Reja Axborot xavfsizligini ta`minlash metodlari. G’oyaviy tahdidlarning yo’nalishlari


Download 135.39 Kb.
bet12/13
Sana16.06.2023
Hajmi135.39 Kb.
#1519371
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
10 мавзу 2 маруза лотин

Mahalliychilik. Bu - kishilarda o‘zlari tug‘ilib o‘sgan joy bilan bog‘liq holda shakllanadigan hududiy yaqinlik tuyg‘usining salbiy shaklda namoyon bo‘lishi.
Mahalliychilikning eng nomaqbul tomoni mahalla, xudud, mintaqa manfaatlarini jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘yishdadir. Jamiyatda bunday qarash va munosabatlar tizimining mavjud bo‘lishi davlatning xududiy yaxlitligi, barqarorligi, va taraqqiy etishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mahalliychilikning kuchayishi, o‘z navbatida joylarning o‘zini-o‘zi chegaralab qo‘yishiga, mavjud xo‘jalik va ijtimoiy lloqalar tizimining kuchsizlanishiga, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy tanazzuliga olib kelishi ham mumkin. SHuningdek, davlat ichida muayyan xudud o‘zining ustunligini ta’minlash maqsadida, o‘zlariga buzg‘unchilik g‘oyalarini shior qilib hokimiyat uchun kurashadigan ekstremistik va qo‘poruvchilik guruxlarini vujudga keltirishi ham mumkin.
Mahalliychilikning har qanday ko‘rinishi jamiyat uchun xavfliligini tushungan holda uning kelib chiqishini oldini olish va binobarin, bu illatga yo‘l qo‘ymaslik muhim vazifa qisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirishda milliy istiqlol mafkurasining o‘rni beqiyosdir. Bu mafkura o‘z ahamiyatiga ko‘ra jamiyatimizda yashovchi barcha xalqlar, millatlar va ulatlarning asosiy maqsadlari va orzu-umidlarini amalga oshirishga xizmat qiladi, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik goyalariga qarshi kurasha oladi. U xalqning ma’naviykamolotiga, ma’rifatiga asoslanib, kishilar ongida umummilliy g‘urur tuyg‘usi bilan birga, mamlakatimizning barcha hududlarida yashaydigan vatandoshlarimizning madaniyati va qadr-qimmati hurmat qilinishini ta’minlashga da’vat etadi.
Millatchilik. Bu -manfaatlari, ehtiyojlariga xudbinlarcha munosabatlarni qarashlar tizimi va amaliyoti. Millatchilik - o‘z millati manfaatlarini,ehtiyojlariniboshqamillatmanfaatlarini, htiyojlarini kamsitish yordamida qondirishdir.
Millatchilik chinakam milliy g‘ururni shakllantirmaydi. Milliy g‘ururni millatchilik bilan tenglashtirish millatlararo munosabatlar madaniyatiga g‘ov bo‘ladi. Milliy g‘urur bir millatga xos bo‘lgan xususiyatlarni rivojlanishiga, ularning kelajakhayotini yuksaltirishga qaratilgan intilish bo‘lsa, millatchilik boshqa millatlar, elatlar manfaatlari, ehtiyojlarini nazar-pisand qilmaslik, ularning hukuq va erkinliklarini chegaralashga qaratilgan faoliyat, harakatdir.
Millatchilik siyosiy tusga kirsa, kuchli salbiy yo‘nalish kasb etishi mumkinligani ta’kidlash zarur. Bu davlat va millat xavfsizligiga, mintaqaviy va keng ko‘lamdagi xavfsizlikka ancha kuchli taxdidga aylanib ketishi mumkin.
Millatchilik turli shakllarda namoyon bo‘ladi. U bir hududda yashayotgan millatlarning yoki bir davlatda istiqomat qilayotgan millatlar o‘rtasida, muayyan imperiya sharoitida bir millatning ikkinchisi yoki boshqalaridan ustunligi tarzida ro‘y berishi ham mumkin.
Har qanday millat, u naqadar kichik bo‘lmasin -insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlikning, uning til, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo‘q bo‘lib ketishi Er yuzidagi madaniy va genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi. SHu bois har bir etnik birlikni saqlab qolish unga mansub odamlarning eng muhim maqsadi bo‘lmog‘i kerak, Va bu maqsad, birinchi navbatda, ushbu etnik guruxdarni o‘z ichiga oluvchi har bir alohida davlatning vazifasidir.

Download 135.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling