turiga muvofiq holda aerodrom uchun suv chetlatishning tegishli chegaralari ishlab chiqiladi. Yer yuzasidagi suvlarni qochirishga qaratilgan muhandislik choralari –“suv chetlatish” deyilsa, gruntdagi va asosning g‘ovak qismlaridan suv chetlatishni – drenaj deyiladi.

Suv chetlatish va drenaj aerodrom hududini SUQT, RY, TJ larning sun’iy qoplamalarini har tomondan oqib kelishi mumkin bo‘lgan suvlardan himoya qiladi; uchish maydonining yopiq pastlik joylaridagi yer usti suvlari, qoplamalar va gruntli hovuzlar suvini yig‘adi; yig‘ilgan suvlarni aerodrom tashqarisiga chiqarib tashlaydi: yer usti suvlari sathini pasaytiradi; sun’iy qoplamalarning drenajli asoslaridan ortiqcha suvni ketkazadi.
Aerodromning suv chetlatish va drenaj loyihasi quyidagi dastlabki ma’lumotlar asosida ishlab chiqiladi: aerodrom haqida umumiy ma’lumotlar, qidirish ma’lumotlari, aerodrom uchastkasi va yon-atrof hududlarni o‘rganish ma’lumotlari.
Aerodrom haqidagi umumiy ma’lumotlarga quyidagilar kiradi: aerodrom egallaydigan uchastka haqida ma’lumot; 1:2000 masshtabda aerodrom rejasi, unda uchish maydoni holati, loyihalanadigan qoplamalar va inshootlarning joylashuvi, shurflar, burg‘ulash quduqlari joylari, yuzaning 0,25 m.li gorizontal kesimlari, 0,5 m.li gorizontal kesimlari; yon-atrofda suv yig‘iladigan joylarni ko‘rsatadigan kartografik material, masshtabi 1:5000, rel’ef kesimi kamida xar 1 m.da; uzoq muddat yog‘ingarchiliklari xaqida ma’lumot, yog‘inlarning jadalligi va davomiyligini ko‘rsatgan holda; havo haroratining o‘zgarishlari va gruntning muzlash chuqurliklari haqida ma’lumot.
Qidirish ma’lumotlarida tuproq grunt va yerosti suvlarining kimyoviy tahlili, uchish maydonining hamma uchastkasi bo‘ylab gidrogeologik qidiruv natijalari keltiriladi.
Uchish maydonini bosadigan suvlarni tutib olish uchun avtomobil va temiryo'l ko'tarmalaridan. Yo’l cheti inshootlari - baland zovurlar, tutib oluvchi zovurlar, drenalar, qirg'oq drenalari hisoblanadi. Baland zovurlarning kesim yuzasi trapetsiya shaklda bo'ladi (6-rasm); o'lchamlari eng ko'p yomg'ir suvi va erishdan hosil bo’lgan suv hajmi asosida gidravlik hisoblar bilan topiladi. Zovur tibining eni b=0,4-1,5 m bo·ladi. Zovurdan qazib olingan tuproq aerodrom tomonga tashlanadi. Zovur chuqurligi - H suvning hisobiy chuqurligi - h dan kelib chiqadi: unga 0,25 m zahira qo'shiladi. Chuqurlik bir necha metrga yetishi mumkin.
6-rasm. Baland zovurning ko'ndalang kesimi:
1 - kavaler; 2 - berma; 3 - zovur cheti: SHS - suvning hisobiy sathi. Aerodrom yaqinidagi suv havzasida suv sathi ko'tarilib ketadigan bo'lsa, uchish maydonini himoya qilish uchun to'g’on quriladi (8-rasm). Suv 10-15 yilda 1 marta toshadi deb qabul qilinadi. To'g'onning balandligi hisobiy suv sathidan 0,5 m ortiq. To'g'on mahalliy gruntdan ko'tariladi. To'g'on yonbag'irlarining joylashish koeffitsiyenti quyidagicha olinadi: quruq yonbag'ir uchun 1,0-2,0: suv xavzasi tomondagi yonbag'ir uchun 2,0-3.0. To'g'on sifatida avtomobil yo'llaridagi ko'tarmalardan foydalanish mumkin. To'g'onning yonbag'irlari yuvilib ketadigan bo'lsa, ularni baland zovur yonbag'iridagidek mustahkamlash mumkin. Havzadagi suv to'g'on gruntiga shimib o'tib ketmasligi uchun, o'sha tomondan tuproqli to'siq qo'yiladi.
To'g'onning ko'ndalang kesimi:

Download 61.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling