Reja: Fonetika


Download 0.68 Mb.
bet2/16
Sana20.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1216493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
tilshunoslik yo\'nalishlari va ularning tadbiq usullari

UNLI TOVUSHLAR TAVSIFI.

i unlisi-old qator lablanmagan, tor unli.Tilning tanglay tomon yuqori ko’tarilishi
va og’izning nisbatan tor ochilishi bilan qisqa talaffuz etiladi. Til, dil, jim, kiyik,
kiyim .
u unlisi-orqa qator, lablangan, tor unli.Uni talaffuz qilishda til tanglay tomon
ko’tarilib og’iz juda torayadi,lablar oldinga cho’ziladi:
gulshan,bug’doy,kurtak,lunj.
e unlisi-old qator,lablanmagan,o’rta keng unli.Tilning tanglay tomon yuqori-o’rta
ko’tarilishi, til uchining pastki tishlarga tegishi bilan yumshoq talaffuz etiladi,og’iz
bir muncha torayadi:etik,sekin,meva,ehson.
o’ unlisi-orqa qator lablanmagan ,o’rta keng unli.Har vaqt so’zning birinchi
bo’g’inida keladi:bo’z,bo’y,do’ppi,ko’zgu.
a unlisi-old qator lablanmagan,keng unli.Uning aytilishida lablar kerilib,tilning
oldingi qismi pastga tushadi,uchi esa pastki tishlarga yaqinlashadi:alanga,vazifa,
gavhar,jasur,kurash.
o unlisi-orqa qatior,lablangan,keng unli.Uning aytilishida til ichkariga
tortiladi,tilning uchi tishlardan uzoqlashadi,pastki jag’ esa tushiriladi:
bozor,obod,ovoz,hikoya,matbuot.
Undosh tovush: o’pkadan chiqayotgan havo oqimining og’iz bo’shlig’ida
ma’lum to’siqqa uchrashidan hosil bo’lgan tovush undosh hisoblanadi. Undoshlar
quyidagicha tasnif etiladi.
1. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra: (qaerda?)
2. Hosil bo’lish usuliga ko’ra: (qanday?)
3. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra.

1. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra undoshlar quyidagicha:
a) lab undoshlari Lab-lab: b, p, m (v)
Lab-tish: v, f
Til oldi: d,t,n,l,r,z, sh, ch, j
b) til undoshlari Til o’rta: y
sayoz til orqa: k,g,ng
til orqa:
chuqur til orqa: q,g’,x
v) bo’g’iz undoshi: H

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling