Reja: Alkenlarning nomlanishi, tuzilishi va bog’lanishi. Alkenlarning izomeriyasi


Download 0.95 Mb.
bet1/8
Sana08.03.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1252288
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Alkenlar va alkinlar

Alkenlar va alkinlar

Reja:



1. Alkenlarning nomlanishi, tuzilishi va bog’lanishi. Alkenlarning izomeriyasi

2. Alkenlarning olinishi
3. Kimyoviy xossalari
4. Alkinlarning nomlanishi va olinishi
5.Alkinlarning fizik va kimyoviy xossalari






1. Alkenlarning nomlanishi, tuzilishi va bog’lanishi. Alkenlarning izomeriyasi

Molekulasida qo’sh bog’ yoki uch bog’ tutgan birikmalar to’yinmagan deb ataladi, chunki bunday bog’ni hosil qilgan atomlar nazariy jihatdan bir yoki bir necha o’rinbosarlarni biriktirishi mumkin.
Uglerod-uglerod π – bog’ni mustahkamligi (~ 60 kkal/mol) ugleroduglerod δ –bog’ga nisbatan (~ 80 kkal/mol) kamroq bo’lgani sababli, ta'sir etayotgan reagent birinchi navbatda π – bog’ga (yo’naladi) hujum qiladi. Natijada π –bog’ uzilib, ikkita yangi δ – bog’ hosil bo’ladi. (sp2 – gibridlangan uglerodni har biri sp3 - ga gibridlanadi).
Alkenlarni tizimli nomenkulatura bo’yicha nomlashda qo’sh bog’ tutgan eng uzun zanjir asos qilib olinadi. Ushbu zanjirni atomalari qo’sh bog’ yaqin turgan tomondan raqamlanadi. Zanjirni nomlashda tegishli alkan nomidagi “an” qo’shimcha o’rniga “en” qo’shimcha ishlatilinadi va raqam bilan qo’sh bog’ni o’rni ko’rsatiladi.
CH2 = CH2 CH3CH = CH2
Eten Propen
1 2 3 4 6 5 4 3 2 1
CH2= CHCH2CH3 CH3CH2CH2CH=CHCH3
1-buten 2-geksen

5-metil-4-geksen-1-ol
Qo’sh bog’ tutgan funksional guruhlar trivial nom bilan quyidagicha ataladi.
CH2 = CH − masalan, CH2= CH−Cl
Vinil guruhi etilen xlorid, vinil xlorid
CH2 = CHCH2 − CH2= CHCH2OH
Allil guruhi allil spirt

izopropenil guruhi izopropenil xlorid
Oddiy alkenlarga izomeriyani 3 turi xos. Izomeriyani birinchi tur uglerod zanjiri o’zgarishi bilan bog’liq. Ikkinchi turi esa qo’shbog’ni zanjirdagi o’rni bilan bog’liq bo’lib bunda uglerod zanjiri o’zgarmaydi. Uchinchi turi esa fazoviy bo’lib bunda qo’shbog’ga nisbatan o’rinbosarlarni joylanishi bilan belgilanadi va uglerod zanjiri xamda qo’sh bog’ o’rni o’zgarmaydi.
sis-2-buten trans – 2 -buten
«Sis- va trans-« izomerlarda atomlar yoki atomlar guruhlarining fazoda qanday joylashganligiga (geometriyasiga) bog’liq.
Agar uglerod atomlaridagi vodorod atomlari tekislikning bir tomonida joylashgan bo’lsa, sis- izomer, qarama-qarshi tomonida joylashgan bo’lsa trans- izomer deyiladi.
H H H CH3
\ / \ /
C = C C = C
/ \ / \
CH3 CH3 CH3 H
sis-buten-2 trans-buten-2

Alkenlarning birikish reaksiyalari barcha tirik organizmlarda va laboratoriyada keng tarqalgan. Asosan bunda 1,2-o’rin almashgan digaloid birikmalar juda muhim hisoblanishadi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling