Reja: Davlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi


Quldorlik davlatlarining ichki funksiyalari


Download 33.32 Kb.
bet2/8
Sana24.12.2022
Hajmi33.32 Kb.
#1054082
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlat funksiyalari

Quldorlik davlatlarining ichki funksiyalari
1. Davlatning xo`jalik yuritish faoliyati. Buni umumiy ommaviy ishlar yuritish funksiyasi, deyish mumkin. Bu faoliyat mamlakatning, urug` Yoki qabilaning umumiy manfaatlarini nazarda tutib, olib borilgan. Bu funksiya, ayniqsa, Sharqda ma`lum darajada rivoj topgan. Chunki bu mintaqada dehqonchilik ishlari sugorish asosida olib borilgan, buning uchun esa kanallar qurish, suvni xo`jaliklar o`rtasida taqsimlash kabi masalalar davlat organlari tomonidan bajarilgan.
2. Quldorlar mulki va manfaatlarini qo`riqlash. Bu funksiyani amalga oshirish uchun qadimgi davlatlar qator huquqiy normativ hujjatlarni qabul qilgan va ularga rioya etilishini ta`minlab turganlar, boshqa mulkiy munosabatlarni tartibga solish choralarini ishlab chiqqanlar.
3. Quldorlik davlatlarida kullar va boshqa ezilgan omma qarshiligini bostirish funksiyasi bo`lgan. Chunki qullar deyarli huquqsiz bo`lib, o`z quldorlariga xizmat qilgan, agar ular bu og`ir hayotdan norozi bo`lib, g`alayon ko`tarsa, quldorlik davlati tomonidan ayovsiz ravishda bostirilgan, albatta.
4. Quldorlik davlatlari xalq ommasini g`oyaviy tomondan davr ruhida tarbiyalash funksiyasini ham bajargan. Bunda quldorlik tuzumini nazariy jihatdan asoslashga, qullar qo`zg`olonini jamiyat uchun xavfli kuch, deb ko`rsatishga harakat qilishgan. Bunda dunyoviy ilmiy bilimlarnitsg pastligi sababli quldorlik davlatlari aholiga g`oyaviy tarbiya berish maqsadida diniy aqidalardan keng foydalangan.
Quldorlik davlatlarining tashqi funksiyalari
1. Ular ham boshqa davlatlar kabi mamlakatni tashqi dushmanlardan mudofaa qilish funksiyasini amalga oshirganlar, qo`shni davlatlar bilan ma`lum darajada aloqalar olib borishgan, savdo munosabatlarini o`rnatishgan.
2. Ular boshqa mamlakatlar aholisini (hududini) bosib olish, talash, ezish, soliq (boj, o`lpon) to`latish funksiyasini ado qilib turishgan. Bunday faoliyatning maqsadi boshqa davlatlar xalqlari hisobiga boyish, urushda asir tushganlarni esa qul qilib ishlatish bo`lgan. Xuddi ana shu quldorlik jamiyatida dastlabki bosqinchilik urushlari kelib chiqqan, boshqa davlatlar hududini egallab olishga ko`plab urinishlar yuz bergan. Bosqinchilik urushlari oqibatida qadimgi Urartu (Armanistonda), Eski Nisa (Turkmanistonda) davlatlari, Kushon saltanati (O`zbekistonda) keyinchalik yo`q bo`lib ketgan.
O`z mohiyati va mazmuni bilan quldorlik davlatlarining funksiyalari feodal davlatlari funksiyalarida ham asosan takrorlanadi.

Download 33.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling