Reja: Fonetika


v: o-na, u-mid, a-ka, i-jod, o-lim, a-yoz. vс


Download 0.68 Mb.
bet4/16
Sana20.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1216493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
tilshunoslik yo\'nalishlari va ularning tadbiq usullari

v: o-na, u-mid, a-ka, i-jod, o-lim, a-yoz.
vс: o’t, el, ot, on, ur, ish, oy, ip, iz, o’y, ol-(ma), in-(kor).
cv: bu, shu, da-da, ma-na, da-(vom), sa-na, ra-(von), sa-(bab).
cvc: ko’k, gul, qo’l, sol, bor, dam, tan-qid, tan-bur, rav-shan.
cvcc: go’sht, qasd, mard, qasr, fikr, ranj, hukm, mehr.
vcc: aql, ust, asr, ahl, art, ishq, ont.
ccvcc-sport, shrift.
O’zbek tilida bir unli, ikki undoshdan iborat bo’g’in mavjud, ammo ikki unli
va bir undoshdan iborat bo’g’in uchramaydi. Negaki, bir unli bir bo’g’inga teng
keladi. Bo’g’inning ahamiyati quyidagilardan iborat:
a) maktab o’quvchilarini o’qish va yozishga o’rgatish bo’g’inga
asoslanadi;
b) she’riy misralarda bo’g’inlar tengligi alohida ahamiyat kasb etadi;
v) so’zni ko’chirishda bo’g’inga asoslaniladi.
Bo’g’in tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: ochiq bo’g’in va yopiq bo’g’in.
Unli bilan tugagan bo’g’in ochiq hisoblanadi: ma-la-ka, ka-li-ma, o-na.
Undosh bilan tugagan bo’g’in yopiq hisoblanadi: mak-tab, kaj-raf-tor, tan-
siq.
Urg’u
Urg’u ikki xil bo’ladi: so’z urg’usi va gap urg’usi.
1. So’z urg’usi. So’zdagi ma’lum bir unlining (yoki bo’g’inning)
cho’ziqroq, ajratib, ta’kidlab aytilishidir. O’zbek tilidagi so’z urg’usi ko’chuvchan
xarakterga ega bo’lib, asosan so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi: gul-gulzor-
gulzorlar-gulzorlarimiz-gulzorlarimizni. So’zga qo’shimcha qo’shilishi bilan urg’u
ko’chib boraveradi. Lekin barcha qo’shimchalar ham urg’u olavermaydi. Quyidagi
qo’shimchalar urg’u olmaydi:
1. Birinchi darajali shaxs-son qo’shimchalari: -man, -san, -dir, -miz, -siz.
Masalan, o’quvchiman, bolaman, yaxshisiz.
2. Sonlardagi-ta, -tacha qo’shimchalari, ravish yasovchi-cha qo’shimchasi
urg’u olmaydi: o’nta, yigirmata, beshtacha, mardlarcha.
3. -dek, -day qo’shimchalari ham urg’u olmaydi: qordek, oydek, shishadek.
4. Fe’lning bo’lishsiz shakli -ma ham urg’u olmaydi: kelmadi, olmagan,
aytmadi.
5. Qo’shimcha holidagi yuklamalar urg’u olmaydi: qizgina, keldi-yu.
Ba’zi so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’inga tushmaydi: ammo, doim, afsuski,
hatto, xuddi, albatta, balki, hamma, texnika, hamisha, kofe. Bunday holat
o’zlashgan (boshqa tillardan kirgan ) so’zlarda kuzatiladi.
So’z urg’usi ma’no farqlash uchun ham xizmat qiladi. Masalan: olma
(meva)-olma (fe’l), etik (kiyim)-etik (fan), atlas (xarita)-atlas (ko’ylak), hozir
(payt)-hozir (tayyor), yangi (kitob)-yangi (payt), qo’llar (ot)-qo’llar (fe’l),
qishloqcha (ot)-qishloqcha (ravish), o’quvchimiz-o’quvchimiz.
Demak, so’z urg’usi so’zdagi biror bo’g’inni ajratib, ta’kidlab aytish va
ma’no farqlash uchun xizmat qiladi.
2. Gap urg’usi «mantiqiy urg’u», «logik urg’u», «ma’no urg’usi» kabi
terminlar bilan yuritiladi. Gap urg’usi gapdagi biror so’zning ta’kidlab, ajratib
aytlishidir: Biz kecha sayohatga bordik. Biz sayohatga kecha bordik. Kecha
sayohatga biz bordik.
Gap urg’usini olgan bo’lak kesimdan oldin ( kesim oldida) keladi

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling