Reja: Fonetika


Download 0.68 Mb.
bet11/16
Sana20.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1216493
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
tilshunoslik yo\'nalishlari va ularning tadbiq usullari

Piktografik yozuv. Voqea- hodisalar haqidagi tafakkur ma’lumotlari jonli
va jonsiz vositalar orqali ifodalangan yozuv piktografik yozuv hisoblanadi.Bu
atama “chizilgan” va “yozaman”degan ma’nolardagi so’zlardan tuzilgan.
Yozuvning bu turi ma’lumotlarning dastlabki qaydlarini yetkaza oladi va
mavhum tushinchalarni ifodalash imkoniyatiga ega emas.
Piktografik yozuvning takomillashib borishi natijasida ideografik
(grekcha “idea-tushuncha”,”grafo-yozaman”) yozuv paydo bo’ldi. Yozuvning
bu turi logografik yozuv deb ham yuritiladi. (“logos-so’z”, “grafo- yozaman”).
Negaki, bunday yozuvdagi ramzlar narsa- buyumlarni aks ettirib qolmay,
tildagi so’zlarni ham ifodalaydi.
Ushbu yozuvda ma’lumot ma’nosini shakllar bilan aks ettirish qiyin
bo’lgan logogrammalar orqali yetkaziladi.
Logografik yozuvning piktografik yozuvdan quyidagi afzalliklari bor.
a) logografik yozuv xabar qilinishi lozim bo’lgan mazmunni ancha
mufassal aks ettiradi.
b)piktografik yozuvda so’z tartibi va so’zshakllari noaniq, logografik
yozuvda esa aniq bo’ladi.
v)piktografik yozuvda subyektivlikka, ixtiyoriylikka yo’l qo’yadi,
logografik yozuv esa barqaror logogrammalardan tashkil topgan.
Logografik yozuvning bir oz mukammallashgan shakli ierloglifik
yozuvdir. Ieroglif grekcha “ierogliv” so’zidan olingan bo’lib, “muqaddas
yozuv “ degan tushunchani anglatadi. Bu yozuvdan qadimgi Arabistonda keng
foydalanilgan. Ushbu yozuvlar ifoda etilayotgan narsa-buyum xususiyatlarini
imkon qadar aks ettiradi. Ieroglifik yozuv mavhum tushunchalarni ifodalay
olishi bilan o’zidan oldingi yozuvlardan farqlanadi.
Yozuvning yuqorida qayd etilgan turlari ancha murakkab. Ularda fikr va
ma’lumot ifodalash imkoniyati juda tor. Shuning
natijasi o’laroq, yozuvni oson, qulay shaklga keltirish ehtiyoji
tug’uladi. Yozuvni soddalashtirish quyidagi yo’llar orqali amalga
oshirildi.
1. Tushunchani yangi shakllar bilan berish o’rniga, mavjud
logogrammalar yoki ierogliflar majmuasi orqali ifodash.
2. Logografik yozuvni soddalashtirishning ikkinchi yo’li so’zlarning
grammatik shakllariga taalluqlidir. Masalan, logogrammalarni o’zak sifatida
qoldirib, grammatik ma’nolar uchun
yangi logogrammalar o’ylab topish, ularni o’zak logogrammalar
ma’nosiga qarab qo’shish.
3. Yozuvni soddalashtirishning eng unumli va ma’qul usuli
fonografik yozuvga o’tish edi. Bunday yozuv tilning gramatik
qurilishini ifodalab qolmay, uning fonetik tuzilishini, ya’ni so’zning tovush
tarkibini ham aks ettiradi. Fonetik yozuv.
Yozuvning bu turi bir necha ko’rinishlarga ega. Shulardan biri bo’g’in
yozuvidir. Bu yozuvda ierogliflar bo’g’inlarni ifodalaydi. Yozuv tarixida
bo’g’inli yozuv muhim ahamiyat kasb etadi. Bo’g’inli yozuvda bir bo’g’inni,
bir so’zni, bir tovushni ifodalaydigan belgilar qo’llangan. Ossuriya va Vavilon
mix (qoziq) yozuvi ana shunday yozuvlardan hisoblangan. Bu yozuvda ayrim
belgilar bir tovushni,butun bir bo’g’inni, ba’zi belgilar esa butun bir so’zni
ifodalagan. Eronliklar Vavilonni bosib olganlaridan keyin Ossuriya va
Vavilon mix yozuvidan foydalanib, fonetik (tovushli) yozuvni, ya’ni har qaysi
belgi bir tovushni ifodalaydigan yozuvni ixtiro etganlar.
Dunyodagi aksar tillarning
fonetik yozuvini ifodalovchi alifbe ya’ni fonetik yozuvlar finikiyaliklar yozuvi
asosida shakllangan.


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling