Yangi materiallarni bayon etish darslari. Bu darslar, odatda, mavzuni bayon etish va darsdan kozlangan maqsadni ochib berishni, yangi materialni navbati bilan bayon etish yoki oquvchilarning oquv adabiyoti, texnika adabiyoti (jurnallar, byulletenlar, albomlar, chizmalar, sxemalar, texnologik jarayon kartalari va shu kabilar) yoki spravochnik adabiyot bilan mustaqil ishlashni tashkil etishni, oquvchilarning savollariga javob qaytarishni, oquvchilarning yangi materialni ozlashtirish sifatini tekshirish, qoshimcha tushuntirishlarni, uyga vazifalar berishni oz ichiga oladi. Bunday darslar odatda, organiladigan material tavsifiy xarakterda va ozlashtirish uchun yengil bolgan hollarda otkaziladi.
Bilimlarni puxtalash va tatbiq etish darslari. Bunday darslarda temaning bundan oldin organilgan materiali yuzasidan oquvchilar bilan frontal suhbatlar, labaratoriya-amaliy ishlar otkaziladi, har xil masalalar yechiladi, texnologik jarayonlar ishlab chiqish mashqlari, yozma grafik ishlar, ilgari organilgan materialni mustahkamlash va sistemaga solish yuzasidan turli mustaqil ishlar (sxemalar tuzish va ularni oqish, jadvallar tuzish, texnikaviy hujjatlarni tahlil qilish va shu kabilar) otkaziladi, kinofilmlar koriladi, oquvchilar maruza hamda referatlar bilan chiqadilar va hokazo. Bu ish davomida bilimlar esga solinadi, yetarli dalillar, tushunchalar, qonuniyatlar oquvchilar ongi va xotirasida puxtalanadi. Buning natijasida bilimlar ancha puxta boladi.
Takrorlash-umumlashtirish darslari. Bu darslardan kozlangan maqsad-organilgan material yuzasidan olingan bilimlarni esga tushirish va sistemaga olish, bu esa bilimlardagi kamchiliklarni toldirishga, mavzuning, bolimning va butun fanning asosiy goyalarini, masalalarini yanada chuqur ochib berishga yordam qiladi. Bu tipdagi darslar dastur mavzusini yoki bolimini organish songgida va oquv yilining oxirida otkaziladi. Takrorlash-umumlashtirish darslariga nisbatan qoyiladigan asosiy talablardan biri ularning mundarijasiga albatta oquvchilar oquv faoliyatiga doir yangi malumotlar va metodlar kiritishdir.
Takrorlash-umumlashtirish darslari ikki xil boladi: oqituvchi mavzuning, bolim yoki kursning organilgan materiali yuzasidan umumlashtiruvchi obzor maruza otkazadi yoki oquvchilar bilan kengaytirilgan suhbat tashkil qiladi. Suhbat vaqtida oquvchilar oqituvchi rahbarligida umumlashtiruvchi mashqlar, yozma ishlar va boshqa topshiriqlar bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |