Reja: Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari. Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi ahamiyati. О‘zbekitson Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/39
Sana18.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1579650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Hayot faoliyati havfsizligi amaliy

Zilzila kuchinn aniqlash shkalasi (ballarda). 
I. Sezilmaydigan zilzilalar. Er tebranishining kuchi insonlar sezadigan 
darajaga etmaydi. Uni faqat tebranishni qayd qiluvchi maxsus asboblar - 
seysmograflar yordamida qayd qilish mumkin. 
P. Zo‘rg‘a seziluvchi zilzilalar. Zilzila kuchini binoning ichida harakatsiz 
holatda bo‘lgan, ayniqsa yuqori qavatlarda bo‘lgan ayrim insonlar sezishi mumkin. 
III. Erning kuchsiz tebranishi. Zilzilani bino ichida bo‘lgan insonlarning 
ayrimlari, ochiq joyda bo‘lganlardan faqat tinch holatda turganlari sezadi. 
Tebranish go‘yo ma’lum masofadan yuk mashinasi o‘tgandek tuyuladi. Sinchkov
kuzatuvchi osma holatda bo‘lgan buyumlarning engil tebranishini ilg‘ab oladi, 
binolarning yuqori qavatlarida tebranish nisbatai kuchliroq bo‘ladi. 
IV. Sezilarli tebranish. Bino ichida bo‘lgan insonlarning aksariyat qismi, 
ochiq joydagilarning ozchiligi sezadi. Ba’zan uyqudagilar ham uyg‘onadi. Uy 
derazalari, eshiklar, idishlar engil zirillaydi. Osma holatda bo‘lgan anjomlar 
tebranadi. Idishlardagi suyuqliklarda chayqalish paydo bo‘ladi. To‘xtab turgan 
avtotransportdagilar ham zilzilani sezishi mumkin. 
V. Uyg‘onib ketish. Zilzilani bino ichidagi insonlarning hammasi sezadi. 
Uyqudagilarning aksariyat qismi ko‘rquv aralash uyg‘onadi. Ayrimlar zudlik bilan 
ko‘chaga otiladi. Hayvonlar bezovta bo‘ladi. Osma soatlar to‘xtab koladi. 
Mustahkam asosga ega bo‘lmagan ayrim buyumlar yiqiladi yoki suriladi. YAxshi 
mahkamlanmagan eshik va derazalar ochilib-yopiladi. Idishlardagi suyuqliklar 
kuchli chayqaladi, qisman to‘kiladi. 
VI. Qurquv bosish. Zilzilani bino ichidagi va ochik joydagi insonlarning 
hammasi sezadi. Ko‘pchilikni qo‘rquv bosadi va uydan tashqariga qochib 
chiqishadi. Harakatdagilar muvozanatini yo‘qotadi. Hayvonlarda bezovtalik 
kuchayadi. Ba’zan shisha buyumlar sinishi mumkin, javondagi kitoblar tushib 
ketadi. Og‘ir mebellar suriladi. 
VII. Binolar shikastlanadi. Ko‘pchilik insonlarda qattiq qo‘rquv paydo 
bo‘ladi. Avtomobil boshqarayotganlar ham sezadi. Tepalik va tog‘ oldi zonalarida 
ko‘chki, o‘pirilish bo‘ladi. Suv yuzida to‘lqinlar paydo bo‘lib loyqalanadi. Quduq 
suvlari sathi, mikdori o‘zgarishi kuzatiladi. Er osti suvlari sizib chiqish hollari 
bo‘ladi. 


VIII. Binolarning kuchli shikastlanishi. Insonlarni qo‘rquv va sarosima 
bosadi. Daraxt shoxlari sinadi, tuprokda bir necha santimetrli darzliklar paydo 
bo‘ladi. YAngi suv havzalari paydo bo‘ladi. Quvurlar payvandlangan joylaridan 
uzilib ketadi. Haykallar va yodgorliklar joyidan siljiydi. Er osti suvi harakati 
keskin o‘zgaradi. YAngi buloqlar paydo bo‘ladi. 
IX.Binolarning batamoi shikastlanishi. Aholining hammasini vahima bosadi. 
Hayvonlar kuchli ovoz chiqarib, betartib harakat kiladi. Er osti quvurlari uziladi, 
temir yo‘llar qiyshayadi, suv inshootlari shikastlanadi. Tuproqda 10 sm. gacha 
darzliklar paydo bo‘ladi. Qoyalar qulaydi, ko‘chkilar yuzaga keladi. Haykallar, 
ustunlar yiqiladi. 
X. Inshootlarning batamom buzilishi. Suv omborlari, to‘g‘onlar, ko‘priklarda 
buzilish bo‘ladi. Er yuzasi yoriladi, to‘lqinsimon past-balandliklar paydo bo‘ladi. 
Er osti inshootlari buziladi. Qoyalarda tosh ko‘chishi yuzaga keladi. Kanal, ko‘l va 
daryolarda suvlar kuchli chayqaladi, yangi suv havzalari paydo bo‘ladi. 
XI. Talafot. Puxta qurilgan inshootlar: ko‘priklar, uylar, to‘g‘onlar, temir 
yo‘llar jiddiy shikastlanadi. Er yuzasida keng yoriqlar, uzilish, siljish kabi 
deformatsiyalanish kuzatiladi. Tog‘ oldi zonalarida kuchli ko‘chkilar yuzaga 
keladi. 
XP. Er relefinnng o‘zgarishi. Barcha er usti va osti inshootlari to‘liq 
shikastlanadi. YOriqlar paydo bo‘lib, relef butkul o‘zgaradi. Daryo o‘zanlari 
o‘zgaradi. Yirik tog‘ ko‘chkilari bo‘ladi. YAngi ko‘llar paydo bo‘ladi. 
Qayd qilingan 12 balli shkala mutloq shkala bo‘lmasdan keyingi izlanishlar 
davomida takomillashtirilib borilmoqda. Har bir tebranishda turmush sharoitida 
kuzatish mumkin bo‘lgan ayrim xususiyatlargagina to‘xtalib o‘tdik. 
SHu o‘rinda kitobxonlarda shubha tug‘dirmaslik uchun yana bitta shkala 
to‘g‘risida ma’lumot berishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Odatda 5 yoki 6 
magntudali kuchlanishda bo‘ldi, degan ma’lumotni eshitib kolamiz. 
Xo‘sh, Rixter shkalasi nima? 
Bu seysmik energiyaning o‘lchov birligiga asoslangan shkala bo‘lib, zilzila 
gipotsentrida seysmik to‘lqin sifatida nurlangan energiyani o‘lchaydi. O‘lchov 
birligi qilib magnituda qabul qilingan. Zilzila: kuchlanishi esa 12 balli bo‘lib, shu 
energiya tufayli hosil bo‘ladi va er yuzasi bo‘yicha har xil kuchlanishda (ballda) 
tarqaladi. Har ikkala shkalani o‘zaro solishtirib ko‘radigan bo‘lsak, quyidagi 
munosabat ko‘rinishidagi jadvalga ega bo‘lamiz: 
Rixter jadvali bo‘yicha er qimirlashning qisqacha xarakteristikasi. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling