Reja: Biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning mohiyati va mazmuni
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu Biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni
Xitoy. Xitoyda olib borilayotgan soliq va moliya siyosati, tashqi savdo, inversion
siyosat sohalarida islohotlarning chuqurlashuvi kichik korxonalarning tez rivojlanishiga yordam bergan. Ayniqsa, qishloq xo'jaligi, posyolka sanoati deb nomlangan kichik va xususiy ishlab chiqarish tez rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqarishning 70%, tayyor kiyim-kechaklarning 40 %, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 80 %i Biznesning ulushiga to'g'ri keladi. Xitoy qishloqlari yalpi ijtimoiy mahsulotining 60 % posyolka korxonalarining ulushiga to'g'ri keladi. Posyolka korxonalarining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi va arzon ish kuchining mavjudligi ularni xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi obyektga aylantirgan. Janubiy Koreya. 1995-yilda КСПС mahsuloti eksportining salmog'i mamlakat umumiy eksport hajmining 30%ni tashkil qilgan va 50 mlrd. AQSH dollariga etgan. Bunga katta bank kreditlari yordam bergan. Kredit-pul siyosati shunday qurilganki, tijorat banklari o'z qarzlarining 30% ini KO'Kga berishga majburlar. Mamlakatdagi Biznes federatsiyasi, КСПС banki, texnologiyalarni sug'urta qilish federatsiyasi, savdo va sanoat vazirligi KO'Kning rivojla-nishiga yordam beradi. Sanoatni rivojlantirish siyosatining ajralmas qismi sifatida КСПС ning rivojlanishini qollab-quvvatlash siyosati sohasida yirik qonunchilik bazasi tashkil qilingan: KO'K ni rag batlantirish haqidagi dikret (1966-y.), KO'Kning sub-kontraktli ishlarini rag'batlantirish haqidati qonun(1978-y.), faqat KO'K ishlab chiqara-digan tovariar ro'yxati (1982-y.), KO'K o'zaro yordam fondi haqidagi qoidalar (1984-y.), KO'K boshqaruv barqarorligi va boshqalar. Yordam, birinchi navbatda, yuqori eksport salohiyatiga ega bo'lgan korxonalarga ko'rsatiladi. Gollandiya. Bu mamlakatda KO'K ni qo'llab-quwatlash uchun ko'pginatashkilotlarmavjud: -KO'K uchun gollandkengashi; - KO'K masalalari bo'yicha tadqiqotlar va konsalting; - KO'K uchun siyosatning qirollik federatsiyasi; - ijtimoiy biznes tashkilotlari tarmoq xususiyatiari bo'yicha ish beruvchilar va xodimlarning hamkorligini ta’minlaydilar; - savdo palatasi konsalting xizmatlari ko'rsatadi; - KO'K instituti ishchi-xizmatchilarni oqitish, maslahat berish bilan shug'ullanadi; - o'qish vaqtida shaxsiy korxonalarini ochgan talabalarga yordam ko'rsatish uchun «Mini-korxonalar fondi» tashkil qilingan; - ikkita oliy o'quv yurti KO'K uchun mutaxassislarni tayyorlaydi; - kechqurunlari qatnash mumkin bo'lgan ko'pgina turli xil kurslar ishlaydi. Bularda ishni endi boshlovchilar shaxsiy ishni ochish, biznes-rejalar tuzish, maslahatlar va axborotlar olish maqsadida o'qishlari mumkin. Fransiya. Tadbirkorlikni qo'llab-quwatlashning asosiy maqsadi -bandlikning ko'payishi va raqobatbardoshlikning o'sishidir. Buning uchun quyidagilar qilinadi: to g ridarrto g n yordam, axborotlarga kirish, ma’muriy to'siqlami kamaytirish, soliqlarni kamaytirish va boshqalar. Fransiyada KO'K ni qo'llab-quwatlash bo'yicha har xil tashkilotlar tashkil qilingan: -KO'K konfederatsiyasi; - savdo palatasi; -hunarmandlikishlari bo'yicha palata; -qishloq xo'jaligi palata, - investitsion xavf-xatarni sug'urtalashning franuuz jamiyati; - biznesni tashkil qilish markazi va boshqalar. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan mamlakatlarda qo'llaniladigan Biznesni qo'llab- quwatlash mexanizmlari faqat umumiy k 0 -rinishda bayon qilingan. Yordamning ayrim yo'nalishlarini aniqroq o’rganish va O'zbekiston iqtisodiyoti sharoitlarida ulardan foydalanish imkoniyatlarini belgilash Biznesni rivojlantirish uchun shubhasiz foyda keltirgan bo'laredi. Qisqa xulosalar Tadbirkorlik deganda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar ko'rsatish) yo'li bilan tavakkal qilib, o'z mulkiy javobgarligi asosida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatitushuniladi. Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi uchun iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilgan bo'lishi lozim. Tadbirkorlik ijtimoiy munosabatlar namoyon bolishining shakllaridan biri sifatida faqat jamiyatning salohiyatini oshirishga ko'maklashib qolmay, balki har qanday insonning qobiliyati va mahoratini namoyon etish uchun qulay zamin yaratadi, milliy boyliklarning ko'paytirish va jahon integratsiyalashuvi jarayonida milliy ruhni saqlab qolishga yordam beradi. Shuning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va uning huquqiy bazasini mustahkamlashga davlat tomonidan katta e’tibor berilmoqda. Adabiyotlar 1. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2010-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga mo'ljallangan eng muhim ustuvor yo'nalishlarga bag'ishlangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. -Т.:O'zbekiston, 2011.-48b. 2. Karimov LA. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi ma’ruzasi. -Т.: O'zbekiston, 2010. - 56 b. 3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil y8-iyuldagi "Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar'-to'g'risidagi Farmoni. //Xalq so'zi, 2010-yil, 29- iyul. 4.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti LA. Karimovning 2010-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga mo'ljallangan eng muhim ustuvor yo'nalishlarga bag'ishlangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi” mavzusidagi ma’ruzasini o'rganish bo'yicha O'quv-uslubiy majmua. -Т.: Iqtisodiyot, 2011. - 377 b. 5.Boltabayev M.R., Qosimova M.S., Ergashxodjayeva Sh.J., G'oyipnazarov B.K.,Samadov A.N., Xodjaev R.S. Biznes va tadbirkorlik. -Т.: ADIB NASHRIYOTI, 2011. - 283 b. 6. Xodiyev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N. Biznes va xususiy tadbirkorlik. -Т.: TDIU, 2010.-260 b. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling