Reja: Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil etishning ahamiyati
NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR HISOBI
Download 0.57 Mb.
|
Bank buxgalteruyasi hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’lov talabnomalari bo’yicha hisob-kitoblar ularning rasmiylashtirilishi va hisobi. Akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblar, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi.
- 1.Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularni tashkil etish asoslari.
NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR HISOBI.
Reja: Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularni tashkil etish asoslari To’lov topshiriqnomalari bo’yicha hisob-kitoblarining rasmiylashtirilishi va hisobga olinishi. To’lov talabnomalari bo’yicha hisob-kitoblar ularning rasmiylashtirilishi va hisobi. Akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblar, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi. Inkasso topshiriqnomalari, ularning mazmuni, hisobi va rasmiylashtirilishi. Plastik kartochkalari bo’yicha operatsiyalarining tashkil etillishi. 1.Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularni tashkil etish asoslari. Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmat ko‘rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo‘yicha bir-biriga bo‘lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul mablag‘larini bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o‘tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etishda bir qator tamoyillarga amal qilinadi. Bu tamoyillar quyidagilardir: Har bir xo‘jalik subyekti o‘z pul mablag‘larini banklarda ochilgan depozit hisobvaraqlarda saqlashlari lozim. Korxona va tashkilotlar o‘zaro hisob-kitoblarini bevosita bankdagi hisobvaraqlar orqali amalga oshirishlari shart. Qaysi bankda hisobvaraq ochishni mijozlarning o‘zlari mustaqil tanlaydilar. Hisob-kitoblar to‘lovchining roziligi bilan yoki uning topshirig‘iga asosan depozit hisobvaraqdagi mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi. Korxona bank kreditidan foydalanish huquqiga ega bo‘lsa, to‘lovlar bank krediti hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin. Hisob-kitoblar belgilangan to‘lovlar ketma-ketligi asosida bajariladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisob-kitob shakllarini mustaqil tanlaydilar va uni shartnoma orqali mustahkamlab qo‘yishlari lozim. Tovar yetkazib beruvchi korxona hisobvarag‘iga pul mablag‘lari mazkur mablag‘larining mol sotib oluvchi korxona hisobvarag‘idan o‘chirilgandan so‘ng o‘tkazib beriladi. Avval pul to‘lanishi yoki tovar jo‘natilishini (xizmat ko‘rsatilishi) tomonlar o‘zaro kelishuv asosida amalga oshiradilar, ya’ni avval pul to‘lab keyin tovarni olish mumkin, yoki aksincha, avval tovarni olib, undan so‘ng uning pulini to‘lash mumkin. To‘lovni kafolatlash maqsadida, yetkazib berilishi lozim bo‘lgan tovar yoki ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan xizmat qiymatining 15 foizi oldindan to‘langandan so‘nggina tovarlar jo‘natiladi yoki xizmatlar ko‘rsatiladi. Mijozlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar bo‘yicha nizolarga bank aralashmaydi, nizolarni ularning o‘zlari hal qilishlari lozim, aks holda nizolar xo‘jalik sudlari yordamida hal qilinadi. “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi Nizom Fuqarolik kodeksi, “Markaziy bank to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi korxonalari to‘g‘risida”gi qonunlari va Markaziy bankning O‘zbekiston hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan. Lekin hozirga qadar ushbu Nizomga bir necha marta qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritilgan. Naqd pulsiz hisob-kitoblar qonunda ko‘zda tutilgan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi: -To‘lov topshiriqnomalari; -To‘lov talabnomalari; -Inkasso; -Akkreditivlar; -Tijorat banklarining hisob-kitob cheklari; -Plastik kartochkalar; -Memorial orderlar; To‘lovchi va mablag‘ oluvchi orasidagi hisob-kitoblar shakli shartnoma asosida belgilanadi. Hisob-kitob shakllari deyilganda, huquqiy me’yorlarda ko‘zda tutilgan, hisob-kitob hujjatining turi, hujjatlar aylanish tartibi, mablag‘larni mol sotuvchi korxona hisobvarag‘iga o‘tkazish va yozish usuli bilan bir-biridan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi. Hisob-kitoblarning alohida shakllarining mazmuni, ular bo‘yicha hujjatlar aylanishini va operatsiyalar hisobi hamda rasmiylashtirilishini alohida paragraflarda ko‘rib chiqamiz. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling