IYUPAK (sistematik) nomenklaturada nomlash
Alkanlarni IYUPAK bo‘yicha nomlash uchun quyidagi tartib qabul qilingan:
1.Asos sifatida uglerod atomlarining eng uzun zanjiri tanlab olinadi. Zanjirga bog‘langan alkil radikali o‘rinbosar sifatida qaraladi;
2.Tanlab olingan eng uzun zanjir nomerlanadi. Nomerlash zanjirning tarmoqlanishi chetga yaqin bo‘lgan tomonidan boshlanadi;
3.Agar zanjirning bitta yoki bir nechta uglerod atomlarida o‘rinbosarlar joylashgan bo‘lsa, nomlanganda nomer har bir o‘rinbosarga qo‘yiladi va vergul bilan ajratiladi, bir xil o‘rinbosarlarning soni di-, tri-, tetra- va h.k. grek sonlari bilan ko‘rsatiladi.
4.Alkan molekulasida turli o‘rinbosarlar bo‘lib, ular uglerod atomlarining soni va tarmoqlanish darajasi bilan farq qilsa, alkanni nomlashda o‘rinbosarlar alfavit bo‘yicha nomlanadi.
5-Izopropil-2,5-dimetil-4-etilnonan
5.Alkanning tarmoqlangan uzun zanjiri nomerlanadi, nomerlash uglevodorod asosiy zanjiri bilan bog‘langan uglerod atomidan boshlanadi. O‘rinbosar nomi qavs ichida yoziladi:
2-Metil-5-(1,2-dimetilpropil)nonan
5-(1-metilpropil)dekan, 5-ikkilamchi-butil-2-metil dekan
Uglerod atomlari birlamchi (-), ikkilamchi (q), uchlamchi () va to‘rtlamchi ( ) bo‘ladi. Bitta uglerod bilan bog‘langan uglerod atomiga birlamchi, ikkita bilan bog‘langaniga ikkilamchi, uchta bilan bog‘langan bo‘lsa uchlamchi va to‘rtta bilan bog‘langan bo‘lsa to‘rtlamchi uglerod atomi deyiladi. M-n:
Alkan molekulasidan bitta vodorod tortib olinsa alkil radikali hosil bo‘ladi:
Alkil radikalining nomi alkanning -an qo‘shimchasini -il almashtirib hosil qilinadi. CH3-metil, CH3CH2-etil, CH3CH2CH2-propil, (CH3)2CH-izopropil, S4N9-butil, CH3CH(CH3)CH2-izobutil, CH3CH2(CH3)CH-ikkilamchi butil, (CH3)3S-uchlamchi butil radikallari.
Tarmoqlangan alkil guruhini nomlash uchun zanjir nomerlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |