Reja: Davlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi
Download 33.32 Kb.
|
Davlat funksiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekiston davlatining asosiy funksiyalari
SSSRning tashqi funksiyalari
1. Mamlakatni mudofaa qilish funksiyasini Sovet davlati chet el intervensiyasi va grajdanlik urushi hamda Ulug` Vatan urushi davrida ayniqsa yaxshi bajardi. 2. Dunyodagi hukmron ikki ijtimoiy-siyosiy tizim paytida SSSR tinchlik va tinch-totuv yashash uchun kurashni ham davlat funksiyasi darajasiga ko`tardi. 3. Avvaliga xalq demokratik, so`ngra sotsialistik davlatlar bilan hamma tomonlama hamkorlik olib borish SSSRning muhim tashqi funksiyasi edi. Bunda Sovet davlati sotsializm pozitsiyalarini mustahkamlash maqsadida o`sha mamlakatlarga ko`p jihatdan bir tomonlama yordam ko`rsatib turdi. 4. Bunday yordam, ayniqsa, mustamlakachilik tuzumidan ozod bo`lgan davlatlarga nisbatan keng doirada olib borildi. 5. SSSR ma`lum doirada kapitalistik mamlakatlar bilan ham hamkorlik funksiyasini bajargan. Biroq bunda mafkuraviy to`siqlar halaqit berar edi. SSSRda davlat bajargan ichki va tashqi funksiyalarning ijobiy va salbiy natijalari mavjud. Ular kelajakda Yanada aniq-ravshan bo`lajak. Biroq shuni aytish lozimki, SSSRning tarqalib kyetishida milliy, milliy-davlat munosabatlaridagi nuqsonlar beyagalovchi ahamiyatga ega bo`ldi. Shu bilan birga ta`kidlab o`tish lozimki, davlatning ichki va tashqi funksiyalari tizimi, mohiyati va mazmuniga insoniyat bosib o`tgan har bir davrning ijtimoiy, iqtisodiy, tashqi va madaniy ahvoli, vazifalari, hokimiyatning kimlar qo`lida bo`lganligi, demokratik rejim yoxud fashistik tartib-qoidalar bo`lganligi, xalqaro vaziyat, hatto tabiiy shart-sharoitlar ham o`zining ta`sirini o`tkazib kelgan. Chunonchi, quldorlik va feodalizm dav-rlarida aholi bir qismi huquqlarining cheklanganligi, kimlarningdir manfaatlari ustun darajada ifodalanganligi o`sha paytdagi davlatlar funksiyalarining mohiyatini ko`rsatib turibdi. Jamiyatdagi hukmron mulkchilik shakllarini muhofaza qilish esa barcha davlatlarning tabiatini xarakterlovchi funksiyalardir. Yana bir mi-sol. Kishilik jamiyati olga borgan sari uning tabiiy boyliklari hajmi qisqara borgan, jamiyatni rivojlantirishda yangi vazifalar kelib chiqqan. Natijada fan va texnikani taraqqiy ettirish davlat funksiyasi XX asrda yuzaga keldi. Shu fikrni tabiat boyliklarini va atrof muhitni qo`riqlash funksiyasiga nisbatan ham dadil ay-tish mumkin. O`z navbatida, insonlar dunyoviy bilimlarining o`sishi ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, hozirgi davr madaniyati-ma`naviyati ruhida tarbiyalash funksiyasini keltirib chiqardi. Jahonda mamlakatlararo urush munosabatlarining keskin yumshashi davlatlarning mudofaa uchun qiladigan xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi Yoki davlatlararo aloqalarning mustahkamlanishi ularning o`zaro va xalqaro hamkorlik olib borish funksiyasini avj oldirish uchun keng asos yaratadi. So`ngra, xalqning modtsiy va madaniy farovonligi o`sishi, huquqiy madaniyatning yuksalishi, o`z navbatida, huquq-tartibotni qo`riqlash funksiyasiga ijobiy ta`sir o`tkazib turadi. Xalqaro tashkilotlarning mustahkamlanishi, ular mavqeining o`sishi bosqinchilik urushlarining oldini olishga jiddiy ijobiy ta`sir o`tkazadi va hokazo. Hozirgi demokratik, shu jumladan mustaqillikka erishgan davlatlarning funksiyalari ham o`ziga xos xususiyatlariga ega. O`zbekiston davlatining asosiy funksiyalari SSSR tarqalib ketdi, O`zbekiston va boshqa sobiq ittifoqdosh respublikalar mustaqil bo`lib qoldilar. Sotsializm va kommunizm qurish nazariyasi hamda amaliyotidan voz kechildi, uning o`rniga insoniyat tajribasida isbotlangan bozor munosabatlari asosidagi demokratik jamiyat tuzumiga o`tish maqsad qilib qo`yilgan. Davlatning siyosati, vazifalari, faoliyati va ulardan kelib chiqadigan funksiyalari shu maqsadni ro`yobga chiqarishga qaratilgan. Bizningcha, hozirgibosqichda yosh suveren, mustaqil davlatlar, shu jumladan O`zbekiston Respublikasi oldida quyidagi uchta muhim vazifa turibdi. 1. Erishilgan siyosiy, davlat mustaqilligini mustahkamlash. 2. Iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o`tish va bu sha-roitda jamiyatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotini ta`minlash. 3. YAngi sharoitda tamoman mustaqil tashqi siyosiy, iqtisodiy vazifalarni hal yetish. Chunki bu vazifalar ilgari asosan SSSR organlari tomonidan bajarilar edi. Mustaqillik sharoitida, yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy vaziyatda yosh davlatlarning funksiyalari SSSRning davlat funksiyalaridan ancha farq qiladi. To`g`ri, O`zbekiston ham, boshqa sobiq ittifoqdosh respublikalar ham o`z hududlarida davlat funksiyalarini tamoman o`zlari, mustaqil ado qilmoqdalar. Xususan, O`zbekiston davlati quyidagi eng asosiy funksiyalarni amalga oshirmoqda. Download 33.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling