Reja: Fan doirasida adabiyotlar topish va saralash


Download 49.49 Kb.
bet5/5
Sana06.05.2023
Hajmi49.49 Kb.
#1436336
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fanga doirasida adabiyotlar topish, saralash, saqlash, qayta ishlash, havolalar va snoskalar berish, internet ma`lumotlaridan to`g`ri foydalanish

Elektron nashr sahnasi–mazmunida alohida tuzilish komponentlari aniq bo’lgan mazmuniy, mantiqiy jixatdan foydalanuvchi bilan elektron nashr o’zaro harakatining dasturiy rejasi.
Atama – berilgan fan sohasiga moslashtirilgan va yirik ilmiy aniqlovchiga ega bo’lgan maxsus tushunchani aks ettiradigan so’z yoki so’z birikmasi.
Testlashtirish–statik asoslangan shkala va me’yorga tayanadigan, miqdoriy baho bilan yakunlanadigan testlar asosida o’lchash yoki shakllantirilgan baholash.
Test topshirig’i–testning minimal tashkil etuvchi birligi bo’lib, topshiriq turiga bog’liq ravishda tanlash uchun javoblar to’plamiga ega bo’lishi yoki bo’lmasligi mumkin.
Masofadan o’qitish-o’quv yurtidan uzoq masofadagi jismoniy shaxsga o’qituvchilarning doimiy maslahat olish bilan ta’lim olish imkoniyatini ta’minlaydigan zamonaviy pedagogik, kompyuterli va telekommunikatsion texnologiyalar, uslublar va vositalar majmuasi. Yagona axborotli ta’lim fazasi–ta’lim oluvchilar, o’qituvchilar va ta’lim muassasalari boshqaruvi va jamiyatni axborotli ta’minlashning yagona texnologik vositalari bilan ta’minlaydigan kompyuterli texnikadan foydalanishga asoslangan dasturli telekommunikatsion muhit. Ushbu muhit ta’lim jarayoni va ta’lim muassasasini boshqarishni axborot bilan qo’llabquvvatlashga, ta’lim jarayonining borishi va natijalari, shuningdek ta’limdan tashqari tadbirlarni axborotlashtirishga mo’ljallangan.
Gipermatnning axborotli maqolasi sarlavhasi–gipermatnning axborotli maqolasi, maqolada yozilgan axborot ob’ektining nomlanishi berilgan sarlavha bilan ta’minlanadi.
Elektron topshiriqlar-o’qituvchiga ta’lim oluvchilarning individul imkoniyatlarini hisobga olgan holda mustaqil va nazorat ishlari uchun tartibga keltiradigan topshiriqlar majmuini o’zida aks ettiruvchi axborot manbasining muhim ko’rinishidir. Yaratilgan topshiriqlar ta’lim oluvchilarga an’anaviy «qog’oz» li va elektron variantlarida tavsiya etilishi mumkin.

Internetning kashf etilishi insoniyat hayotida katta o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Dunyo aholisining soni hozir yetti milliarddan oshgan bo'lsa, shundan uch milliarddan ziyodi internet tarmog'iga ulangan. 2014-yilgi statistikaga ko'ra, O'zbekistonda ham aholining 40 foizdan ortig'i internetdan foydalanadi va bu raqam yildan yilga o'sib bormoqda. Shunday ekan, internetning foyda va salbiy tomonlari haqida batafsilroq ma'lumot olishga ehtiyoj bor. Ayniqsa, o'zbek tilida bu mavzuda manbalar juda kam. Shu bois "Sahar" maktabi orqali sizlarga internetdan xavfsiz foydalanish mavzusida amaliy mashg'ulot o'tishni niyat qildik. Internet nima uchun kerak va uning qanday foydalari bor? Ko'pchilik internetdan yangiliklar o'qish, musiqa tinglash, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish kabi, asosan, ko'ngilochar maqsadlarda foydalanadi. Ammo internet insonlarga taqdim etadigan qulaylik va foydalar faqat bulardan iborat emas.


Oddiy elektron pochta (email) xizmatini olib ko'raylik. Bir necha soniya ichida maktub yozib, uni komputer yoki telefoningizdagi bitta tugmani bosish orqali dunyoning istalgan joyiga bir soniyada jo'natishingiz mumkin. Internetdan oldin bu mumkinmidi? Albatta, yo'q. Buning uchun ilgari an'anaviy pochta yoki telegraf xizmatlaridan foydalanish lozim bo'lgan. Hozir esa bunga hojat yo'q. Yoki internet orqali savdo qilishni olib ko'ring. Hozir uyingizda o'tirib, internet orqali istagan narsangizni sotib olishingiz va uyingizgacha olib kelib berishlarini buyurtma qilishingiz mumkin. O'zbekistonda ham internet orqali savdo asta-sekin rivojlangib boryapti. Asaxiy.uz, Udobno.uz kabi saytlarni shu yo'lda boshlangan dastlabki qadamlar deb aytish mumkin.
Internet nafaqat siz bilan biz kabi oddiy foydalanuvchilar tomonidan, balki xususiy va davlat kompaniyalari tomonidan ham keng qo'llanilmoqda. Hozir deyarli barcha yirik kompaniyalar o'z xodimlari va mijozlari bilan aloqalarni to'liq internet orqali olib boradi. Yangi mahsulotlarini internet orqali ommaga taqdim etadi, sotadi va boshqa turli xizmatlar ko'rsatadi. Internet hukumatlar ishlarini ham osonlashtirgan. Fuqarolarning deyarli barcha murojaatlari ko'p davlatlarda hozir elektron shaklda amalga oshirilmoqda. Bu qog'ozbozlik, fuqarolarning idoraga borib rasmiylar bilan yuzma-yuz ko'rishishi, navbat kutib uzoq o'tirishi kabi noqulayliklarni kamaytiradi. O'zbekistonda ham xuddi shu maqsadda my.gov.uz loyihasining boshlanganini ijobiy va quvonarli hol, deb aytishimiz mumkin.
Internetning qanday salbiy jihatlari bor?
Bu ommaviy kommunikatsiya turi dastlab paydo bo'lganda, aksariyat ishlarning elektron shaklga o'tishi oqibatida ko'plab ish o'rinlari boy beriladi, degan xavotirlar bo'lgan. Chunki internetdan oldin bu ishlar qog'ozlar orqali yoki ofis-idoralarda ishchi-xodimlar qo'li bilan amalga oshirilardi. Ammo internetning iqtisodiyot uchun, kompaniyalar uchun keltirgan ulkan foydasi bu xavotirlarni yo'qqa chiqardi. Endigi asosiy xavotir va tahdid internetda shaxsiy va biznes ma'lumotlarini almashishning qanchalik xavfsiz ekani haqida bo'lmoqda. Xavotirlar shu darajada oshdiki, hatto hukumatlar internet tahdidlarining oldini olish uchun ko'proq e'tibor va resurslar ajratmoqda. Kiber xuruj va kiber urush degan atamalar paydo bo'ldi. Bugungi muloqotimizda biz shu keng mavzuning oddiy internet foydalanuvchilariga tegishli bo'lgan qismiga, ya'ni internetda shaxsiy ma'lumotlar daxlsizligini ta'minlash yo'llariga e'tibor qaratamiz.
haxsiy daxlsizlik (Privacy) va internet xavfsizligi nima?
Internetda foydalanuvchilar uchun eng katta tahdid ularning shaxsiy ma'lumotlari boshqalarning qo'liga tushishi yoki oshkor qilinishi xavfi hisoblanadi.
Biz onlayn xizmatlardan foydalanganimizda, ijtimoiy tarmoqlar yoki elektron pochta orqali muloqot qilganimizda ko'plab shaxsiy ma'lumotlarimizni internetga kiritamiz. Bular shaxsiy suratlar, bank yoki moliya ma'lumotlari, sog'liqqa oid ma'lumotlar, do'stlarimiz bilan o'zaro maxfiy yozishmalarimiz yoki email va ayrim saytlarga kirish uchun ishlatiladigan login va parollar bo'lishi mumkin. Odatda, bu ma'lumotlarning xavfsiz saqlanishini onlayn xizmatni taqdim etuvchi saytlar ta'minlaydi, ammo shunday holatlar ham bo'ladiki, bu ma'lumotlaringiz istalmagan uchinchi bir tomon qo'liga o'tib qolishi va ular bu ma'lumotlardan g'arazli maqsadlarda foydalanishi mumkin.
Demak, faqat o'zimizgagina tegishli bo'lgan, boshqalarga bizning roziligimizsiz berilmaydigan barcha ma'lumotlar bizning shaxsiy mulkimiz hisoblanadi va ular ustidan shaxsiy daxlsizlik huquqiga egamiz.
Shaxsiy ma'lumotlarning oshkor bo'lishi o'z aybingiz bilan yoki xakerlar kabi maxsus hujum uyushtiruvchi shaxs yoki shaxslar xatti-harakati natijasida sodir bo'lishi mumkin. Shaxsiy ma'lumotlarning oshkor bo'lishi sizga moddiy va ma'naviy zarar keltirishi mumkin.
Bitta misol keltiramiz. Masalan, siz ijtimoiy tarmoqdan foydalanish tartibini yaxshi tushunmasdan, faqat do'stimga yuboryapman, degan ishonch bilan ayrim shaxsiy surat yoki ma'lumotlarni hamma ko'radigan joyga joyladingiz. Yoki hech kimga ko'rinmaydi, deb o'ylab, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim saytlarga qo'yilgan shubhali havolalar ustiga bosdingiz; bilmasdan uni o'z sahifangizda baham ko'rdingiz yoki ehtiyotsizlik bilan shubhali saytni ochganingiz uchun sizning roziligingizsiz bu sayt haqidagi ma'lumotlar hammaga ko'rinadigan sahifangizda paydo bo'lib qoldi. Shaxsiy hayotingizga taalluqli bo'lgan bunday ma'lumotlarning boshqalarga oshkor bo'lishi sizning obro'ingizga putur yetkazishi yoki siz haqingizda boshqalarda salbiy tasavvur hosil bo'lishiga olib kelishi mumkin. Bu ma'naviy zarar hisoblanadi. Bundan tashqari, bu kabi ehtiyotsizlik natijasida sizning nomingiz bilan turli taqiqlangan saytlarga tashrif buyurishlari mumkin.
Moddiy zararga bir misol. Agar elektron pochtangizga kelgan shubhali maktubdagi havolani bosib, uni ochsangiz va natijada shaxsiy ma'lumotlarni o'g'irlashni maqsad qilgan zararli dastur kompyuteringizga o'rnashib olsa, u kompyuteringiz va elektron pochtangizdagi barcha shaxsiy ma'lumotlarni ko'chirib, ushbu dastur ortida turgan shaxslarga jo'natishi mumkin. O'g'irlangan ma'lumotlar orasida bank va kredit karta ma'lumotlari bo'lishi mumkin va ulardan foydalangan holda kiberjinoyatchilar pulingizni o'marishi turgan gap.
Kiber hujumlar ortida kimlar turadi?
Oddiy odamlarni nishonga oluvchi internet xurujlari ortida, asosan, moddiy boylik orttirishni maqsad qilgan jinoiy shaxs yoki guruhlar turadi. Ular odamlarning elektron pochtalari, kompyuter yoki boshqa elektron qurilmalariga kirib olib, shaxsiy ma'lumotlarni o'girlashadi va shu orqali ularning bank yoki kredit karta ma'lumotlarini topib, ulardan pul o'marishadi. Shaxsiy ma'lumotlar, surat va videolarni o'g'irlab, ularni tarqatib yuborish tahdidi bilan odamlarni shantaj qilib, pul talab qilishlari ham mumkin.
Hukumat idoralari ham noqonuniy faoliyat bilan shug'ullanuvchi shaxslarni topish uchun internetdan keng foydalanmoqda. Agar shubhali yoki bahsli sayt va onlayn resurslardan foydalansangiz va ulardan qanday xavfsiz foydalanish yo'llarini bilmasangiz, hech qanday jinoyat sodir qilmagan taqdiringizda ham, xavfsizlik idoralari e'tiboriga tushib qolishingiz mumkin va bu siz uchun istalmagan noxushliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Internet xavfsizligi nima uchun kerak?
Yuqorida tilga olingan noxush holatlarning oldini olish uchun internetdan xavfsiz foydalanish yo'l-yo'riqlarini bilish kerak.
Virus va zararli dasturlar hujumidan saqlanish uchun, odatda, maxsus himoya dasturlaridan foydalaniladi. Ammo bu kabi tahdidlarga qarshi eng yaxshi himoya vositasi – internet gigienasiga rioya qilishdir. Ya'ni, internetdan to'g'ri foydalanish qoidalarini bilsangiz va shubhali manbalarni ishonchli saytlardan farqlay olsangiz hamda ularga duch kelganda nima qilish lozimligini bilsangiz, kiber xurujlar qurboni bo'lishingiz ehtimoli juda kam.
Snoska - kitob chizig'ining pastki qismida (ishtirmalarda) yoki seriya raqami ostida kitobning oxirida joylashtirilgan matn, bibliografik ma'lumotnoma, tarjima, talqin.
Yana bir ta'rif: bu sahifaning pastki qismida joylashgan, uni asosiy matndan ajratib turuvchi chiziq ostida joylashgan "sochno" deb nomlangan matn. Izoh matni asosiy matnga asosiy matnda va izohning o'zidan oldin qo'yilgan izoh belgisi orqali bog'lanadi.
Izohlar odatda asosiy matnga nisbatan kichraytirilgan hajmda yoziladi va undan boʻsh joy yoki chizgʻich bilan ajratiladi.
Izohlar, qoida tariqasida, u tegishli bo'lgan asosiy matnning bir qismi bilan bir xil sahifada (bir ustunda) joylashgan. Biroq, pulni tejash uchun siz quyidagi usullardan foydalanishingiz mumkin: juda uzun izoh bilan, uning matni tarqalish ichidagi sahifalar o'rtasida bo'linishi va o'ta og'ir hollarda undan tashqariga chiqishi mumkin;
Izohlarni bir-biriga moslashtirishingiz mumkin, bu ayniqsa qisqa izohlar uchun foydalidir. Izoh belgisi sifatida raqam, yulduzcha, kamroq boshqa belgilar ishlatilishi mumkin. Rus an'analarida yulduzcha bilan birinchi izohni belgilashda sahifadagi ikkinchi va keyingi izohlar tegishli yulduzchalar soni bilan ko'rsatiladi (odatda to'rttadan ko'p emas). Boshqa tillarda izohlarning boshqa belgilaridan foydalanish mumkin: xochlar, romblar va boshqa belgilar. Ba'zi hollarda raqamlar, harflar, qavslar, yulduzchalar va boshqa belgilardan iborat bo'lishi mumkin bo'lgan murakkabroq izohlardan foydalanish mumkin, ular izoh turini ko'rsatishga, maxsus izohlarni ajratib ko'rsatishga yordam beradi va hokazo.
Axborot hayotimizda muhim ahamiyatga ega ekan, uni Internetdan kerakli vaqtda, zarur miqdorda, qisqa vaqt ichida olib turishirniz kerak bo'ladi. Lekin, Internetdan axborotni qisqa vaqt ichida olish muammosi ham bor. Bu darsda shu muammoni hal etish usullaridan birini ko'rib chiqamiz.
Qidiruv tizimlari
Internet — bepoyon axborot ummoni. Axborotlar Internetda millionlab Web-sahifalarda saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan Web-sahifani topish uchun uning Internetdagi adresini bilish zarur. Ammo internet soat sayin yangi axborotlar bilan boyib boradi. Shuningdek, ba'zi (eskirgan) axborotlar Internet tarmog'idan chiqarib tashlanadi. Internetdagi ko'p foydalaniladigan Web-sahifalar adreslari maxsus ma'lumotnomalarda chop etib turiladi. Lekin ulardan to'liq axborot olib bo'lmaydi. Chunki Internetdagi barcha Web-sahifalar adreslarini chop etish uchun juda katta hajmli kitob kerak bo'ladi. Bu kitob chop etib tugatilmasidan Internetdagi bir qancha adreslar o'zgarishi aniq. Bu muammo maxsus Qidiruv tizimlari yaratilishi bilan osonlikcha hal etildi.
Qidiruv tizimi — maxsus Web-sahifa bo'lib, Internet tarmog'idan kerakli axborotni izlab topish uchun xizmat qiladi.
Hozirgi kunga kelib o'nlab qidiruv tizimlari yaratilgan. Ulardan ko'p qo'llaniladiganlari sifatida Rambler, Aport, Yahoo, Google larni keltirish mumkin. Har bir qidiruv tizimi Internet tarmog'ida o'z adresiga ega. Masalan, yuqorida sanab o'tilgan qidiruv tizimlari mos ravishda www.rambler.ru, www.aport.ru, www.yahoo.com va www.google.uz adreslarga ega. Qidiruv tizimi Web-brauzer orqali ishga tushiriladi, ya'ni brauzerning adreslar satriga qidiruv tizimining adresi kiritiladi. Qidiruv tizimlari (Web-sahifasi) turli ko'rinishga ega bo'lgani bilan, ularning ishlashi deyarli bir xil. Ulardan foydalanishni Rambler qidiruv tizimi misolida ko'rib chiqamiz.
Qidiruv tizimida ishlash
Qidiruv tizimini ishga tushirish uchun, eng avvalo, Internet Explorer dasturini ishga tushiramiz. Brauzerning manzillar satriga qidiruv tizimining manzili – www.uz/uz (rus tilidagi interfeysni ochish uchun www.uz/ru)ni kiritib, Enter klavishini bosamiz. Brauzer ma’lumotlar maydonida WWW.UZ qidiruv tizimining Bosh sahifasi aks etadi:
Avvalambor, Internetdan qanday axborotni izlashni aniq bilish lozim. U biror mavzu bo‘yicha maqola, o‘yin dasturi, kompyuter qurilmalari drayveri va hokazo bo‘lishi mumkin. Milliy qidiruv tizimi qidiruv tizimi katalogidagi hamda foydalanuvchi tomonidan qidiruv tizimi katalogiga qo‘shilgan saytlar ichidagi ma’lumotlarni uning nomi va tavsifi bo‘yicha izlash imkonini beradi. Agar biror maqolaning nomi yoki biror tavsifi ma’lum bo‘lsa, qidiruv tizimidagi Izlash xususiyatlaridan «Nomi va tavsif bo‘yicha» tugmasi tanlangach, qidiruv satriga shu maqola nomi yoki maqolada uchrashi mumkin bo‘lgan so‘z yoki jumla, ya’ni kalit so‘z kiritilib, qidiruv tugmasi bosiladi. Masalan, informatikadan referatlarni izlash kerak bo‘lsa, u holda qidiruv satriga «informatikadan referatlar» kalit so‘zi kiritiladi. Kalit so‘zni kiritish jarayonida qidiruv tizimi tomonidan turlicha kalit so‘zlar taklif etilishi mumkin.
Mazkur kalit so‘zga mos izlash natijasida, odatda, qidiruv tizimi sahifasida izlash natijasida aniqlangan manbalar soni, saytlar manzili va nomlari aks etadi.

Ba’zi qidiruv tizimlari izlash vaqtini kamaytirish uchun kerakli axborotni mavzu bo‘yicha izlash imkoniyatini beradi. Mavzular nomi turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, Ramblerning mavzular ro‘yxatiga «Sport», «Kino va musiqa», «Texnologiyalar», «O‘yinlar» kabilar kiritilgan. Tavsiya etilgan mazvu tanlangach, qidiruv satrida berilgan axborot Internetning faqat tanlangan bo‘limga tegishli õujjatlari ichidan izlanadi.


Xulosa
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining joriy qilinishi turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishiga olib kelmoqda. Ta’lim oluvchilar axborot miqdori oshib borayotgan bugungi kunda yangi bilimlarni tezda o’zlashtirib olishlari uchun o’quv adabiyotlarining turli shakllaridan foydalanishlari talab etiladi. O’quv adabiyotlarining mazmuni ta’lim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni takomillashtirish, yangi bilimlarni turli o’quv adabiyotlaridan izlab topish ko’nikmalarini hosil qilishni ta’minlashi kerak


Download 49.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling