Reja: Fonetika


Download 0.68 Mb.
bet5/16
Sana20.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1216493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
tilshunoslik yo\'nalishlari va ularning tadbiq usullari

Tovush o’zgarishlari

O’zakka qo’shimcha qo’shilishi natijasida yuzaga keladigan o’zgarishlar


fonetik o’zgarishlar yoki tovush o’zgarishlari deyiladi. Tovush o’zgarishlarining
quyidagi ko’rinishlari mavjud.
1. Tovush almashuvi: bunda qo’shimcha qo’shilishi natijasida bir tovush
boshqa tovushga almashadi: qishloq-im-qishlog’im, etik-i-etigi, yosh-a-yasha, son-
a-sana, bo’ya-q-bo’yoq, ong-la-angla, ot-a-ata.
2. Tovush tushishi: a) unli tovush tushadi: o’g’il-im-o’g’lim, shahar-ing-
shahring, ulug’-ay-ulg’ay. b) undosh tovush tushadi: past-ay-pasay, sust-ay-susay,
men-niki-meniki, sen-ning-sening.
3.Tovush ortishi: shu-day-shunday, o’sha-da-o’shanda; isi-q-issiq.

ORFOEPIYA

Orfoepiya (grekcha “orfo- to’g’ri, epos-nutq”) talaffuz me’yorlari haqidagi


bo’lim. Talaffuz jarayonining o’ziga xos xususiyatlari orfoepiyada o’rganiladi.
Orfoepiya me’yorlari tilning fonemalar tizimi, fonemalarning ma’lum o’zgarishlari
bilan bog’liq. Orfoepik talaffuz me’yorlari adabiy til bilan birgalikda shakllanadi.
Jonli so’zlashuv va mahalliy shevalar orfoepik me’yorning buzilishi hisoblanadi.
O’zbek tilidagi asosiy orfoepik me’yorlar quyidagilardan iborat.
Unlilar orfoepiyasi:
1. So’zning yopiq bo’g’inlarida i unlisi juda qisqa talaffuz etiladi: biz,kir, tik,
birikma, mis.
2. oi unlilari yonma-yon kelgan so’zlarda ular orasiga y qo’shib talaffuz etiladi:
oid-oyid; qoida-qoyida; foiz-foyiz.
3. Ko’p bo’g’inli arabcha so’zlarda a unlisi i tovushiga monand talaffuz etiladi:
mulohaza-mulohiza; muhokama-muhokima; muomala-momila.
4. a unlisi i bilan yonma-yon kelgan so’zlarda qisqa y qo’shib talaffuz qilinadi:
zaif-zayif; maishat-mayishat.
5. a e birikmasida e tovushi y tarzida talaffuz etiladi: aeroport-ayraport;
aeroflot-ayroflot.
6. Unli tovushlar til oldi undoshlari bilan yonma-yon kelsa yumshoq (malika),
chuqur til orqa undoshlari bilan yonma-yon kelsa qattiq talaffuz etiladi (qatiq).
Undoshlar orfoepiyasi:
1. b undoshi so’z oxirida jarangsizlashib p tarzida talaffuz etiladi: istirob-
istirop. So’z o’rtasida v bilan almashadi: kabob-kavob; qaboq-qovoq.
2. v undoshi so’z oxirida va jarangsiz undoshlardan oldin f tarzida talaffuz
etiladi: avtobus-aftobus; Hakimov-Hakimof.
Orfoepiya me’yorining buzilishi natijasida paronimlar yuzaga keladi. Aytilishi
(talaffuzi) jihatidan o’xshash, ammo yozilishi va ma’nosi har xil bo’lgan so’zlar
paronimlar deyiladi.
Sheva so’zlarining talaffuzi orfoepik me’yorga kirmaydi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling