Reja Axborot xavfsizligini ta`minlash metodlari. G’oyaviy tahdidlarning yo’nalishlari


Download 135.39 Kb.
bet11/13
Sana16.06.2023
Hajmi135.39 Kb.
#1519371
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
10 мавзу 2 маруза лотин

Urug‘-aymoqchilik. Ko‘pchilik lug‘atlarda berilgan ta’riflarga ko‘ra, urug‘-aymoqchilik feodal jamiyatlarga xos hodisadir. Bu qon-sarindoshlik aloqalari bilan bog‘langan odamlarning birligidir. Urug‘ jamoasi o‘z boshlig‘ining nomi bilan atalardi. U esa a’zolari uchun eng obro‘li odam hisoblanar urug‘ning manfaatlarini jamoasining nisbatan maxdud olamidan tashqarida ifodalar edi. Aynan urug‘-aymoq o‘z a’zolarini dimoya etar, ularga homiylik qilar va yordam berar edi.
Zamonlar o‘tdi, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar almashdi, odamlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zgardi.O‘zgardi-yu, ammo izsiz yo‘qolib ketmadi. Ba’zan tog‘ jinslarida qadimgi o‘simlikning arang ilg‘ash mumkin bo‘lgan izlari ko‘rinib qolganidek, hozirgi jamiyatda, uning ijtimoiy-madaniy hodisalarida ham uzoq o‘tmishning aniq izlari namoyon bo‘ladi. Urug‘ jamoalari ham shunday hodisalar sirasiga kiradi.
Bugungi dunyoda haqiqiy ma’nodagi urug‘-aymoqqa bo‘lingan jamiyatni topish mushkul bo‘lsa kerak. Lekin ba’zan u shakli o‘zgargan, "yangilangan" holda mavjud bo‘ladi. Ko‘pgina mamlakatlarda qondoshlik rishtalari hozir unchalik kuchli emas. Biroq ular o‘rniga boshqa mushtaraklik, boshqa birlikning rishtalari, jumladan, yurtdoshlik, xududiy yaqinl ik rishtalari vujudga keldi. U yoki bu joydan chiqqan, o‘sha joyning hududidan tashqarida, mamlakatning boshqa erlarida o‘rnashib qolgan kishilar o‘z yurtdoshlariga yordam bersalar,buning nimasi yomon, degan savol tug‘ilishi ham mumkin. YOmon :shas, albatta. Biroq, ularning davlat tuzilmalariga suqilib kirishi, hokimiyat tizimidagi mansablardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanishi xavflidir.
Bunda urug‘-aymoqchilikning maqsadi - o‘z a’zolarini davlat hokimiyati pillapoyalaridan mumkin qadar yuqori ko‘tarishdan iborat. Urug‘-aymoqchilikni ajratib turuvchi belgi - uning a’zolarining bir joyda tug‘ilganligidir. SHuni nazarda tutish keraki, mashg‘ulot turlarining umumiyligi, ma’naviy manfaatlar, dunyoqarashlarning mushtarakligi emas, balki ;shnan tug‘ilgan joyning umumiyligi asosiy belgidir. SHu belgiga qarab ish yuritish mahalliychil ikni keltirib chiqaradi.

Download 135.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling