Reja: Davlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi


Mazkur davlatlarning ichki funksiyalari


Download 33.32 Kb.
bet4/8
Sana24.12.2022
Hajmi33.32 Kb.
#1054082
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlat funksiyalari

Mazkur davlatlarning ichki funksiyalari
1. Kapitalistik xo`jalik tizimini va xususiy mulkchilikni muhofaza yetish. Ushbu funksiya barcha davlat apparati faoliyatida, huquqiy hujjatlarda o`z ifodasini topadi.
2. Kapitalistik munosabatlar chuqurlasha borgan sari burjua davlatlari inqilobiy va ishchilar harakatini bostirish funksiyasini ham bajarib boraveradi. Chunki ishchilar va dehqonlar mavjud tuzumdan norozilik kayfiyatlarini ifodalay boshladi va xususiy mulkchilikka, ekspluatatsiyaga qarshi kurash ochdilar. Shunday ekan, burjua davlati bunday harakatlarni bostirib kelaverdi.
3. Butun xalq ommasini davrning hukmron mafkurasi ruhida tarbiyalash. Bu funksiyani amalga oshirishda burjua davlati radio, televidenie, matbuot, madaniy-oqartuv muassasalari xizmatidan keng foydalanadi.
4. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida kapitalistik munosabatlar monopolistik bosqichga kirdi. Monopolizm o`z ta`sirini davlat siyosatiga ham o`tkazdi. Natijada davlatning monopolistik kapital manfaatlarini hisobga olgan holda iqtisodiyotni huquqiy tartibga solib turish funksiyasi paydo bo`ldi. Bunga ko`ra davlat iqtisodiyotda o`z (sektorini vujudga keltirdi. Uzoqqa mo`ljallangan iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish va mablag`lar bilan ta`minlash kabi choralarni belgilaydi. Ayni paytda bu davlatlar fan, texnika taraqqiyotini ta`minlashga, tabiatni muhofaza yetishga ham befarq emas.
5. Kapitalistik davlatlar aholiga xizmat ko`rsatish, huquqbuzarlikka va jinoyatchilikka qarshi ko`rash, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini qo`riqlash funksiyasini ham bajarmoqda.
Burjua davlatlarining tashqi funksiyalari
1. Yirik va qudratli burjua davlatlarining o`z mamlakatini mudofaa qilish faoliyati dunyodagi butun kapitalistik tuzumni muhofaza qilish funksiyasiga aylandi. Shu maqsadda bizning asrimizda jahonning turli mintaqalarida harbiy, iqtisodiy bloklar, hamjamiyatlar barpo etildi, mazkur tizimni qo`riqdash butun davlatning umumiy ishi, deb tushunildi. NATO buning yaqqol ko`rinishidir.
2. Ming afsuski, kapitalistik davlatlar faqat mudofaa bilan shug`ullanmadi, balki bosqinchilik urushlari siyosatini ham olib borgan. Ularning aybi bilan XX asrning birinchi yarmida ikki marta o`ta dahshatli jahon urushi va lokal urushlar olib borilib, o`n millionlab insonlar qurbon bo`ldi. Bunda jahonda hukmron bo`lish, boshqa xalqdar boyligini egallash, gegemonizm g`oyalariga suyanib ish ko`rilgan.
3. Er sharida «sotsialistik» deb atalmish davlatlarning paydo bo`lishi va yashay boshlashi kapitalizmni qattiq tashvishga soldi, uning mustamlakachilik siyosatiga ketma-ket zarba bera boshladi. Shu boisdan ham ular boshqa davlatlardagi inqilobiy va milliy ozodlik harakatlarini bostirish funksiyasini ham bajara boshladilar. Hozir zamon o`zgardi, bu funksiyaga ehtiyoj ko`p jihatdan kamayib ketdi.
Bugina emas, kapitalistik davlatlarning ishchilar va inqilobiy harakatdan, sotsialistik tuzum xavfidan «tashvishlanishi» etmish yillik davrdan keyin deyarli yo`qoldi. Insoniyat ming yillardan buyon tabiiy ravishda taraqqiy yetib kelgan yo`lga qayta kirib kelmoqda. Endi o`ylab qarasak, Rossiyada 1917 yildagi Oktyabr to`ntarishi g`ayritabiiy harakat bo`lganligi tobora aniq bo`lmoqda.
To`g`ri, marksizm va sotsializm g`oyalari insoniyat rivojlanishidagi yaxshi hayot ramzi sifatida emas, balki millionlab kishilarning ogar turmushi, yaxshi yashash uchun qilgan orzu-umidlari natijasida yuzaga kelgandi. Sotsialistik inqilob, prolyetariat diktaturasi ana shunday go`zal va boy turmushga olib kelishi tasavvur etilar edi. Lekin bunday bo`lib chiqmadi. 70 yildan ortiqroq vaqt yashagan nihoyatda qudratli SSSR mustaqil davlatlarga tarqalib, bo`linib ketdi, sotsializm va kommunizm kurash nazariyasi va amaliyoti asrimizning 90-yillariga kelib barbod bo`ldi. Biroq sotsialistik davlat 1917 - 1991 yshsharda tarixda yashadi, qator funksiyalarni ozmi-ko`pmi amalga oshirib keldi3[3][3]3. Ularni qisqacha ko`rib o`tmaslik mumkin emas.

Download 33.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling