Reja: Dars-o‘qitishning asosiy shaklidir. Kimyo va biologiya darslarining turlari va darsga bo‘lgan talablar. Maktabning yuqori sinflarida takomillashtirilgan kimyo darslari: ma’ruza, seminar


Ma’ruza, laboratoriya, seminar, sinov, sayohat darslari


Download 249 Kb.
bet10/16
Sana06.05.2023
Hajmi249 Kb.
#1432907
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
mt3

Ma’ruza, laboratoriya, seminar, sinov, sayohat darslari.
Ma’ruza, so‘zlab berish va tushuntirishdan farqli o‘laroq, ancha aniq tuzilgan bo‘ladi. Ma’ruzalar, odatda o‘quv dasturining yirikroq, prinsipial muhit masalalari yuzasidan o‘qiladi. Ma’ruzada o‘quv materiali yaxlit va izchillik bilan bayon etiladi, o‘zaro bog‘langan tushunchalar, qonuniyatlar sistemasi ochib beriladi, kursning turli mavzulari orasida ichki bog‘lanishlar o‘rnatiladi.
Ma’ruza so‘zlab berishga qaraganda uzoq davom etadi va o‘quvchilarning yozib borishini ko‘zda tutiladi. Ma’ruzani eshitish so‘zlab berishni eshitishga qaraganda qiyinroq, chunki ko‘proq diqqat e’tiborni talab etadi. Metodik usul nuqtai nazaridan olganda so‘zlab berish, tushuntirish hamda ma’ruza juda ko‘p umumiylikka ega, shu sababli umuman og‘zaki bayon metodikasini ko‘rib chiqamiz va har qaysi metodning o‘ziga xos xususiyatlarini qayd etamiz.
Ma’ruza - o‘qitishni tashkil etishning yetakchi shakli hisoblanib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi:
yo‘naltiruvchilik-talabalarni o‘quv materialining asosiy holatlariga, uni kelgusi ish faoliyatidagi o‘rni va ahamiyatiga diqqat qilishlariga imkon beradi;
axborotlilik- o‘qituvchi ma’ruza vaqtida holat, asosiy ilmiy dalillar va xulosalar mohiyatini ochib beradi;
metodologiklik- ma’ruza vaqtida o‘qitish usullari taqqoslanadi, ilmiy izlanishning asoslari namoyon etiladi;
tarbiyalovchilik-ma’ruza o‘quv materialiga hissiy-baholash munosabatida bo‘lishni uyg‘otish;
rivojlantiruvchilik - bilim olish qiziqishlarini, ya’ni mantiqiy fikrlash va isbotlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Didaktik talablarni bajarish
-ma’ruzaning batafsil rejasini tuzish;
-ta’lim oluvchilar uchun aniq tuzilmaga keltirilgan mashg‘ulot (kirish, asosiy savollar, asosiy joylar, yakun va xulosalarni ajratib ko‘rsatish);
-mustaqil o‘qish uchun mavzu, maqsad, vazifa va ma’ruza rejasi, adabiyotlarni ma’lum qilish;
-rejaning har bir qismidan so‘ng umumlashtiruvchi xulosalar qilish;
-ma’ruzaning bir qismidan boshqa qismiga o‘tishda mantiqiy bog‘liqlikni ta’minlash;
-yozish zarur bo‘lgan joylarni: asosiy tushuncha, ifoda, vaqt, dalillar va boshqalar, aytib turish. Ma’ruza turlarining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 249 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling