Reja: Fonetika


Download 0.68 Mb.
bet10/16
Sana20.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1216493
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
tilshunoslik yo\'nalishlari va ularning tadbiq usullari

GRAFIKA VA ORFOGRAFIYA

O’bek tili alifbosidagi ba’zi tovushlar turli grafik formulalarga ega.


Masalan, T harfining bosma shakli bilan yozma shakllari orasida ancha farq
bor.
Garchi fonografik yozuv hozirgi vaqtda keng tarqalgan bo’lsa ham,
kundalik hayotda yozuvning boshqa turlari ham uchrab turadi, chunki har bir
turning o’ziga xos afzalligi bor. Masalan, piktografik yozuv odatda reklama
ehtiyojlari uchun qo’llaniladi.
Ideogrammalar ko’cha harakatini ta’minlashda, matematika (1,6,10),
kimyoda (H2O ) keng qo’llaniladi.
Piktogramma va logogrammalarning hozirgi vaqtda ko’plab
qo’llanilishiga sabab, ularning tushunchalarni aniq, qisqa va tejamli
ifodalashidir. Masalan, 12+29=41 deb so’zlar bilan yozsak, bizga ancha vaqt
va masofa kerak bo’ladi.
Orfografiya so’zi ikkita grekcha so’zdan tashkil topgan, ya’ni orthos
to’g’ri va grapho yozaman. Demak, orfografiya so’zining ma’nosi to’g’ri
yozishdir. Shu sababli orfografiyaning asosiy vazifasi alifboning yozuvdagi
qo’llanish qoidalari, so’zlarning yozilishi va bo’g’in ko’chirishdir.
Tilshunoslik fanida harflarni ishlatishning bir necha usuli mavjud. Ular
quyidagilar:
fonetik, fonematik, an’anaviy, morfologik va simvolik .
Fonetik prinsip. Bunga asosan talaffuzda qanday tovush eshitilsa, shunga
mos keladigan harf yozilishi lozim: qorin-qornim, burun- burnim.Bunda
tovush tushishi kuzatiladi.
Fonematik prinsip. Bunga asosan tovushlar qanday talaffuz qilinishidan
qat’iy nazar, bir xil yozilishini talab qiladi. Masalan, olib ketdidagi b harfi p
deb talaffuz qilinadi. Lekin b yozilishi shart.
An’anaviy prinsipda so’zlar ularda mavjud, hozirgi vaqtda talaffuz
qilinadigan tovushlarga asoslanib yozilmay, balki tarixda qanday yozilgan
bo’lsa, hozir ham shunday yoziladi.
Morfologik va simvolik prinsiplar so’zlarning yozilishida grammatika
va leksikaning manfaatlarini nazarda tutadi.
TIL VA YOZUV

Tilning butun imkoniyatlari nutqda ifodasini topadi. Nutqning og’zaki va


yozma shakli bo’lib , yozma nutq yozuv orqali namoyon bo’ladi. Yozuv
ma’lum bir tarixiy jarayon mobaynida aloqa- munosabatning muhim vositasi
bo’lib shakllanadi. Yozuvning tarixiy ahamiyati quyidagilarda aks etgan.
1.Yozuv ma’lum tarixiy jarayon natijasida shaklanadi va kishilar orasidagi
bavosita aloqa-munosabat vositasi sifatida ijtimoiy manfaatlar uchun xizmat
qiladi.
2. Kishilik jamiyati erishgan barcha ma’naviy yutuqlar yozuv orqali
avloddan avlodga yetkaziladi.
3. Yozuv uchun masofa va vaqt ahamiyatsizdir.
4. Yozuvning xabar yetkazish imkoniyati tufayli turli masofadagi
axborotlar umumiy ma’lumotga aylanadi.
5. Yozuv kishilik jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarini, xalq
tarixi, etnografiyasini adabiyot va san’at tarixini, tilning tarixiy taraqqiyot
bosqichlarini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yozuvsiz tilning va
xalqning tadrijiy taraqqiyotini o’rganib bo’lmaydi.
Dunyodagi aksariyat tillar o’z yozuviga ega. Yozuvning hozirgi
ko’rinishlari dastlabki shakllarning takomillashib borishi natijasida paydo
bo’ldi. Tadqiqotlardan ma’lumki,yozuvning dastlabki ko’rinishlari ramziy
ifodalar tarzida yuzaga kelgan.Fanda piktografik, logografik,
ieroglifik,fonografik kabi yozuv turlari bor.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling