Reja: Fonetika
Download 0.68 Mb.
|
tilshunoslik yo\'nalishlari va ularning tadbiq usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tilshunoslik va uning bo’limlari
- Fonetika
- Frazeologiya
- Morfemika
- Leksikografiya
- Faol (aktiv) nutq a’zolari
tilshunoslik yo'nalishlari va ularning tadbiq usullari Reja:
2. Unli tovushlar tavsifi 3. Undosh tovushlar tasnifi 4. Bo’g’in 5. Urg’u 6. Orfoepiya 7. Orfografiya 8. Tildagi tarixiy -fonetik o’zgarishlar va fonetik-fonologik qonuniyatlar 9. Grafika 10. Til va yozuv 11. Leksikologiya Tilshunoslik va uning bo’limlari Dunyoda 5 ming xil til mavjud. Bu tillar ma’lum xususiyatlariga ko’ra guruhlarga ajratilgan. O’zbek tili mansub bo’lgan turkiy tillar guruhi o’ttizga yaqin tilni o’z ichiga oladi. O’zbek tili qardosh tillar bilan bir asosga ega. Shu bilan bir qatorda mazkur tilning keyingi taraqqiyot bosqichlarida shakllangan o’ziga xos jihatlari mavjud. O’zbek tili fani quyidagi bo’limlardan iborat. 1. Fonetika-nutq tovushlari, bo’g’in va urg’u haqidagi bo’lim. 2. Orfoepiya-adabiy tilning to’g’ri talaffuz qoidalari haqidagi bo’lim. 3. Orfografiya-to’g’ri yozish yoki imlo qoidalarini o’rganadi. 4. Grafika-tovush va harf munosabati, alifbo tizimi, yozuv va uning turlarini o’rganadi. 5. Leksikologiya-so’z va uning lug’aviy ma’nosi, lug’aviy ma’noning taraqqiyot yo’llari, so’zning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari haqidagi bo’lim. 6. Frazeologiya- iboralarni (frazeologizmlarni) o’rganadi. 7. So’z yasalishi-so’z yasash usullari haqidagi bo’lim. 8. Etimologiya-so’zning kelib chiqishi, shakllanish tarixi haqidagi bo’lim. 9. Grammatika-tilning ichki qurilishini o’rganadi. Grammatika ikki qismdan iborat: morfologiya va sintaksis. 10. Morfologiya-so’z turkumlari, grammatik ma’no, grammatik shakl haqidagi bo’lim. 11. Morfemika-morfema, ya’ni so’zning ma’noli qismi haqidagi bo’lim (morfemikani morfologiyaning alohida bir bo’limi sifatida tushunish mumkin). 12. Sintaksis-so’z birikmasi, gap va uning turlari haqidagi bo’lim. 13. Punktuatsiya-tinish belgilarini o’rganadi. 14. Stilistika (uslubiyat)-nutq uslublarini o’rganadi. 15. Dialektologiya-shevalar, lahjalar haqidagi bo’lim. 16. Leksikografiya-lug’at va uning turlarini o’rganadi. 17. Til tarixi-til taraqqiyotining tarixiy bosqichlaridagi muhim jihatlarni o’rganadi. FONETIKA «Fonetika» grekcha so’zdan olingan bo’lib, «tovush» ma’nosini anglatadi, ya’ni «tovush haqidagi bo’lim» demakdir. Nutq tovushlari fonetikada o’rganiladi. Nutq a’zolari harakati jarayonida hosil bo’lgan tovushlar nutq tovushlari deyiladi. Nutq tovushlarini hosil qiluvchi nutq a’zolarining jami nutq apparati deb yuritiladi. Nutq a’zolari nutq tovushlarini hosil qilishdagi ishtirokiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 1. Faol (aktiv) nutq a’zolari: 1) til; 2) ovoz (un, tovush) paychalari; 3) yumshoq tanglay; 4) og’iz bo’shlig’i (til, lab); 5) pastgi jag’. 2. Passiv (sust) nutq a’zolari: 1) o’pka; 2) kekirdak; 3) qattiq tanglay; 4) burun bo’shlig’i; 5) tish. Nutq tovushlari ikki xil: unli va undosh tovushlar. Unli tovush: o’pkadan chiqayotgan havo oqimining og’iz bo’shlig’ida hech qanday to’siqqa uchramay chiqishidan hosil bo’ladigan tovush unli hisoblanadi. Unli tovushlar oltita: a, i, e, u, o’, o. Unlilar lab ishtirokiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 1. Lablangan unlilar: o, u, o’ 2. Lablanmagan unlilar: a, i, e. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling