Reja: Biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning mohiyati va mazmuni
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu Biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni
5. Biznesni belgilovchi mezonlar
Biznesning mezonlarini belgilash zaruriyati kichik korxonalarning davlatning jiddiy yordamiga muhtojligidan kelib chiqadi, bu yordam adresli bo'lishi va korxonalar faoliyatining belgilangan tomonlarini yaxshilashga yo'naltirilishi kerak. Kichik korxonalarni alohida kategoriyalarga ajratish ular faoliyatini o'rganish va samaradorlik darajasini tahlil qilish, ularning iqtisodiyot umumiy tizimidagi o'rni va rolinianiqlash uchun zarur. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda kichik korxonalarni belgilashda quyidagi mezonlardan foydalanadilar: - miqdoriy ko'rsatkichlar: xodimlarning soni, sotish hajmi, asosiy kapitalning balans qiymati; - sifat ko'rsatkichlari: ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning nisbatan kichik soni; cheklangan resurslar va quwatlar, boshqa-ruvning kamroq rivojlangan tizimlari va boshqalar; - yuqoridagi ko'rsatkichlarning birinchi va ikkinchi guruhlarini birlashtiruvchi kombinatsiyasi. Har xil mamlakatlarda korxonalarni kattaliklariga ko'ra u yoki bu guruhga kirituvchi mezonlari qo'llaniladi. Yevropa Ittifoqining metodologiyasi bo'yicha kichik va o'rta korxonalar 5.1-jadvalda ko'rsatilgan mezonlar bilanbelgilanadi. 5.1-jadval Yevropa Ittifoqi metodologiyasi bo'yicha kichik va o'rta korxonalar o'lchaminibelgi ash mezonlari Aniqlanadi gan korxonalar Xodimlarso ni (kishi) Yillikayla nma Balansqiy mati Kichik 50tagacha 4 2 O'rta 50-250 16 8 Xorijiy mamlakatlarda 1 kishidan 20 kishigacha xodimi bo'lgan korxonalar hunarmandchilik korxonalariga, 20 dan 100 tagacha xodimi bo'lganlari kichik, 100 dan 500 gacha xodimi bo'lganlari o'rta korxonalargakiritiladi. AQSHda Biznes korxonalarini ikki tomonlama guruhlashdan foydalaniladi. Birinchi holda bu tushuncha ishchilar soni 500 kishigacha bo'lgan korxonalarni qamrab oladi. Ikkinchi holda esa korxonalar sohalar bo'yicha yillik tushumlar hajmi bo'yicha bo'linadilar: transport sohasida yillik tushumlar hajmi 3,5 mln. dollardan 20 mln. dollargacha, qurilishda 9 mln. dollardan 21 mln. dollargacha, ulgurji savdoda 15 mln. dollardan 35 mln. dollargacha, chakana savdoda 3,5 mln. dollardan 13,5 mln. dollargacha, xizmatlar sohasida 2,5 mln. dollardan 14,5 mln. dollargacha bo'lgan korxonalar kichik firmalar hisoblanadi. Germaniyada ishlovchilar soni va yillik aylanma ko'rsatkichlaridan foydalaniladi. Kichik korxonalar ishlovchilar soni 10 kishigacha bo'lgan, o'rtachalarga esa ishlovchilar soni 50 kishigacha va yillik aylanmai 100 mln. yevrogacha bo'lgan korxonalar kiritiladi. Fransiyada kichik va o'rta biznes tushunchasiga ishlovchilar soni 19 kishigacha bo'lgan mikrofirmalar, xodimlarning soni 20-299 kishigacha bo'lganlari kichik korxonalarga kiradi. Janubiy Koreyada sanoatda va transportda 20 tagacha xodimi bo'lgan korxonalar kichik, 21 dan 200 kishigacha xodimi bo'lgan korxonalar o'rta korxonalar hisoblanadi. Savdo va xizmatlar sohasida 5 tagacha xodimi bo'lgan korxonalar kichik korxonalar, 6 tadan 20 tagacha xodimi bo'lgan korxonalar esa o'rta korxonalar hisoblanadi. O'zbekistonda kichik korxonalarni, unda ishlovchi xodimlar soni bo'yicha guruhlarga ajratish qabul qilingan. Buni 5.2.-jadvaldan ko'rish mumkin. 5.2-jadval Faoliyat sohalari bo'yicha kichik korxonalar kategoriyasiga Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling