B o sh Q a r u v u s u l i - boshQaruv funksiyalarini amalga oshirish usuli yoki funksiyalarning amal Qilish mexanizmi. BoshQacha Qilib aytganda, tahsir ko’rsatish Qanday Qilib, Qaysi usulda amalga oshiriladi demakdir.
9
Ko’p adabiyotlarda boshQaruv usullarini mazmuniga ko’ra uch guruhga: iQtisodiy, tashkiliy - farmoyishli va ijtimoiy-psixologik guruhlarga bo’linadi.
BoshQarishning i Q t i s o d i y usullarida tahsir ko’rsatish asosan iQtisodiy dastaklar yordamida amalga oshiriladi. Bularga rejalashtirish, moliyalash, raG’batlantirish, imtiyozli kreditlar berish, daromadni taQsimlashda Qatnashish kabilar kiradi.
T a sh k i l i y - f a r m o y i sh l i usullar o’z ichiga ko’proQ rasmiy vakolatlar orasidagi munosabatlarga asosan ichki tartib, buyruQlar va ko’rsatmalarga rioya Qilishni oladi.
S o t s i a l - p s i x o l o g i k usullar tahsir ko’rsatishning alohida insonlar yoki guruhlar o’rtasidagi munosabatlarni muvofiQlashtirish, shaxsiy tahsir, o’rnak va shu kabilarni o’z ichiga oladi.
Tashkilotga rahbarlik Qilishda ana shu usullarning hammasi o’zaro boG’langan va muayyan nisbatda amalga oshirilishi lozim.
BoshQarish poG’onalari va ularning shakllanishi.
TashQi muhitdagi va odamlar xatti-harakatlaridagi o’zgarishlar tashkilot faoliyati muhitini noaniQlik, yahni ehtimollik darajasiga keltiradi. Bu esa, o’z navbatida, tashkilotni boshQarish zaruriyligini keltirib chiQaradi. Tashkilotdagi bo’limlar, guruhlar, odamlar har biri bajaradigan vazifa bilan boG’liQ xatti-harakatlarning mantiG’i turlicha, lekin bu faoliyatni asosiy maQsad sari yo’naltirib, muvofiQlashtirib turish zarur. SHuningdek, har bir masalani yechish uchun zarur bo’lgan umumiy resurslarni odamlar orasida taQsimlash kerak. Bu kabi umumiylik harakteriga ega bo’lgan masalalar markazlashtirilgan holda yechilishi zarur.
Zamonaviy mahsulotlar yoki xizmatlar ishlab chiQarish, informatsiya, mutaxassislar yetishtirish bilan boG’liQ masalalarning murakkabligi, ishlab chiQarishda mehnat unumdorligini, nisbiy samaradorlikni, mahsulot sifatini oshirish bilan boG’liQ muammolar tashkilotlar doirasida yechiladigan masalalarni tarkibiy Qismlarga ajratib yechish zaruriyatini tuG’diradi. Yahni, zamonaviy tashkilotlarni boshQarish mehnat taQsimotlari asosida olib boriladi. Murakkab tashkilotlar doirasida asosan mehnatning g o r i z o n t a l va v e r t i k a l taQsimotlari amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |