Reja: Alkenlarning nomlanishi, tuzilishi va bog’lanishi. Alkenlarning izomeriyasi


Download 0.95 Mb.
bet3/8
Sana08.03.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1252288
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Alkenlar va alkinlar

Etilen asosida sintezlar

1- jadval
Ba'zi alkenlarning polimerlari va ularning qo’llanish sohasi

Monomer

Formula

Polimerning sanoatdagi nomi

Qo`llanilish sohasi

Etilen

CH2 = CH2

Polietilen

Qadoqlash, bakalashka

Propen(propilen)

CH2= CHCH3

Polipropilen

Arqon, gilamlar

Xloretilen
(vinil xlorid)

CH2 = CHCl

Poli(vinil xlorid)

Izolyator plyonka, quvur

Stirol

CH2=CHC6H5

Polistirol

Gubka

Тетрафторэтилен

CF2 = CF2

Teflon

Kasetalar,yonishga chidamli

Akrilonitril

CH2 = CHCN

Orlon, akrilan

Tolalar

Metil metakrilat

CH3

CH2 = CCO2CH3

Polimetilme takrilat

Bo`yoq, organik
shisha

Vinil asetat

CH2=CHOCOCH3

Polivinilasetat (PVA)

Bo`yoq, gupka elim

4. Alkinlarning nomlanishi va olinishi

Uglerod-uglerod uch bog’ tutuvchi uglevodorodlar alkinlar deb ataladi. Nosiklik alkinlarning umumiy formulasi CnH2n-2. Atsetilen (HC CH) eng oddiy alkin. Uglerod zanjirining oxirida uch bog’ tutuvchi alkinlar (RC CH) bir o’rin almashgan yoki terminal alkinlar deb ataladi.
Ikkita o’rin almashgan alkinlar ichki uch bog’ga ega bo’ladi.
Atsetilen va terminal alkinlar kimyosining eng muhim tomoni bu ularning birikish reaksiyasiga kirisha olishidir. Barcha oddiy uglevodorodlar ichida RC CH kabi birikmalar eng kislotalisidir. Ushbu xossaning tuzilish sabablari, kimyoviy sintezda ishlatilinishidan tashqari, ular ushbu bo’limning eng muhim elementlari hisoblanadi.
Atsetilen birinchi bor 1862 yilda fransuz kimyogari P.E.M.Bertlo tomonidan ta’riflangan va XIX asrlar oxirlariga kelibgina kalsiy karbid tufayli katta qiziqish uyg’otdi. Sintezning birinchi bosqichida, ko’mirdan olinuvchi, uglerodga boy bo’lgan koks va kalsiy oksid elektr pechda kalsiy karbid hosil bo’lguncha qizdiriladi.
1800-2100ºC
CaO + 3C CaC2 + CO

Kalsiy karbid bu dimanfiy karbid ionning kalsiyli tuzi .
Uglerod dianion kuchli asos va suv bilan ta’sirlashib asos hosil qiladi:

Qanday qilib kalsiy karbid suv bilan ta’sirlashib atsetilen hosil qilishini egri chiziqlar orqali ko’rsating.
XX asr o’rtalariga kelib atsetilen olinishining boshqa yo’llari paydo bo’la boshladi. Ulardan biri etilenning degidrogenlanishiga asoslangan. CH2 = CH2 ↔ HC ≡ CH + H2

Reaksiya endotermik va quyi haroratlarda etilen tomonga siljiydi, ammo 11500C yuqorida muvozanat atsetilen tomonga siljiydi. Yuqori haroratlarda ko’pgina uglevodorodlar, hatto metan ham, atsetilenga parchalanadi. Alkin faqat o’zining xususiyatlari bilan qadrli emas, balki u ko’pgina yuqori alkinlar olinishida boshlang’ich modda hamdir.
Diatsetilen (HC ) Uran, Neptun va Pluton kabi sayyoralarning atmosferasida topilgan. U shuningdek Saturn va Neptunning yo’ldoshlari bo’lmish Titan va Tritonda ham aniqlangan. Alkinlarni nomlashda odatiy IYUPAK qoidalariga rioya qilinadi va –an qo’shimchasi –in qo’shimchasi bilan almashtiriladi. Uch bog’ning zanjirdagi o’rni, alkenlardagi kabi, raqamlanadi.
HC CCH3 HC CCH2CH3 CH3C CCH3 (CH3)3CC CCH3

MASALA. C5H8 formulaga ega bo’lgan barcha alkinlarning formulasini yozing va IYUPAK nomenklaturasi bo’yicha nomlang.
Agar –C CH o’rin bosar bo’lsa, uni etinil deb ataladi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling